Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 18-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1675-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 6-apreldagi 72 va 288-V-5-sonli “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1675-5, 13.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son qarori)gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 13-martdagi 30, 288-V-son qarori (roʻyxat raqami 1675, 2007-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 16-son, 168-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-avgust,
62-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-avgust,
288-V-4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 15-avgustdagi 62 va 288-V-4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “1-apreliga qadar paxta xom-ashyosi qiymatining 25 foizigacha” degan soʻzlar “1-mayiga qadar paxta xomashyosi qiymatining 30 foizigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” degan soʻzlar “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-bandning beshinchi xatboshisidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” degan soʻzlar “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 6-bandning uchinchi xatboshisi “urugʻlik material” degan soʻzlardan keyin “hamda SIU xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 13-bandda:
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shu bilan birga, paxta va gʻalla hosilini yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalarining 13301-sonli va 14301-sonli hisobvaraqlaridan toʻlovlar, topshiriq shartnomasi asosida mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun memorial orderga asosan amalga oshiriladi.”;
6. 14-bandning “g” kichik bandidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” degan soʻzlar “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2016-yil 15-avgust
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2016-yil 15-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 33-son, 399-modda)