Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 23-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1723-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 1-martdagi 58-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-may,
77-N-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 77-N-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. 14 va 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Fuqaro havo kemalarini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyxatga olish hamda ularning roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 1-martdagi 58-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemasining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Fuqaro havo kemasini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyxatga olish paytida Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 1-martdagi 58-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemasining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan havo kemasiga shu havo kemasida qayd etiladigan roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi beriladi.”.
3. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 1-martdagi 58-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq beriladi.”.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2016-yil 20-may
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori V. ChUB
2016-yil 20-may
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
2016-yil 20-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 243-modda)