Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2518-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 9-martdagi 60-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2518-2, 09.03.2020-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2013-yil 26-sentabrdagi 179a, 96, 49-son qarori (roʻyxat raqami 2518, 2013-yil 18-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
26-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
29-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
114-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 26-maydagi 26, 29, 114-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ragʻbatlantiriladigan fermer xoʻjaliklari roʻyxati (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) har yili 10-yanvarga qadar paxta tozalash korxonalarining paxta xomashyosini qabul qilish varaqalari (PK-17-shakl) hamda tuman (shahar) statistika boʻlimlarining “Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida”gi davlat statistika hisoboti (1-FX shakli) maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.”.
2. 13-bandda:
“b” kichik banddagi “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi” degan soʻzlar “Oʻzkimyosanoat” AJ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) fermer xoʻjaligiga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalaridan (“GM Oʼzbekiston” AJ mahsuloti) xohlagan bitta modelini fermer xoʻjaligining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish. Bunda fermer xoʻjaliklari tomonidan tegishli sertifikatga asosan “Oʻzavtosanoat” AK tizimidagi korxonalarga murojaat etilgandan keyin bir oy muddatda shartnomalar tuzishni yakunlash hamda “Oʻzpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan fermer xoʻjaliklarining paxta yakuniy hisob-kitob mablagʻlaridan toʻliq toʻlab beriladi. Mazkur imtiyozning taqdim etilishi uchun “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzavtosanoat” AK tizimidagi diler korxonalar avtotransport vositasini shartnomaviy muddatlarda yetkazib berish uchun masʼul hisoblanadi;”;
“e” kichik banddagi “OATB” degan qisqartma “ATB” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
3. 15-banddagi “20-dekabrga qadar” degan soʻzlar “25-yanvarga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 16-banddagi “25-dekabrga qadar” degan soʻzlar “30-yanvarga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 1 va 3-ilovalar tegishlicha mazkur oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Markaziy banki, “Oʻzneftmahsulot” AK, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzavtosanoat” AK, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2016-yil 4-may
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
2016-yil 4-may
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2016-yil 4-may
“Oʻzneftmahsulot” AK boshqaruvi raisi B. SULTANOV
2016-yil 4-may
“Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh direktori Y. XIDIROV
2016-yil 4-may
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi N. IBRAGIMOV
2016-yil 4-may
“Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi oʻrinbosari T. JALILOV
2016-yil 28-aprel
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2016-yil 4-may
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
1-ILOVA
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yuqori hosildorlikka erishgan xoʻjaliklarni aniqlash va ularga imtiyozlarni taqdim etish
SXEMASI
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
2-ILOVA
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
|
(kengash belgisi) | |||||||
|
OʻZBEKISTON FERMERLARI KENGAShI | |||||||
|
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaligiga | |||||||
|
S E R T I F I K A T | |||||||
| 20____ yil “_____” _________________ |
-son |
____________________ tuman (shahar) | |||||
| Ushbu hujjat __________tuman (shahar) komissiyasining 20__ yil”___” ________ dagi _____-sonli xulosasiga asosan ___________________ fermer xoʻjaligiga paxta xomashyosini yetishtirishda 20__ yil hosilidan _________ gektar yer maydonidan ____sentner hosildorlikka erishganligi uchun berildi. | |||||||
| Mazkur sertifikat orqali _________________________ fermer xoʻjaligiga quyidagi bir martalik imtiyozlar taqdim etiladi: | |||||||
| a) fermer xoʻjaligining paxta ekiladigan jami yer maydonining kamida 5 foiziga qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish; b) qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun ajratilgan yer maydonlarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun taʼminotchi tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali mazkur yer maydonining har bir gektariga ekilgan ekin turi uchun amaldagi texnologik kartalarda tavsiya etilgan meʼyorlar boʻyicha dizel yoqilgʻisi va mineral oʻgʻitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan deklaratsiya qilingan narxlarda (taʼminotchi ustamasi bilan) oldindan 100 foiz toʻlovni amalga oshirgan holda tegishli shoxobchalar orqali xarid qilish; v) tuman (shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonlari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovlarda fermer xoʻjaligiga 10 ballgacha taqdim etish. Bunda fermer xoʻjaligi tomonidan hisobot davrida kamida 20 gektar boʻlgan maydonda yuqori hosildorlikka erishilganda 2 ball, yuqori hosildorlikka erishilgan maydon har 10 gektarga koʻpayganda qoʻshimcha 1 balldan, 100 gektar va undan ortiq maydonda yuqori hosildorlikka erishilganda 10 ball taqdim etiladi; g) qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berish; d) fermer xoʻjaligiga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalaridan (“GM Oʼzbekiston” AJ mahsuloti) xohlagan bitta modelini fermer xoʻjaligining asosiy talab qilib olguncha depozit hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan navbatsiz xarid qilish; e) qishloq joylarida qurilayotgan namunaviy uy-joylardan birini navbatsiz xarid qilish; j) superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetkazib berish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlovda barcha shartlar boʻyicha teng ball toʻplangan hollarda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklari imtiyozga ega boʻladilar. | |||||||
|
Sertifikat fermer xoʻjaligining guvohnomasi taqdim etilganda haqiqiy hisoblanadi. | |||||||
| Amal qilish muddati 1 yil | | | | | | ||
| _________________ tuman Fermerlari kengashi raisi |
__________ (imzo/muhr) |
_______________________________ | |||||
| Seriya № 0000 | | | | | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 311-modda)