25.02.2006 yildagi 157-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2005-yilgi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2005-yilgi faoliyat toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2005-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati ikki palatali parlamentning vujudga kelishi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ilgari surilgan jamiyatni yanada demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh etish hamda modernizatsiyalash konsepsiyasini roʻyobga chiqarish sharoitlarida amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularga rioya etilishi monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyati qabul qilinayotgan qonun loyihalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish yuzasidan Oliy Majlisga takliflar kiritish yoʻli bilan mintaqalarda inson huquqlarini taʼminlashning ahvoli haqidagi axborotni oʻrganish, fuqarolarning murojaatlarini tahlil qilish asosida amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi, “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini va boshqa qonun loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdim etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Inson huquqlari boʻyicha vakil parlament qoʻmitalari bilan inson huquqlari sohasida axborot almashish, qonun loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish, nazorat faoliyatini olib borishda hamkorlik qilish hamda inson huquqlari sohasiga doir tadbirlarda ishtirok etishga qaratilgan oʻzaro hamkorlikning mavjud shakllarini rivojlantirib bordi. Hisobot yilida Ombudsmanning Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, budjet va iqtisodiy islohotlar, mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitalari bilan hamkorligi faollashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorligi inson huquqlariga rioya etilishi sohasidagi nazorat faoliyatini takomillashtirishga qaratildi va inson huquqlari sohasida axborotlar, materiallar almashish, Senat qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va seminarlar ishida qatnashish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ayniqsa, Senatning tashqi siyosat masalalari, qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitalari bilan hamkorlik samarali boʻldi. Ombudsman bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning kengaytirilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslarning inson huquqlariga rioya etishi ustidan nazoratni kuchaytirish, inson huquqlari buzilishi sabablarini bartaraf etish, qonun ustuvorligi prinsipiga soʻzsiz rioya qilinishi tizimini tatbiq etishga koʻmaklashish imkoniyatini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha shikoyatlar sonining koʻpayishi, shuningdek ularni koʻrib chiqish jarayonida mazkur sohadagi qonun hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan aniqlangan muammolar Toshkent shahrida uy-joy mulkdorlarining huquqlarini taʼminlanishi monitoringini oʻtkazish uchun asos boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman tomonidan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida oʻtkazilgan monitoring tadqiqoti uy-joy mulkdorlari shirkatlari samarasiz faoliyatining uy-joy mulkdorlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishidagi taʼsirini aniqlashga qaratildi. Monitoring vazifalariga uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatining ish sharoitlarini oʻrganish, shirkatga birlashgan turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar, imoratlar, binolarning saqlanishini, lozim darajadagi texnik va sanitariya holatini tekshirish, shirkatlarda koʻp qavatli uylarni boshqarish yuzasidan, shuningdek ekspluatatsiya, avariya-taʼmir va servis xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar bilan oʻzaro munosabatlarda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash masalalari kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring jarayonida ishchi guruh vakillari qator uy-joy mulkdorlari shirkatlarining hokimliklar, kommunal-taʼmirlash-avariya tiklash xizmati va “Mahalla” jamgʻarmasi vakillari bilan birgalikda oʻtkazilgan umumiy yigʻilishlarida ishtirok etdilar. Monitoring natijalarining tahlili uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasidagi islohotlarning samarasi koʻp jihatdan belgilangan huquqiy normalarga ogʻishmay rioya qilinishiga bogʻliq ekanligidan guvohlik beradi. Monitoring natijalari uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni amalga oshirishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyatini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash boʻyicha faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq, Ombudsman tomonidan olingan 6142 ta murojaatdan (ulardan 1004 tasi takroriy) 1754 tasi koʻrib chiqildi hamda nazoratga olindi; 1184 nafar arizachiga ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning vosita va shakllari tushuntirildi; 2243 ta shikoyat mazmunan hal etish uchun vakolatli tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborildi; 292 tasi koʻrib chiqmaslik sababi koʻrsatilgan holda rad etildi; 669 tasi ilgari kelgan shikoyatlarga qoʻshib qoʻyildi. Hisobot yilida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga pochta orqali 3672 ta, qabul chogʻida 2470 ta murojaat kelib tushdi. Bundan tashqari “ishonch telefoni” orqali 3000 nafardan ortiq fuqaroga yuridik maslahat va tushuntirishlar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratga olingan murojaatlarning 240 tasi hisobot davrida ijobiy hal etildi, 389 tasi esa koʻrib chiqilmoqda. Ombudsman tomonidan 30 ta shaxsiy qabul oʻtkazildi, ularda 449 nafar fuqaro qabul qilindi va 181 ta murojaat nazoratga olindi. Hisobot davrida Vakil tomonidan 16 ta xulosa tayyorlandi, ulardan 4 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudiga, 1 tasi Toshkent viloyat hokimligiga joʻnatildi, qolganlari koʻrib chiqish bosqichlarida turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari asosan Toshkent shahridan, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida mamlakatning turli mintaqalarida sayyor qabullar oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻtgan yili Andijon, Namangan, Fargʻona, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida shunday qabullar tashkil etildi. Tashriflar mobaynida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida inson huquqlarini taʼminlash, mintaqaviy vakillar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyatlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etildi, mintaqaviy vakillar huzuridagi ekspert guruhlari aʼzolari, shuningdek mahallalarda fuqarolar bilan suhbatlar oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar murojaatlarida koʻtarilgan dolzarb muammolar ichida 316 tasi mehnat huquqining buzilishi, 518 tasi uy-joy qonunchiligining buzilishi, 214 tasi fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va ijtimoiy taʼminotining buzilishi, 22 tasi ichki ishlar organlari faoliyati ustidan shikoyatlar, 574 tasi jinoiy ishlar boʻyicha sud qarorlari ustidan shikoyatlar bilan bogʻliq masalalardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz fuqarolari tomonidan yuborilgan shikoyatlardan tashqari, MDH davlatlaridan 29 ta, shu jumladan Rossiya Federatsiyasidan 18 ta, Ukrainadan 5 ta, Qirgʻizistondan 4 ta, Tojikiston va Qozogʻistondan bittadan murojaat tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri mobaynida Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar tahlili Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlarining buzilishiga olib keluvchi quyidagi sabablarini aniqlash imkonini berdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi tuzilmalar va mansabdor shaxslarning inson huquqlarini taʼminlash yuzasidan bevosita vazifalarini bajarishlari ustidan yuqori organlar idoraviy nazoratining samarasizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining, xususan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatining shaffofligi taʼminlanmaganligi, bunday holatlar turli toifadagi inson huquqlarini taʼminlash va amalga oshirishda belgilangan meʼyor hamda qoidalardan chetga chiqishga olib kelayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlarini cheklovchi dastlabki tergov organlarining xatti-harakatlari hamda qarorlarining qonuniyligi ustidan sud va maʼmuriy nazoratni amalga oshirishning zaruriy tashkiliy-huquqiy shakllari sustkashlik bilan tatbiq etilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar ayrim xodimlarining, mahalliy hokimiyat organlari, turli tashkilotlar va muassasalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ayrim rahbarlarining malakasi yetarli emasligi, kasbiy dunyoqarashi torligi, baʼzan esa ulardagi huquqiy nigilizm, beparvolik, sansalorlik hamda javobgarlikni his qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqiy maʼrifati va qonunga boʻysunish darajasini oshirish maqsadida aholi turli toifalarining huquqiy taʼlim tizimini yaratish sohasida davlat organlari va jamoat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mexanizm mavjud emasligi yoki uning kuchsizligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga fuqarolarning Vakilga murojaat qilganidan soʻng mahalliy hokimiyat organlari baʼzi mansabdor shaxslari tomonidan taʼqib etilayotgani va siquvga olinayotgani masalalariga doir murojaatlari koʻpayganligiga ham alohida eʼtibor qaratish darkor. Shu munosabat bilan Vakilning aralashuvi har doim ham samarali boʻlavermaydi va tashkiliy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman ishiga uning mintaqaviy vakillari sezilarli darajada yordam koʻrsatishmoqda. Ombudsman mintaqaviy vakilining asosiy faoliyat shakllaridan biri fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashdan iborat. Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolarning 1300 taga yaqin murojaati koʻrib chiqildi, koʻp hollarda fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi, murojaat qiluvchilarga ularning huquqlarini himoya qilishning usul va vositalari tushuntirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish lozimki, qator mintaqalarda xususan, Toshkent shahrida, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolarning mintaqaviy vakillarga murojaatlarining oʻsishi tamoyili kuzatildi. Ayrim mintaqalarda (Fargʻona, Surxondaryo viloyatlarida) esa fuqarolar murojaatlarining kamayish tamoyili kuzatildiki, bu holat mintaqaviy vakillar faoliyatining tashkiliy-resurslar taʼminoti masalalari bilan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari 2005-yilda Ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga shikoyatlarni hal etish, nazorat funksiyalarini amalga oshirish, tekshiruvlar oʻtkazish hamda inson huquqlariga rioya etilishi toʻgʻrisida obyektiv axborotlar olish uchun fuqarolarning muayyan shikoyatlari boʻyicha 237 ta topshiriq berildi. Hisobot yili davomida ulardan 67 tasi ijobiy hal etildi, 106 tasi nazoratda turibdi, qolgan holatlar boʻyicha esa shikoyatlarda koʻrsatilgan asoslar tasdiqlanmadi, murojaat qiluvchilarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning tartibi hamda vositalari tushuntirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatida, sud majlislarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish, fuqarolar bilan joylarda uchrashuvlar oʻtkazish, aniq dalillar boʻyicha penitensiar tizim muassasalariga tashriflar uyushtirish kabi faoliyat yuritishning yangi shakllari paydo boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan ichki ishlar, adliya va sogʻliqni saqlash viloyat boshqarmalari bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar tuzildi. Hamkorlikdagi faoliyat rejalari ishlab chiqildi, ishchi guruhlar tashkil etildi, fuqarolardan tushayotgan shikoyatlarni samarali hal etish, inson huquqlari sohasida axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish yuzasidan ishlar davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis etilgan paytdan boshlab mintaqaviy vakillar Ombudsmanning xalqaro hamkorligida faol ishtirok etmoqdalar. Hisobot yilida Ombudsmanning Namangan viloyati boʻyicha vakili va Toshkent shahri boʻyicha vakilning ekspert guruhi aʼzosi BMT Taraqqiyot Dasturi mintaqaviy idorasi tomonidan tashkil etilgan Yevropa va MDH ombudsmanlarining davra suhbatlarida ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman institutining parlament tuzilmalari bilan avval yoʻlga qoʻyilgan oʻzaro hamkorligi mustahkamlandi va qator mintaqaviy vakillar parlament palatalari qoʻmitalarining nazorat faoliyatini amalga oshirishda faol hamkorlik qildilar. Ombudsmanning Qashqadaryo viloyati boʻyicha vakili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitalari tomonidan oʻtkazilgan BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi hamda “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga rioya qilinishi masalasini oʻrganishda ishtirok etdi. Ombudsmanning Buxoro viloyati boʻyicha vakili advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining nazorat faoliyatida ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Inson huquqlari sohasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning buzilgan huquqlarini samarali tiklash maqsadida Vakil sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar hamda idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilmoqda. Hisobot yilida Ombudsman ikkita vazirlik – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar imzoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilda Ombudsman Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan hamkorlikni davom ettirdi. Inson huquqlari sohasida bir qancha qoʻshma tadbirlar, shu jumladan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, erkinlashtirish va konstitutsiyaviy odil sudlovni takomillashtirish masalalari”, Oʻzbekistonda parlament Ombudsmani instituti tashkil etilganligining 10 yilligiga bagʻishlangan “Ombudsmanning inson huquqlariga rioya etilishini va ularning himoya qilinishini taʼminlash sohasida davlat organlari va nodavlat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligining dolzarb masalalari” mavzularida konferensiyalar, “Inson huquqlarini himoya qilish – prokuratura organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishi” mavzusida seminar oʻtkazildi. Vakil Oʻzbekiston Kasaba uyushmalarining IV Qurultoyi, shuningdek milliy sheriklarning kollegial organlari ishida ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili doimiy sheriklar – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan faol hamkorlik aloqalarini davom ettirdi. Bu hamkorlik inson huquqlariga rioya etilishining dolzarb masalalari, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish muammolarini muhokama qilish yuzasidan konferensiya va seminarlar tashkil etilishida, fuqarolar orasida sotsiologik soʻrovlar oʻtkazilishida oʻz ifodasini topdi. Bundan tashqari, Ombudsman Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining muhokamasida ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsman bilan quyidagi nodavlat va notijorat tashkilotlari – Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla”, “Ekosan” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi, Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi, Demokratiya va inson huquqlari instituti, Inson huquqlari va gumanitar huquqni oʻrganish markazi va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari samarali hamkorlik qildilar. Ombudsman instituti ushbu tashkilotlarning inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilishga bagʻishlangan tadbirlarida muntazam ishtirok etdi. Hisobot yili mobaynida nohukumat tashkilotlarining vakillari joylarda inson huquqlariga rioya etish boʻyicha monitoringni oʻtkazishda ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki palatali parlament ish olib borishi sharoitida mamlakatimizda siyosiy partiyalarning roli va faoliyati sezilarli darajada faollashdi. Hisobot yilida Ombudsman instituti qator siyosiy partiyalar bilan oʻzaro munosabatlarni yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan tashkil etilgan bir qancha tadbirlarda ishtirok etdi. Bundan tashqari, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining huquqiy asoslari” mavzusidagi mintaqaviy seminarlari ishida maʼruzalar bilan ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Inson huquqlari sohasidagi axborot-maʼrifiy faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi huquqiy maʼrifatga koʻmaklashishdan iborat boʻlib, ushbu faoliyat inson huquqlari boʻyicha axborot-maʼrifiy tadbirlarni tashkil qilish va ularda ishtirok etish, maʼlumotlarni nashr etish va tarqatish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni uyushtirish yoʻli bilan amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Vakil va uning Kotibiyati hodimlari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining oʻquv markazlarida, Toshkent shahar “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida davlat organlari, kasaba uyushmalari xodimlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning jamoalari bilan inson huquqlari masalalari hamda ularni himoya qilish usullarini oʻrgatish maqsadida nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman xodimlari va xorijiy hamkorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Qonuniylikni mustahkamlash va prokuratura-tergov xodimlarining malakasini oshirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi, “Ipoteka-bank” va “Oʻzsanoatqurilishbank”, ichki ishlar, sogʻliqni saqlash, mudofaa vazirliklarida, shuningdek oʻquv muassasalari, korxonalar va mahallalarda maʼruzalar bilan chiqishlari muntazam xususiyat kasb etdi va bunda Ombudsman hamda Oʻzbekiston parlamenti faoliyati toʻgʻrisida axborot berib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yili Ombudsman hamda uning vakillari inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashning dolzarb masalalariga bagʻishlangan 50 ga yaqin konferensiya, seminar, davra suhbatlari ishida ishtirok etdilar. Parlament palatalarining qoʻmitalari, yuqori sud va huquqni muhofaza qilish organlari, vazirliklar, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirlar davlat organlari ishini takomillashtirishga, davlat tuzilmalari, sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining oshkoraligini taʼminlashga, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada rivojlantirishga, sud-huquq islohotlari hamda inson huquqlarini taʼminlashning dolzarb muammolarini muhokama qilishga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman ommaviy axborot vositalari bilan faol hamkorlik qildi. Oʻtgan davrda respublika, viloyatlar, tumanlar gazetalarida, radio va televideniye orqali Vakil faoliyatiga oid 100 ga yaqin maqola va eshittirishlar berib borildi. Oʻtgan davrda Ombudsmanning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati toʻgʻrisidagi axborot Internet tarmogʻi saytlarida doimiy ravishda joylashtirib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali ishida Ombudsmanning hammuassis sifatida faol ishtirok etishi koʻzda tutildi. Shu maqsadda Ombudsman instituti jurnalning yangi konsepsiyasi va taʼsis hujjatlarini tayyorlashda qatnashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi quyidagi asosiy vazifalari belgilab olingan edi: xalqaro inson huquqlarini himoya qilish faoliyatida hamda Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini chet elda himoya qilishda Ombudsman ishtirokini kengaytirish; xorijiy sheriklar bilan oʻzaro hamkorlik samaradorligini oshirish; inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatidan, jumladan Ombudsmanning fuqarolarning huquqlari himoyasini taʼminlash borasidagi faoliyatidan xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish; chet mamlakatlar ombudsmanlari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalari hamda chet ellik fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashga koʻmak berish borasidagi murojaatlarini koʻrib chiqish; xalqaro miqyosda Ombudsman manfaatlari samarali ifodalanishini taʼminlash; inson huquqlari masalalari boʻyicha xalqaro tajribani yigʻish, tahlil qilish, qoʻllash va tarqatish borasidagi faoliyatini takomillashtirish; zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Ombudsmanning xalqaro aloqalari axborot-tahliliy va uslubiy taʼminlanishini yaxshilash shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan chet davlatlar va xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan 20 ta qabul oʻtkazildi. Isroil Knesseti, Koreya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Germaniya Federal hukumatining Rossiya hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha Vakili, Konrad Adenaur nomidagi fondning rasmiy delegatsiyalari, shuningdek EXHT Bosh kotibi, AQSh, Slovakiya, Polsha va Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchilari, Toshkentdagi EXHT Markazi boshligʻi, BMT Taraqqiyot Dasturi vakolatxonasi, Avstraliya elchixonasi, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi, YuSAID, London Universiteti vakillari va boshqalar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻtgan davrda Xalqaro va Yevropa ombudsman institutlari doirasida hamkorlik rivojlandi, chet mamlakatlar ombudsmanlari va inson huquqlari boʻyicha institutlari (Polsha inson huquqlari boʻyicha Vakili, Shvetsiya Parlamenti Ombudsmani, Ozarbayjonning inson huquqlari boʻyicha Vakili, Latviyaning inson huquqlari boʻyicha Davlat byurosi, Rossiya Federatsiyasining inson huquqlari boʻyicha Vakili, Slovakiya inson huquqlari Ommaviy himoyachisi) bilan oʻzaro hamkorlik davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakilga xorijiy hamkasblaridan insonning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashga koʻmaklashish masalalari yuzasidan 20 dan ortiq murojaat va soʻrovnoma tushdi, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Ukraina Oliy Radasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Sverdlovsk, Volgograd viloyatlarining inson huquqlari boʻyicha vakillaridan, Qozogʻiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari boʻyicha komissiyadan, Qirgʻiziston Ombudsmenidan, Rossiya, Qirgʻiziston va Tojikiston fuqarolaridan tushgan murojaatlar shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, oʻtgan yil davomida Ombudsmanga inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlardan va ularning aʼzolaridan oʻlim jazosining bekor qilinishi, Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan chiqarilgan sud hukmlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlaridan noroziliklar xususida 330 ta murojaat kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsman Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi Xalqaro paktning bajarilishi boʻyicha Milliy maʼruza loyihasini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazishda, BMTning inson huquqlari boʻyicha Komissiyasi va shartnomaviy qoʻmitalarining savolnomalariga javoblar tayyorlashda ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari xorijda oʻtkazilgan konferensiyalar, seminarlar, treninglarda maʼruzalar bilan ishtirok etishiga, mamlakatimiz mintaqalariga tashrif buyurgan xalqaro va xorijiy tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv va suhbatlarni tashkil etish yoʻli bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishiga katta eʼtibor berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahonning turli mamlakatlaridagi ombudsman institutlarining faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Vakil instituti tomonidan axborot-maʼrifiy tusdagi “Jahon ombudsmanlari” deb nomlangan maxsus toʻplam tayyorlandi. Unga Polsha, Belgiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Niderlandiya, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Ozarbayjon, Estoniya ombudsmanlari, ixtisoslashgan ombudsmanlar oʻz maqolalarini yuborishdi. Ushbu kitob talabalar, oʻquv yurtlar oʻqituvchilari, ilmiy xodimlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari, advokatlar, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning faollari, shuningdek keng doiradagi kitobxonlar uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilda Oʻzbekiston Ombudsmanining faoliyati toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilikni tezkor xabardor qilish maqsadida axborot agentliklari, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar saytlarida, ombudsman tashkilotlarining yangiliklar sahifalarida axborot va maʼlumotlarni joylashtirish ishlari davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament ombudsman institutining hisobot davridagi butun faoliyati mamlakatimizda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan davlat siyosati rejali ravishda amalga oshirilayotganini koʻrsatdi. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda faol ishtirok etayotgan demokratik institutlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻz ish uslubi hamda shakllarini davlat va jamiyat qurilishi voqeliklariga muvofiq hozirjavoblik bilan tartibga sola borib, bu jarayonga davlat organlari hamda jamoat sektori jumlasidan milliy hamkorlarni jalb etgan holda, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimida oʻz oʻrnini egalladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, parlament ombudsmani faoliyatining barqarorligini va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalar yanada toʻlaroq roʻyobga chiqarilishini taʼminlash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarurdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlarini ularga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning mintaqaviy vakillarining faoliyatini taʼminlashni takomillashtirish toʻgʻrisida Hukumat qarorini qabul qilish.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 2-son, 91-modda)