23.12.2015 yildagi 15-1506/9299-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdor rahbarining vakolatlari tugatiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Namangan yoʻlovchi tashish” davlat unitar korxonasi tugatish boshqaruvchisi (bundan buyon matnda — unitar korxona) “Fergana Sam Avto Tex Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (bundan buyon matnda — MChJ) nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, MChJning hisob raqami va mol-mulki hisobidan 4 000 000 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasiga nisbatan xususiy ajrim chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sudlar tomonidan ish hujjatlari toʻliq oʻrganilmaganligi, ishdagi mavjud dalillarga eʼtibor berilmaganligi, unitar korxona bankrot deb topilishiga qaramasdan, toʻlov topshiriqnomalariga asosan unitar korxonada pul mablagʻlari chiqib ketganligi haqida vajlar keltirilib, sud qarorlarini bekor qilib, adolatli qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qisman qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, unitar korxona Namangan viloyat xoʻjalik sudining 16-1407/3371-sonli ishi boʻyicha qabul qilingan 2014-yil 2-iyundagi hal qiluv qarori bilan bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish boshlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unitar korxona tugatish boshqaruvchisi tomonidan tugatish ishlarini olib borish jarayonida unitar korxona MChJning hisob-raqamiga 2014-yil 4-iyundagi 517-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan 1 000 000 soʻm, 2014-yil 9-iyundagi 531-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan 1 000 000 soʻm, 2014-yil 10-iyundagi 529-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan 1 000 000 soʻm, 2014-yil 19-iyundagi 580-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan 1 000 000 soʻm, jami 4 000 000 soʻm pul mablagʻlari ehtiyot qismlar uchun oʻtkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unitar korxona tugatish boshqaruvchisi ushbu pul mablagʻlari unitar korxona rahbari tomonidan asossiz ravishda MChJga oʻtkazib berilganligi sababli, uni ixtiyoriy qaytarish toʻgʻrisida MChJga talabnoma yuborgan. Ammo, talabnoma MChJ tomonidan oqibatsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, unitar korxona xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, MChJning hisob raqami va mol-mulki hisobidan 4 000 000 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi unitar korxona tomonidan daʼvo talablari isbotlab berilmagan degan asos bilan daʼvoni qanoatlantirishni rad qilib notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha unitar korxona va MChJ oʻrtasida 2014-yil 19-fevralda avtomobil ehtiyot qismlarini oldi-sotdisi haqida F-001 shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlarida MChJ unitar korxonaga ISUZU markali avtomashinaning ehtiyot qismlari yetkazib berish, unitar korxona esa uni qabul qilib, tegishli pul mablagʻlarini toʻlab berishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyat xoʻjalik sudining 16-1407/3371-sonli ishi boʻyicha qabul qilingan 2014-yil 2-iyundagi hal qiluv qarori bilan unitar korxona bankrot deb topilgan va tugatishga doir ishlar boshlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, unitar korxona bankrot deb topilishi va uni tugatishga doir ishlar boshlanganligiga qaramasdan, yuqorida qayd etilgan toʻlov topshiriqnomalari bilan MChJning hisob raqamiga unitar korxona rahbari va bosh hisobchisi tomonidan jami 4 000 000 soʻm pul mablagʻlari oʻtkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 124-moddasiga koʻra, xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran pul majburiyatlari, majburiy toʻlovlar boʻyicha barcha talablar, boshqa mulkiy talablar faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida qarzdorga taqdim etilishi mumkin. Qarzdorning barcha majburiyatlari bajarilishiga faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdorning boshqaruv organlari qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish vazifalarini bajarishdan, agar ilgari chetlashtirilmagan boʻlsa, chetlashtiriladi, qarzdor rahbarining vakolatlari tugatiladi (qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi), qarzdorning ishlarini boshqarish tugatish boshqaruvchisiga yuklatiladi, shuningdek qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish boʻyicha mulkdorning vakolatlari tugatiladi. Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlarida yuqorida qayd etilgan toʻlov topshiriqnomalari va unitar korxona va MChJ oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan qonun normalariga koʻra, qarzdor rahbarining korxona bankrot deb topilganidan soʻng pul mablagʻlarini oʻtkazish vakolati boʻlmagan va u oʻz vakolatidan chetga chiqib, 4 000 000 soʻm pul mablagʻini MChJga oʻtkazgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlov hayʼati mazkur holatda unitar korxona bankrot deb topilgandan keyin toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshirilgan bank operatsiyalari noqonuniy deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiyasi sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirib, xatolikka yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati unitar korxonasining daʼvosidagi 4 000 000 soʻmni MChJning mol-mulkidan undirish talabini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi. Chunki, amaldagi qonunchilikda bunday daʼvolar boʻyicha qarzdorlikni sud qarori asosida mol-mulkidan undirish nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qarori 15-bandning uchinchi xatboshisida, agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, ammo sudning xulosalari bu holatlarga mos emasligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qiladi va yangi qaror qabul qilishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan, sudlov hayʼati sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qisman qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni, ishni birinchi, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq 236 800 soʻm davlat boji va 13 000 soʻm pochta xarajatlarini MChJdan undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-1506/9299-son