Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.05.2004 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 25.06.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni hamda xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarini aniq mulkdorlarga sotishni jadallashtirish, shuningdek xususiylashtirilgan korxonalarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash uchun toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining 1-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga tanlov asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va past likvidli obyektlarni investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish boʻyicha hududiy komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining hududiy organlari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan har bir korxona va obyekt boʻyicha ular tanlov savdolariga qoʻyilgunga qadar:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va obyektlar boʻyicha aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda ularning ishlab chiqarish binolari va egallab turgan yer maydonlari tarkibini oʻzgartirishning maqbul rejasini ishlab chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda ushbu rejalarda katta ishlab chiqarish maydonlariga va yordamchi maydonlarga, bir nechta bino va inshootlarda joylashgan, shuningdek katta maydondagi yer uchastkalariga ega boʻlgan yirik korxonalar va obyektlarni sotiladigan bir nechta mulkiy kompleks va yer uchastkalariga oldindan boʻlishni nazarda tutsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va obyektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishning tender shartlarini kelishish uchun Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasiga yuborsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining, past likvidli obyektlar va davlat aktivlarining investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berilishi, shuningdek investorlar tomonidan zimmasiga olingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi ustidan qatʼiy monitoring oʻrnatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va past likvidli obyektlarni investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish boʻyicha hududiy komissiyalar hamda Davlat mulki qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan tender savdolari oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini past likvidli aktivlar va obyektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga vatanimiz investorlariga va xorijiy investorlarga bepul berishning borishini, shuningdek investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarishning aniq natijalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-maydagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini birja va birjadan tashqari bozorlarda sotish tartibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4-banddagi ikkinchi gap chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2-banddagi “5 bank kuni” soʻzlari “30 bank kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibining 17-bandidagi “5 bank kuni” soʻzlari “30 bank kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-bandning birinchi xatboshidagi “usulini qoʻllanishda” soʻzlaridan oldin “xarajat” soʻzi qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasining banklararo valyuta bozorida belgilanadigan birjadan tashqari valyuta bozori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“54. Baholashning ikki va undan ortiq usuli qoʻllanilgan taqdirda Komissiya Davlat mulki qoʻmitasiga mol-mulk qiymatini baholash boʻyicha barcha olingan natijalarni taqdim etadi, ular asosida Davlat mulki qoʻmitasi (respublika vazirliklari, idoralari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimiga kiradigan korxonalar boʻyicha) yoki uning hududiy organi (boshqa korxonalar boʻyicha) buyrugʻiga binoan korxonaning qiymati, ustav fondi miqdori belgilanadi. Korxona qiymati, ustav fondining belgilanadigan miqdori ushbu Nizomning 51—53-bandlarida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan baholash qiymatidan past boʻlishi mumkin emas”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xorijiy investorlarga erkin muomaladagi valyutaga sotilishi kerak boʻlgan davlat mulki (korxona, obyekt, xoʻjalik jamiyatlari aksiyalari va ulushlari paketi) savdoga qoʻyilgan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida birja savdolarida sotilmagan taqdirda Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishgan holda ushbu mulkni milliy valyutaga sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qaroriga 2-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-banddagi va 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi davlatning ishonchli vakillarini tayinlash boʻyicha maxsus Komissiya” soʻzlari “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-banddagi, 16-bandning ikkinchi xatboshidagi va 18-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya” soʻzlari “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 27-iyuldagi 325-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 67-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-iyundagi 295-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 26-son, 298-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-ilova 8-bandining oʻn ikkinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi maxsus komissiya” soʻzlari “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6-bandining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-iyundagi 295-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 298-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror 3-bandining ikkinchi xatboshi “bunda investor tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun qoʻshilayotgan pul mablagʻlari, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarga daromad (foyda) soligʻi solinmaydi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi ilovaning 5-bandidagi “uch oy” soʻzlari “bir oy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 206-modda; 26-son, 298-modda; 2005-y., 10-11-son, 73-modda; 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 23-son, 210-modda; 30-son, 292-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)