Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2006-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2006-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2006-yil 11-yanvar,
129-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2006-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati
REJASI
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Buxoro va Navoiy viloyatlarida ijro etilishi haqida.
| |
Birinchi yarim yillik | |
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti loyihasi yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi tomonidan ijro etilishi haqida.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.
| |
Birinchi yarim yillik | |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2005-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida ijro etilishi haqida.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining rezervdagi va zaxiradagi ofitsyerlar tayyorlashga doir qismining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻquv yurtlarida ijro etilishi haqida.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan ijro etilishi haqida.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
Giyovandlik vositalari va psixotrop moddalarni gʻayriqonuniy ravishda muomalaga kiritishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi BMT Konvensiyasining Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ijro etilishi haqida.
| |
Birinchi yarim yillik | |
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi BMT Konvensiyasining Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida ijro etilishi haqida.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2005-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
| |
Birinchi yarim yillik | |
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining shirkat xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklariga aylantirishga doir qismining Toshkent, Fargʻona va Andijon viloyatlarida ijro etilishi haqida.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Veterinariya toʻgʻrisida”gi va “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 1-son, 37-modda)