Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1834-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, 2016-yil 13-apreldagi OʻRQ-404-son “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-son qarori (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
15/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-maydagi 15/2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 27-banddagi va 123-bandning birinchi xatboshisidagi “muhr va imzo qoʻyilgan varaqchada” degan soʻzlar “imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 34-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “imzolar namunasi varaqchasida” degan soʻzlar “imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 154-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 167-bandning birinchi xatboshisidagi “rahbar” degan soʻz “bank rahbari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovada:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, banklarda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish uchun bank rahbari javobgar hisoblanadi hamda u buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Bosh buxgalterning xoʻjalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish boʻyicha talablari bankning barcha xodimlari uchun majburiydir. Bank rahbari bankning barcha boʻlinmalari, xizmatlari va hisobni yuritishga aloqador xodimlari tomonidan mazkur talablarga rioya etilishini taʼminlashi shart.”;
b) 23-banddagi “rahbar” degan soʻz “bank rahbari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 24-bandning ikkinchi xatboshisidagi “rahbar” va “Rahbardan” degan soʻzlar tegishlicha “bank rahbari” va “Bank rahbaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 293-modda)