O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3180-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va ular xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 18-dekabrdagi PQ-2450-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan o‘tkazishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 27-iyun,
214-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimining
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-avgustdagi 372-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin:
“vazirlik va uning hududiy bo‘limlari huzuridagi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish”.
2. 2-bandda:
a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 7-ilovada:
a) 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, mukammal va joriy ta’mirlanishi, umumta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ularning bino va inshootlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish”;
b) 8-bandda:
uchinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshilardagi “pedagog kadrlar” so‘zlari “xalq ta’limi xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “predmetlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshidagi “oila sharoitlarida” so‘zlari “oilada” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n yettinchi xatboshidagi “ma’lumotnoma” so‘zi chiqarib tashlansin;
yigirma ikkinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablar” so‘zlari “ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va maktab-internatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yigirma oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“pedagogika oliy ta’lim muassasalari, T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti huzurida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
yigirma yettinchi xatboshidagi “fanlar doktori va nomzodi ilmiy darajalarini” so‘zlari “fan doktori ilmiy darajasini”, “ilmiy darajalar” so‘zlari “ilmiy daraja” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yigirma sakkizinchi xatboshidagi “aspirantura va doktorantura” so‘zlari “katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ttizinchi xatboshidagi “pedagogika o‘quv yurtlari” hamda “respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining” so‘zlari tegishli ravishda “ta’lim muassasalari” hamda “respublika tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshidagi “pedagog xodimlar” so‘zlari “xalq ta’limi xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
qirqinchi xatboshidagi “maktabda” so‘zi “umumiy o‘rta” so‘zlari bilan almashtirilsin;
qirq birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xalq ta’limi xodimlarini, o‘quvchilar va talabalarni, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar xodimlarini mehnatda va o‘qishdagi yuqori ko‘rsatkichlari, o‘quvchi yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki hamda homiylik ko‘magi uchun davlat mukofotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlaydi”;
qirq uchinchi xatboshidagi “Umumiy o‘rta, kasb-hunar ta’limi markazi” so‘zlari “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “maktabda” so‘zi “umumiy o‘rta” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 12-banddagi “pedagog kadrlar” so‘zlari “xalq ta’limi xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 13-bandning ikkinchi xatboshidagi “to‘rt nafar” so‘zlari “uch nafar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-iyundagi 110-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari) 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga ilovaning 16-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y.. 6-son, 55-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Respublika o‘quvchi-yoshlar markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-maydagi 115-son qarorining 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 1-avgustdagi 210-son qarorining 8-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 13-fevraldagi 27-son qarorining 12-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 2-son, 9-modda), shuningdek qarorga 2-ilova.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 26-son, 316-modda)