03.02.2016 yildagi 20-1504/14273-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda — Palata) ATB “Qishloq qurilish bank” Buxoro viloyat Galla Osiyo filiali (bundan buyon matnda — Bank filiali) manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Humo Arabon Yulduzi” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — javobgar) va “Universal Mulk Savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan (bundan buyon matnda — qoʻshimcha javobgar) solidar tartibda 286 659 595 soʻm kredit qarzi, 13 619 458 soʻm kredit foizini undirishni, undiruvni garovga qoʻyilgan mulklarga qaratishni hamda ushbu mulklarning kimoshdi savdosidagi boshlangʻich bahosini belgilab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2015-yil 5-oktabrdagi ajrimi bilan ishga ATB “Qishloq qurilish bank” (bundan buyon matnda — Bank) daʼvogar sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 5-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgar va qoʻshimcha javobgardan solidar tartibda bank foydasiga 268 716 876,79 soʻm asosiy qarz, 8 065 895,70 soʻm foiz, 4 880 517 soʻm qoʻshimcha foiz undirilgan. Undiruv javobgarga tegishli garovdagi mol-mulklarga qaratilib, uning kim oshdi savdosidagi boshlangʻich narxi 375 000 000 soʻm deb belgilangan. Daʼvoning Bank filialiga nisbatan qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud tomonidan ish qoʻshimcha javobgar vakilining ishtirokisiz koʻrib chiqilganligi, qoʻshimcha javobgar tegishli tartibda sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida ogohlantirilmaganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Bank filiali va javobgar oʻrtasida 2014-yil 24-oktabrda 189-sonli kredit shartnomasi tuzilgan. Shartnoma shartlariga asosan Bank filiali javobgarga tikuvchilik faoliyatini rivojlantirish va yangi ishchi oʻrinlarni yaratish maqsadida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradigan asbob-uskunalar sotib olish uchun 3 yil muddatga, yillik 18 foiz ustama haq toʻlash sharti bilan 300 000 000 soʻm kredit ajratish, javobgar esa kredit va uning foizlarini oʻz vaqtida qaytarish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit mablagʻining qaytarilishini taʼminlash maqsadida taraflar oʻrtasida 2014-yil 29-oktabrda garov shartnomasi tuzilgan. Ushbu shartnomaga asosan javobgarga tegishli Peshku tuman, Istiqbol QFI, Qusaravon qishlogʻida joylashgan 2013-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami belgisi 5673NU, dvigatel raqami 145107, zavod raqami 1100780 boʻlgan sariq rangli “HYUNDAI R220LC-9S 2013” rusumli ekskavator garovga qoʻyilgan va uning boshlangʻich narxi 375 000 000 soʻm deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, kredit mablagʻining qaytarilishini taʼminlash maqsadida taraflar oʻrtasida 2015-yil 15-yanvarda kafillik shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, qoʻshimcha javobgar kredit shartnomasi boʻyicha javobgarning majburiyatlarini bajarmaslik holatida solidar tartibda kredit qarzdorlikning umumiy summasini bankka toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlaridan kelib chiqib, Bank filiali javobgarga 300 000 000 soʻm kredit mablagʻini ajratgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit shartnomasining 2.7-bandida javobgar shartnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan muddatda kredit foizlarini va kreditning asosiy summasini qaytarishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 236-moddasiga koʻra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, javobgar tomonidan kredit va uning foizlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan, natijada uning bank oldida 268 716 876,79 soʻm kredit qarzi, 8 065 895,70 soʻm foizi va qoʻshimcha foizdan 4 880 517 soʻm qarzdorligi yuzaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank filiali tomonidan javobgarga qredit qarzdorlikni uzish haqida yuborilgan talabnoma javobgar tomonidan oqibatsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga asosan Palata Bank filiali manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Bank foydasiga javobgar va qoʻshimcha javobgardan solidar tartibda 286 659 595 soʻm kredit qarzi, 13 619 458 soʻm kredit foizini undirishni, undiruvni garovga qoʻyilgan mulklarga qaratishni hamda ushbu mulklarning kimoshdi savdosidagi boshlangʻich bahosini belgilab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi javobgar tomonidan kredit qarzdorlik summalari qisman toʻlanganligini inobatga olib, daʼvo talablarini qisman qanoatlantirib toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan kredit va uning foizlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmaganligi holati kredit shartnomasi shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi, shu bois, birinchi instansiya sudi daʼvoning ushbu qismini asosli ravishda qanoatlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit shartnomasining 4.4-bandida Bank shartnoma boʻyicha javobgarga yuklatilgan barcha majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishini talab qilish huquqiga ega ekanligi va ushbu majburiyatlar lozim darajada bajarilmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarilishini talab qilishga haqli ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilganidek, javobgar tomonidan kredit va uning foizlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan va buning natijasida Bank oldida kredit boʻyicha qarzdorlik 268 716 876,79 soʻmni, foiz boʻyicha qarzdorlik 8 065 895,70 soʻmni, qoʻshimcha foiz boʻyicha qarzdorlik esa 4 880 517 soʻmni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Palata daʼvo arizasida undiruvni garovga qoʻyilgan mulklarga qaratib, ularning boshlangʻich bahosini belgilab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda — Qonun) 26-moddasining birinchi qismiga koʻra garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni oʻzi javobgar boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan taqdirda yoki lozim darajada bajarmaganda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank filiali va javobgar oʻrtasida 2014-yil 29-oktabrda tuzilgan garov shartnomasiga asosan javobgarga tegishli ekskavator garovga qoʻyilgan. Ushbu shartnoma shartlarida kredit shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlar javobgar tomonidan bajarilmagan taqdirda Bank garovga qoʻyilgan mulk hisobidan oʻz manfaatlarini qanoatlantirishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 28-moddasining uchinchi qismiga asosan garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlangʻich sotish narxi undiruv sud tartibida mol-mulkka qaratilgan hollarda sud qarori bilan yoki boshqa hollarda garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan kelishuvi natijasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida 2014-yil 13-yanvarda tuzilgan dalolatnomada garovga qoʻyilgan koʻchmas mulklarning bahosi 375 000 000 soʻmga kelishilgan. Bu haqda garov shartnomasining 4.1-bandida ham bayon etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qarorining 23-bandida undiruvni garov narsasiga sud tartibida qaratishda sudning qarorida garovdagi mol-mulkning nomi, joylashgan joyi, garov shartnomasida koʻrsatilgan miqdordagi boshlangʻich sotuv bahosi koʻrsatilishi lozimligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois sud undiruvni garovdagi mulkga qaratib, ushbu mulkning qiymati taraflar oʻrtasidagi kelishuv bilan 375 000 000 soʻmga baholanganligini inobatga olib, garovga qoʻyilgan mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlangʻich bahosini 375 000 000 soʻm deb belgilash haqida asosli toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Palata daʼvo arizasida kredit qarzdorlikni javobgar va qoʻshimcha javobgardan solidar tartibda undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 293-moddasiga koʻra, qarzdor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar boʻlishi nazarda tutilgan boʻlmasa. Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor koʻrgan boshqa zararlarni toʻlaydi. Agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, birgalashib kafil boʻlgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 13/150-sonli qarorining 30-bandida kreditor tomonidan daʼvo bir vaqtning oʻzida kafil va qarzdorga nisbatan qarzdor tomonidan asosiy majburiyat bajarilmaganligi munosabati bilan taqdim etilib, solidar javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalarni qoʻllash lozim boʻlgan hollarda, bunday javobgarlik faqat kafil yoki faqat qarzdorga yuklatilishi mumkin emasligi, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob berishlari kerak ekanligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda birinchi instansiya sudi kredit qarzdorligi va foizi javobgardan tashqari solidar tartibda kafil, yaʼni qoʻshimcha javobgardan undirib, toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya sudlov hayʼati qoʻshimcha javobgarning sud tomonidan ishni uning vakili ishtirokisiz koʻrib chiqilganligi haqidagi vaji bilan kelishmaydi. Chunki, birinchi instansiya sudining daʼvo arizasini ish yurituvga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash haqidagi ajrimi taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomadagi javobgarning yuridik manzili, yaʼni Buxoro shahri, I. Moʻminov koʻchasi, 30-uy manziliga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, sud ajrimi yuborilgan pochta konverti xoʻjalik sudiga aloqa xizmati orqali mazkur manzilda korxona mavjud emasligi sababli qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda — XPK) 121-moddasida ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni yuritish vaqtida oʻz manzillarining oʻzgarganligi haqida xoʻjalik sudiga xabar berishlari shartligi, bunday xabar berilmagan taqdirda protsessual hujjatlar xoʻjalik sudiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda boʻlmasa yoki yashamayotgan boʻlsa ham, yetkazib berilgan deb hisoblanishi, agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini xoʻjalik sudiga maʼlum qilgan boʻlsalar, ular ishni yuritish vaqtida bu maʼlumotlar oʻzgarganligi haqida xoʻjalik sudini yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishlari kerakligi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, birinchi instansiya sudida sud tomonidan ishni koʻrish 2015-yil 5-noyabr kuniga qoldirilganligi haqida qoʻshimcha javobgarga telefonogramma orqali xabardor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan holatlar birinchi instansiya sudi ish holatlarini toʻliq oʻrganib, moddiy va protsessual huquq normalariga rioya etgan holda daʼvo talablarini qisman qanoatlantirish haqida asosli toʻxtamga kelganligi haqidagi xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 188-moddasining birinchi qismida moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻlishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda, hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun qoʻshimcha javobgar tomonidan toʻlangan 7 000 soʻm pochta xarajatlarini uning zimmasida qoldirib, undan 1 501 396 soʻm davlat boji undirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-1504/14273-son