Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2016 13.01.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2555
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining qarori, 13.01.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2555
Кучга кириш санаси
20.01.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 13-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2555]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2016-yil 4-maydagi 01-02/12-43, 43-sonli “Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2555-1, 07.06.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-31-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi v.b. Sh. ShOVAHOBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2013-yil 10-dekabrdagi 01-02/12-31, 15-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) 64-moddasiga muvofiq yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat davlat bojxona xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 39-moddasiga muvofiq bojxona nazorati shakllarini qoʻllash va bojxona tashuvchilari reyestriga kiritish yoʻli bilan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona tashuvchilarining hisobini yuritish va faoliyati monitoringini olib borish uchun davlat bojxona xizmati organlari tomonidan elektron avtomatlashtirilgan axborot tizimi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona tashuvchisi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi asosida tashuvchiga nisbatan qoʻyiladigan talablarga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Bojxona tashuvchilari reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik shaxs bojxona tashuvchisi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini (bundan buyon matnda DBQ deb yuritiladi) ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq xabarnoma orqali yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xabarnomaga yuridik shaxs rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi 62-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqida shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisi. Bunda, sugʻurta polisi boʻyicha umumiy qiymat 50000 (ellik ming) AQSh dollaridan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 272-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan berilgan litsenziya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish bojxona Konvensiyasining (1975-yil, Jeneva) 2-ilovasi talablariga muvofiq maxsus jihozlangan, bojxona tashuvchisi sifatida yuklarni tashishda foydalanadigan avtotransport vositalari roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar taqdim etilgan hujjatlar toʻliq hajmda boʻlmasa, taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar shubhali boʻlsa yoki yetarli boʻlmasa, hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 5 kun ichida, DBQ tomonidan bojxona tashuvchisiga asos boʻlgan sabablarni koʻrsatgan holda yozma xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizom talablariga muvofiq talab etilgan barcha hujjatlar taqdim qilingandan soʻng bojxona tashuvchisi bojxona tashuvchilari reyestriga kiritiladi. Reyestr ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklda DBQ tomonidan elektron tarzda yuritiladi va DBQning rasmiy saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. DBQ davlat bojxona xizmati organlarining hududiy boshqarmalarini bojxona tashuvchisi bojxona tashuvchilari reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida xat orqali xabardor qiladi va ushbu xatning nusxasini bojxona tashuvchisiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizomning 5-bandida qayd etilgan hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilishi kutilayotganda, bojxona tashuvchisi ushbu oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng 3 kun davomida DBQga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Xabarnoma namunasi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

‎‎Ushbu bilan ______________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxs nomi)

‎‎bojxona tashuvchisi sifatida faoliyat yuritishi haqida xabardor qiladi.
‎‎Korxona haqida quyidagilar maʼlum qilinadi:
‎‎Yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili):
‎Telefon raqami:
‎‎KTUT ____________________.
‎‎STIR _____________________.
‎‎Bank rekvizitlari:
‎‎H/r _______________________;
‎‎MFO _____________________.
‎‎Xabarnomaga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
‎1. Yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma.

‎2. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi 62-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqida shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisi.

‎‎3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan berilgan litsenziya.

‎‎4. Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish bojxona Konvensiyasining (1975-yil, Jeneva) 2 — ilovasi talablariga muvofiq maxsus jihozlangan, bojxona tashuvchisi sifatida yuklarni tashishda foydalanadigan avtotransport vositalari roʻyxati.

‎‎Rahbar _____________

‎‎______________________________

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎‎‎‎201__ yil “___”____________

yil‎

kun ‎

oy‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Bojxona tashuvchilari reyestri

Bojxona tashuvchisining
‎tartib raqami ‎
Reyestrga kiritilgan sana ‎ Bojxona tashuvchisining nomi
‎ ‎va‎ ‎‎‎tashkiliy-huquqiy shakli ‎
Bojxona tashuvchisining
‎doimiy faoliyat yurituvchi
‎ijro ‎‎organi joylashgan yeri (manzil)‎
Avtotransport
‎ vositalari
‎soni ‎
Sugʻurta polisida
‎koʻrsatilgan sugʻurta
‎muddati‎
Izoh‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 36-modda)