Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1718-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2007-yil 15-iyundagi 01-02/8-3, EG-01/10-3339, 20, 58-son (roʻyxat raqami 1718, 2007-yil 20-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 398-modda) qarori bilan tasdiqlangan Maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-iyun,
01-02/8-38-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-iyun,
2-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2016-yil 28-iyun,
116-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-iyun,
47-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2016-yil 28-iyundagi 01-02/8-38, 2, 116, 47-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlgan tovarlarga toʻlangan alohida bojxona bojlari summasi, toʻlovchi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmasdan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etish sharti bilan (tovarlariga alohida bojxona bojlari joriy qilingan mamlakatlar bundan mustasno), Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga muvofiq qaytariladi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi.”;
2. 16-banddagi “toʻlovchiga Yoʻriqnomaga asosan qaytarib beriladi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan toʻlovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. 17-banddagi “Yoʻriqnomaga asosan toʻlovchiga qaytarib beriladi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan toʻlovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4. 24-banddagi “Yoʻriqnomaga asosan toʻlovchiga qaytariladi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan toʻlovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5. 25-banddagi “Yoʻriqnomaga asosan toʻlovchiga qaytariladi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan toʻlovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6. 32-banddagi “Yoʻriqnomaga asosan toʻlovchiga qaytariladi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan toʻlovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7. 33-banddagi “Yoʻriqnomaga asosan toʻlovchiga qaytariladi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan toʻlovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8. 35-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona yuk deklaratsiyasining 47-grafasi “Toʻlov turi” ustunida Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) muvofiq alohida bojxona boji turining kodi koʻrsatiladi.”;
jadval chiqarib tashlansin.
9. 36-bandning birinchi xatboshisidagi “vakolatli bankda alohida depozit hisobini” degan soʻzlar “gʻazna hisob varagʻini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 347-modda)