04.04.2006 yildagi 164-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash – faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari raislari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni Rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturida koʻzda tutilayotgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F.F. Muhitdinova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 4-apreldagi 164-I-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKAT DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Asosiy vazifalar

Chora-tadbirlar nomi

Tadbirlarni amalga oshirish shakli va mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

1. Budjet va soliq islohotlarini yanada chuqurlashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiyalash, soliq yuklarini qisqartirish.

1.1. Senat qoʻmitasi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotini koʻrib chiqish chogʻida uning aholiga kredit berish tizimini kengaytirish, jumladan mikrokredit hamda mikrolizing mexanizmlarini rivojlantirish va ular hajmini oshirish bilan bogʻliq faoliyati natijalarini muhokama qilish.

Senat qoʻmitasi qarori.

2006-yilning

II choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

1.2. Senat qoʻmitalarining qoʻshma majlisida Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qoʻmitasining yangi korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazish va biznesni tashkil etishda xabar qilish tizimiga oʻtish boʻyicha takliflar ishlab chiqish bilan bogʻliq faoliyati natijalarini muhokama qilish.

Senat qoʻmitalarining qoʻshma qarori.

2006-yilning

III choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

1.3. “Budjet va soliq islohotlarini yanada chuqurlashtirish – milliy iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yoʻnalishi” mavzuida davra suhbati oʻtkazish.

Davra suhbati natijalari boʻyicha tavsiyalar berish.

2006-yilning

IV choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

2. Iqtisodiyotni tuzilmaviy isloh qilish va modernizatsiyalash koʻlamini yanada chuqurlashtirish hamda kengaytirish. Chet el investitsiyalarini jalb etish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish.

2.1. “Oʻzbekistonda mahalliy va xorijiy investorlar faoliyati kafolatlarini qonuniy jihatdan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish” mavzuida seminar oʻtkazish.

Seminar natijalari boʻyicha tavsiyalar berish.

2006-yilning

III choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

3. Xususiy mulk sektorini keng koʻlamda rivojlantirish, tijorat uchun qulay muhitni shakllantirish va kafolatni kuchaytirish.

3.1. Toshkent viloyatida Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Tadbirkorlarning qonuniy huquqlari himoyasini taʼminlash va biznes uchun qulay muhit yaratish – sud islohotlarini chuqurlashtirishning muhim vazifalari” mavzuida seminar oʻtkazish.

Sayyor seminar natijalari boʻyicha tavsiyalar berish.

2006-yilning

III choragi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

3.2. “Moliya bozori islohotlarini chuqurlashtirish va biznes uchun qulay muhit yaratish” mavzuida davra suhbati oʻtkazish.

Davra suhbati yakuni boʻyicha tavsiyalar berish.

2006-yilning

III choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

3.3. Qoʻmitaning sayyor majlisida Jizzax viloyatida fermyerlar tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha turli shakllarda kooperatsiyalar tashkil etishning amaliy mexanizmini yaratish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish.

Senat qoʻmitasi qarori.

2006-yilning

IV choragi

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

4. Bandlikni taʼminlash – aholi daromadini koʻpaytirish va turmush darajasini oshirishning muhim sharti.

4.1. Qoʻmita majlisida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarida aholining bandligini taʼminlash uchun shart-sharoit yaratish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish.

Senat qoʻmitasi qarori.

2006-yilning

IV choragi

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

4.2. Qoʻmitaning sayyor majlisida “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ish beruvchilar (fermyerlar) bilan ishlovchilar oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan huquqiy meʼyorlarining Toshkent viloyatida bajarilishini taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish

Senat qoʻmitasi qarori.

2006-yilning

IV choragi

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

5. Eksportni har taraflama ragʻbatlantirish hamda valyuta resurslari tejalishini taʼminlash, ulardan oqilona va samarali foydalanish.

5.1. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Kichik va xususiy biznes korxonalari mahsulotlari eksportini ragʻbatlantirish hamda valyuta resurslaridan samarali foydalanish yoʻllari” mavzuida davra suhbati oʻtkazish.

Davra suhbati natijalari boʻyicha tavsiyalar berish.

2007-yilning

I choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

6. Uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish.

6.1. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini monitoring qilish hamda uning natijalarini “Birlashgan sessiya” – majlisida muhokama qilish.

Senat qoʻmitasi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qoʻshma qarori.

2007-yilning

I choragi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi

7. Energiya resurslarini, birinchi navbatda kimyo, rangli metallurgiya, elektr energetikasi kabi koʻp energiya ishlatiladigan tarmoqlarda qattiq tejash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

7.1. “Energiya resurslarini tejash: yangi texnologiyalar, qonunchilikni takomillashtirish, energiya tejashni ragʻbatlantirish va istiqbollar” mavzuida davra suhbati oʻtkazish.

Davra suhbati natijalari boʻyicha tavsiyalar berish.

2007-yilning

II choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

8. Qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligini oshirish, qabul qilinayotgan qonunlar sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning huquqiy asoslarini shakllantirish, umumdavlat va mintaqaviy manfaatlar balansini taʼminlash.

8.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorlik harakat­larini tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorlik harakatlarini tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida Senat Kengashining qarori.

2006-yilning

I choragi

Senat rahbariyati

8.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining oʻzaro hamkorlik harakatlarini tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarini oʻtkazish.

Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari.

Har oyda

Senat rahbariyati

8.3. Mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-fevraldagi Senatning beshinchi yalpi majlisida qilgan maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalarni eʼtiborga olib, Senat qoʻmitalari faoliyatining rejalarini qayta koʻrib chiqish.

Senat qoʻmitalarining nazorat-tahliliy faoliyati va tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Senat Kengashining qarorlari.

2006-yilning

II choragi

Senat qoʻmitalari

8.4. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonunlarni Senat qoʻmitalari tomonidan oldindan koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish.

Senat Kengashining Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori.

2006-yilning

II choragi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

8.5. Bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Senat qoʻmitalarining hisobotini tinglash.

Senat Kengashining qarori.

Har chorakda

Senat qoʻmitalari

8.6. Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat idoralari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisida Adliya vazirligining hisobotini tinglash.

Senat qarori.

2006-yilning

IV choragi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

8.7. Senat qoʻmitalari bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, shuningdek xalq deputatlari Toshkent shahar va tegishli viloyat Kengashlarining qoʻshma majlislarini oʻtkazish.

1. Navoiy viloyatida “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishini oʻrganish natijalarini xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi bilan qoʻshma majlisda koʻrib chiqish. Qoʻshma qaror (Senat qoʻmitasining sayyor majlisi boʻyicha).

2006-yilning II choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi

2. Surxondaryo viloyatida BMTning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning gʻayriqonuniy aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiyasi ijrosini oʻrganish natijalarini xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi bilan qoʻshma majlisda koʻrib chiqish. Qoʻshma qaror (Senat qoʻmitasining sayyor majlisi boʻyicha).

2006-yilning

II choragi

Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi

3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishini oʻrganish natijalarini xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi bilan qoʻshma majlisda koʻrib chiqish. Qoʻshma qaror (Senat qoʻmitasining sayyor majlisi boʻyicha).

2006-yilning

III choragi

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi

4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishini oʻrganish natijalarini xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi bilan qoʻshma majlisda koʻrib chiqish. Qoʻshma qaror (Senat qoʻmitasining sayyor majlisi boʻyicha).

2006-yilning

III choragi

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi

5. Xorazm viloyatida “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishini oʻrganish natijalarini xalq deputatlari Xorazm viloyati Kenga­shi bilan qoʻshma majlisda koʻrib chiqish. Qoʻshma qar�r (Senat qoʻmitasining sayyor majlisi boʻyicha).

2007-yilning
I choragi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi

9. Senat, uning Kengashi va qoʻmitalarining nazorat qilish sohasidagi barcha shakllarining samaradorligi va taʼsirchanligini oshirish, qonunlar ijrosi ustidan monitoring olib borishni kuchaytirish.

9.1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senat (Senat Kengashi) va Senat qoʻmitalari qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqish. Nizomda quyidagilarga alohida eʼtibor berish talab etiladi:

1) mamlakat va mintaqalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda Senat qoʻmitalarining nazorat-tahlil faoliyati rejasini shakllantirish;

2) xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari vakillarini Senat qoʻmitalari tomonidan tuziladigan ishchi guruhlar ishiga jalb etish;

3) Senat qoʻmitalarining nazorat faoliyati natijalarini konfer�nsiyalar va davra suhbatlarida koʻrib chiqish va muhokama qilish;

4) joylarda ishlaydigan senatorlarning Senat qoʻmitalari faoliyatida ishtirok etishi;

5) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini ijro etishda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha hamda qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;

6) qonunlar ijrosiga toʻsiq boʻlayotgan sabablarni aniqlash;

7) qonunlarning amalda qoʻllanilmayotgan meʼyorlarini aniqlash.

Senat Kengashining Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori.

2006-yilning

II choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

9.2. Senat qoʻmitalari tomonidan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqish. Nizomda quyidagilarga alohida eʼtibor berish lozim:

1) Senat qoʻmitalari tomonidan nazorat faoliyatini amalga oshirish yuzasidan oʻtkazilgan tadbirlar davomida olingan axborotni keyinchalik amaliy jihatdan qoʻllash maqsadida Senat qoʻmitalarining bir yillik tadbirlar rejasini tuzish;

2) Senat qoʻmitalari tomonidan nazorat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oldindan muhokama qilish;

3) Senat qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda joylarda ishlovchi senatorlarning ishtirok etishi;

4) tadbirlar davomida mintaqaviy rivojlanish masalalari va mintaqaviy muammolarni koʻrib chiqish hamda muhokama qilish.

Senat Kengashining Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori.

2006-yilning

II choragi

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

9.3. Senat, Senat aʼzolari tomonidan parlament soʻrovi yoʻllash tartibi toʻgʻrisida Tavsiyalar ishlab chiqish.

Senat, Senat aʼzolari tomonidan parlament soʻrovi yoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Tavsiyalarni tasdiqlash haqida Senat Kengashining qarori.

2006-yilning

II choragi

Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

10. Senat qoʻmitalari va komissiyalarining nazorat faoliyatini amalga oshirish masalalarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorlikda ish olib borishini taʼminlash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari bilan mintaqalarni ijtimoiy-iqti�odiy rivojlantirishning muhim masalalarni hal etishdagi ishlar muvofiqlashtirilishini takomillashtirish.

10.1. Mintaqaviy rivojlanish masalalarini hal etishda Senatning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikda amalga oshirish mexanizmini yaratish zarurligini hisobga olgan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Namunaviy reglamentini ishlab chiqish. Bunda Senat qoʻmitalari va komissiyalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini taʼminlash maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor berish lozim:

1) Senat qoʻmitalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sayyor majlislari – “Birlashgan sessiya”larini oʻtkazish;

2) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari majlislarida Senat qoʻmitalarining nazorat faoliyati natijalarini muhokama qilish.

Senat Kengashining Namunaviy reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori.

2006-yilning

II choragi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

10.2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqish. Senat qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doim�y komissiyalarining mintaqalarni sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning muhim masalalarini hal etish borasidagi harakatlarini muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor beriladi:

1) Senat qoʻmitalari nazorat faoliyatini amalga oshirgan vaqtlarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining ishtirok etishi;

2) mintaqalarni rivojlantirish masalalarini hal etishda Senat qoʻmitalari bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining hamkorligi;

3) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining ishida senatorlar ishtirokining samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar.

Senat Kengashining Namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori.

2006-yilning

II choragi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

11. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari boʻlgan senatorlarning saylovchilar bilan aloqalarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.

11.1. Senat qoʻmitalari majlislarida senatorlarning saylovchilar bilan ishlash toʻgʻrisidagi hisobotini tinglash.

Senat qoʻmitasi qarori.

Har chorakda

Senat qoʻmitalari

11.2. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari boʻlgan senatorlarning saylovchilar bilan aloqasini kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish.

Senat Kengashining tavsiyalarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori.

2006-yilning

III choragi

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

11.3. Senat yalpi majlislari natijalari boʻyicha senatorlarning saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlarini oʻtkazish.

Senatorlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari.

Senatning har bir yalpi majlisidan soʻng 15 kun davomida

Senatorlar, Senat qoʻmitalari

11.4. Joylarda ishlaydigan senatorlarning saylovchilar bilan uchrashuvlar natijalari boʻyicha koʻtarilgan mintaqani rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni Senat qoʻmitalari tomonidan koʻrib chiqish.

1. Navoiy viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish. Senat qoʻmitasi va xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining qoʻshma qarori.

2006-yilning

II choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi

2. Bola huquqlari boʻyicha BMT Konvensiyasining Andijon viloyatida ijro etilishini oʻrganish natijalarini muhokama qilish.

2006-yilning

III choragi

Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi

3. 2004 – 2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy Davlat Dasturining umumtaʼlim maktablari moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga doir qismining Sirdaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish natijalarini muhokama qilish. Senat qoʻmitasi va xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining qoʻshma qarori.

2006-yilning

IV choragi

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi

4. “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Surxondaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish natijalarini muhokama qilish. Senat qoʻmitasi bilan xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining qoʻshma qarori.

2006-yilning

IV choragi

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi

5. Toshkent shahridagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish. Senat qoʻmitasi bilan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qoʻshma qarori.

2007-yilning

II choragi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi

12. Senatorlarning ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish, Senat, uning qoʻmitalari va komissiyalari ishida oshkoralik hamda ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash.

12.1. Yuqori palata ishi toʻgʻrisidagi hamma olishi mumkin boʻlgan axborotni jamlovchi Senat veb-saytini yaratish (Senat tomonidan koʻrib chiqilgan qonunlar, Senat yalpi majlisining kun tartibi, Senat va uning Kengashi qarorlari, Senatda boʻlib oʻtgan tadbirlarga doir materiallar va hokazo).

Senat rahbariyatining veb-saytni yaratish toʻgʻrisidagi farmoyishi.

2006-yilning

II choragi

Senat qoʻmitalari va Senat Devoni

12.2. Senat, uning Kengashi va qoʻmitalari hujjatlarining elektron versiyalarini elektron pochta orqali senatorlarga yuborishni tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrish.

Senat rahbariyati farmoyishi.

2006-yilning

II choragi

Senat qoʻmitalari va Senat Devoni

12.3. Parlamentning yuqori palatasi, uning qoʻmitalari va komissiyalari ishida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash maqsadida senatorlarning ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligini faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish. Bunda senatorlarning ommaviy axborot vositalarida, jumladan “Parlament soati” koʻrsatuvida chiqish boʻyicha shaxsiy ish rejasini tayyorlashga alohida eʼtibor beriladi.

Senat qoʻmitalarining ish rejalari.

2006-yilning

II choragi

Senat qoʻmitalari

13. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari doirasida parlamentlararo aloqalarni ikki tomonlama va koʻp tomonlama asoslarda rivojlantirish.

13.1. Boshqa mamlakatlar parlamentlari aʼzolari bilan ikki va koʻp tomonlama asosda oʻzaro hamkorlikni chuqurlashtirish, Oliy Majlis va ushbu mamlakatlar parlamentlari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlament guruhlarini tuzish.

Uchrashuvlar, oʻzaro delegatsiyalar almashish.

2006-yil

davomida

Senat Kengashi

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 4-son, 213-modda)