Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-fevraldagi majlisining 1-son qarorini bajarish yuzasidan hamda moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda pudrat qurilish tashkilotlarini kreditlash mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-may,
226-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 12-maydagi 226-son qaroriga
ILOVA
2004-yil 12-maydagi 226-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomda:
16-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
18-banddagi “shuningdek obyekt qurilishi jarayonida pudratchi tashkilotga berilgan bank kreditlari boʻyicha foizlar toʻlash” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 222-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)