Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni hamda xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarini aniq mulkdorlarga sotishni jadallashtirish, shuningdek xususiylashtirilgan korxonalarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash uchun toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining 1-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga tanlov asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Oldingi tahrirga qarang.
2. Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va past likvidli obyektlarni investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish boʻyicha hududiy komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan har bir korxona va obyekt boʻyicha ular tanlov savdolariga qoʻyilgunga qadar:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
korxonalar va obyektlar boʻyicha aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda ularning ishlab chiqarish binolari va egallab turgan yer maydonlari tarkibini oʻzgartirishning maqbul rejasini ishlab chiqsinlar;
zarurat boʻlganda ushbu rejalarda katta ishlab chiqarish maydonlariga va yordamchi maydonlarga, bir nechta bino va inshootlarda joylashgan, shuningdek katta maydondagi yer uchastkalariga ega boʻlgan yirik korxonalar va obyektlarni sotiladigan bir nechta mulkiy kompleks va yer uchastkalariga oldindan boʻlishni nazarda tutsinlar;
korxonalar va obyektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishning tender shartlarini kelishish uchun Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasiga yuborsinlar.
3. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining, past likvidli obyektlar va davlat aktivlarining investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berilishi, shuningdek investorlar tomonidan zimmasiga olingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi ustidan qatʼiy monitoring oʻrnatsinlar;
past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va past likvidli obyektlarni investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish boʻyicha hududiy komissiyalar hamda Davlat mulki qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan tender savdolari oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini past likvidli aktivlar va obyektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga vatanimiz investorlariga va xorijiy investorlarga bepul berishning borishini, shuningdek investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarishning aniq natijalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-may,
209-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga muvofiq oʻz koʻchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-sonli qaroriga muvofiq oʻz koʻchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 292-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorida:
4-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xorijiy investorlarga erkin muomaladagi valyutaga sotilishi kerak boʻlgan davlat mulki (korxona, obyekt, xoʻjalik jamiyatlari aksiyalari va ulushlari paketi) savdoga qoʻyilgan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida birja savdolarida sotilmagan taqdirda Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishgan holda ushbu mulkni milliy valyutaga sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qaroriga 2-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda):
4-banddagi va 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi davlatning ishonchli vakillarini tayinlash boʻyicha maxsus Komissiya” soʻzlari “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi, 16-bandning ikkinchi xatboshidagi va 18-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya” soʻzlari “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz koʻchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
7. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda):
qaror 3-bandining ikkinchi xatboshi “bunda investor tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun qoʻshilayotgan pul mablagʻlari, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarga daromad (foyda) soligʻi solinmaydi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 206-modda; 26-son, 298-modda; 2005-y., 10-11-son, 73-modda; 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 23-son, 210-modda; 30-son, 292-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)