O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
Qarori
“Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 7-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2555-1]
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2013-yil 10-dekabrdagi 01-02/12-31, 15-son “Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2555, 2014-yil 13-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 3-son, 36-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-may,
01-02/12-43-son
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i V. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-may,
43-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 23-son, 274-modda)