Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son Farmoniga muvofiq hamda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-iyul,
244-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyuldagi 244-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “15” raqami “16” raqami bilan almashtirilsin.
b) 1-ilovada:
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” boʻlimi “Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari” ustunining 6-pozitsiyasidagi “oʻzbek tili va adabiyoti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 16-pozitsiya qoʻshilsin:
| “ |
16. |
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Oʻzbek tili filologiyasi Oʻzbek tili va adabiyoti Oʻzbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | ”. |
v) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oliy taʼlim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimining
TASHKILIY TUZILMASI
* Oʻzbekiston milliy universiteti markazi pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tarmoq va mintaqaviy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat koʻrsatadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 374-modda)