21.05.2003 yildagi 497-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002-yil yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002-yilgi faoliyati yakunlari yuzasidan hisobotini tinglab, Budjet, bank va moliya masalalari qoʻmitasining qarorini koʻrib chiqib hamda “Deloyt end Tush” xalqaro auditorlik kompaniyasining xulosasini maʼlumot uchun qabul qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlsi Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002-yil yuzasidan hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatʼiy pul-kredit siyosati yuritishni makroiqtisodiy budjet siyosati vazifalari bilan oʻzaro puxta muvofiqlashtira borib, pul summasi tarkiblarini tartibga solish hamda pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini qisqartirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrgan holda davom ettirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining likvidligini tartibga solish vositalaridan foydalanishni kengaytirsin, banklararo pul bozorinining yangi vositalarini — valyuta depozitlari, davlat qimmatli qogʻozlari va boshqa birinchi toifali aktivlar garovi operatsiyalarni qoʻllash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq fuqarolarning omonatlari himoyalanishini kafolatlash mexanizmini kuchaytirish yuzasidan fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi va tijorat banklari bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq kredit uyushmalarini tashkil etish kengayib borishiga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta bozorini yanada erkinlashtirishga hamda joriy valyuta operatsiyalari boʻyicha milliy valyutaning toʻliq konvertaciya qilinishiga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklari manfatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda isteʼmol bozorlarini zarur tovarlar bilan toʻldirish, kichik va oʻrta biznesni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish asosida pullik xizmatlar koʻrsatish sohasini kengaytira borish hamda naqd pul tushumi tushishini, ish haqi, pensiya va nafaqalar hamda aholiga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida berilishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
497-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 79-modda)