Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi (“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi) faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2123-sonli “2014 — 2018-yillarda respublika elektrotexnika sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan va radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik tarmoqlarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
1-ilovaga muvofiq korxonalar “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi qatnashchilari hisoblanishi;
uyushmaning faoliyati uning tarkibiga kiruvchi korxonalar, tashkilotlarning ixtiyoriy ajratiladigan mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshirilishi;
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi ijro etuvchi organining huquqlari, funksiyalari, javobgarligi va vazifalari uning qatnashchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi qatnashchilarining quyidagilar uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin:
ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoatini barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash;
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda, ularning jahon bozorlariga kirib borishida koʻmaklashish;
uyushma qatnashchilari boʻlgan korxonalarga resurs va energiyani tejovchi samarali texnologiyalarni joriy etishda, buyumlar va butlovchi materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirishda, korxonalarni zamonaviylashtirish va texnologiya bilan qayta jihozlashda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda yordam koʻrsatish;
korxonalarga axborot xizmatlari koʻrsatish, muhandis-texnik va boshqaruv xodimlari menejmentning zamonaviy usullarini va bozor sharoitlarida ishlashni egallab olishlari maqsadida ularning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishda koʻmaklashish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning ustav sarmoyalarida aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni ular tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarga berilgungacha uzaytirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi ikki oy muddatda qatnashchilarning umumiy yigʻilishini oʻtkazsin, uyushmaning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlasin va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi respublikaga olib kelinayotgan radioelektronika, elektrotexnika, asbobsozlik tovarlari toʻgʻrisida, ularni uyushma korxonalarida ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun muntazam axborot olishda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga koʻmaklashsinlar.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzeltexsanoat” Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 17-martdagi 144-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-aprel,
205-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 30-apreldagi 205-son qaroriga
1-ILOVA
2004-yil 30-apreldagi 205-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi qatnashchilari boʻlgan korxonalar roʻyxati
I. Kabel-sim mahsulotlari, xalq isteʼmol tovarlari va yangi materiallar ishlab chiqaradigan korxonalar
1. “Oʻzkabel” davlat-aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri
2. “Andijonkabel” ochiq aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi, Xonobod shahri
3. “Kosmos Oriyental Investment LTD” xorijiy kompaniyaning (Gonkong) “Vika Enterprayz” shuʼba korxonasi (Toshkent shahri)
4. “Doyche Kabel AG Toshkent” ochiq aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasi, Toshkent shahri
5. “Spektr” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi, Toshkent shahri
6. “Oʻzglaszayden” Oʻzbekiston-Shveysariya qoʻshma korxonasi, Toshkent shahri
II. Past voltli apparatlar, shchit qurilmalari, liftlar va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar
7. “Oʻzelektroapparat” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri
8. “Rele va avtomatika” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri
9. “SABEN” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri
10. “Samarqand liftqurilishi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Samarqand shahri
11. “Elga-Osiyo” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi, Toshkent shahri
12. “Toshelektroapparat” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya qoʻshma korxonasi, Toshkent shahri
III. Elektron texnika, priborlar, aloqa apparatlari va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar
13. “Foton” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri
14. “Algoritm” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri
15. “Oniks” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri
16. “Elekor” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri
17. Davlat mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent shahri
18. “Kvark” davlat ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi, Toshkent shahri
19. “Foton” davlat tajriba-konstruktorlik byurosi, Toshkent shahri
20. “UMT-Radio” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasi, Toshkent shahri
21. “SMG-Oniks” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oʻzbekiston-Italiya qoʻshma korxonasi, Toshkent shahri
IV. Kuch transformatorlari, elektrotermik asbob-uskunalar va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar
22. “Transformator” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri
23. “Oʻzelektroterm” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Namangan shahri
24. “Toshelektromash” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri
25. “Elektromash” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri
26. “Sino” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Samarqand shahri
27. “Kinap” davlat ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand shahri
V. Servis xizmati koʻrsatadigan korxonalar
28. “Elektroremont” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Navoiy shahri
29. “Anzis” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Andijon viloyati, Asaka shahri
30. “Kompyuter-Spektr” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
31. “Elektronika” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
32. “Elektrotaʼmir” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Samarqand viloyati, Charogʻon posyolkasi
33. “Hisoblash texnikasini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
34. “TS-Texnologiya” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasi, Toshkent shahri
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 30-apreldagi 205-son qaroriga
2-ILOVA
2004-yil 30-apreldagi 205-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 30-apreldagi 205-son qaroriga
3-ILOVA
2004-yil 30-apreldagi 205-son qaroriga
3-ILOVA
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 201-modda)