Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-fevraldagi majlisining 1-son qarorini bajarish yuzasidan hamda moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda pudrat qurilish tashkilotlarini kreditlash mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-may,
226-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 12-maydagi 226-son qaroriga
ILOVA
2004-yil 12-maydagi 226-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomda:
16-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
18-banddagi “shuningdek obyekt qurilishi jarayonida pudratchi tashkilotga berilgan bank kreditlari boʻyicha foizlar toʻlash” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
39-banddagi “shu jumladan kredit olish va ular boʻyicha pudrat qurilish tashkilotlari tomonidan foizlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar qoplangandan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“47. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektni foydalanishga tayyor holda qurilishini kreditlashda quyidagilar tijorat bankining kredit resurslari manbalari hisoblanadi:
tasdiqlangan Investitsiya dasturi boʻyicha kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish limiti doirasida markazlashtirilgan manbalardan mablagʻlarning (avans toʻlangandan va 50 foiz miqdorida joriy moliyalashtirilgandan keyin) pudrat qurilish tashkilotining asosiy depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi bosh bankka vaqtinchalik asosida oyma-oy beriladigan qolgan qismi;
xizmat koʻrsatuvchi bankning oʻz mablagʻlari va jalb qilinadigan mablagʻlari”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 222-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)