19.09.2007 yildagi 397-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining qoʻshma majlisidagi “Oʻzbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli” maʼruzasi qoidalari hamda xulosalaridan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Senat Raisi I. Sobirovning mamlakat Prezidenti Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining qoʻshma majlisidagi “Oʻzbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli” maʼruzasi qoidalari hamda xulosalaridan kelib chiqadigan vazifalar toʻgʻrisidagi axborotini tinglab va muhokama etib, shuni taʼkidlaydiki, davlatimiz rahbarining maʼruzasi mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ulkan ahamiyatga ega boʻlgan voqea, bagʻoyat muhim nazariy va amaliy ahamiyatga molik hujjat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzada taʼkidlab oʻtilganidek, mustaqillik yillaridagi islohot va oʻzgarishlarning birinchi hamda ikkinchi bosqichi mobaynida milliy davlatchilikni qaror toptirish va mustahkamlash ishida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda, demokratiya institutlarini shakllantirish hamda xalq farovonligini oshirishda tarixiy koʻlam kasb etuvchi natijalarga erishildi. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati hamda samaradorligini belgilovchi bosqichma-bosqich isloh etishning beshta prinsipi konseptual asos boʻlgan, Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan davlat strategiyasi ichki va tashqi siyosatni izchillik bilan olib borishda, mamlakat qatʼiy va barqaror ravnaq topishini taʼminlashda alohida rol oʻynadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shuning sharofati bilan, tarixan qisqa muddat ichida suveren Oʻzbekiston davlatchiligini barpo etishning huquqiy bazasi yaratildi hamda uni mustahkamlash yuzasidan institutsiyaviy xususiyatdagi tadbirlar amalga oshirildi. Iqtisodiyotda muhim tarkibiy-tuzilmaviy oʻzgarishlar qilindi, uning xomashyo tayyorlashga yoʻnaltirilganligi bartaraf etildi, aholining real ehtiyojlari bosqichma-bosqich qanoatlantirilmoqda. Oʻzbekistonda barqarorlik va xavfsizlik, qatʼiy huquq-tartibot, fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari himoya qilinishi taʼmin etildi. Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan zamonaviy demokratik jamiyatning bunyodkorlari etib tarbiyalash hamda maʼnaviy barkamol yangi avlod kadrlarini tayyorlash mamlakatimizda ustuvor yoʻnalish kasb etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida sud-huquq tizimi chuqur isloh qilindi va erkinlashtirildi. Xususan, sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi oʻzlariga xos boʻlmagan vazifalardan xoli qilindi, sudlarning ixtisoslashuvi taʼminlandi, jinoiy jazo tizimini erkinlashtirishga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 1-yanvardan eʼtiboran mamlakatda oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuraturadan sudlarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi 2007-yilda qabul qilingan qonunlari butun jahonda ulkan aks-sado berdi. Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga oʻtkazilishi sud hokimiyatining nufuzini oshirish va mustaqilligini mustahkamlash, insonning ozodlikka boʻlgan konstitutsiyaviy huquqi ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butun dunyoda keng joriy etilgan xususiy fermer xoʻjaliklarining mamlakatimizda ham tashkil topganligi qishloq xoʻjaligi tizimidagi islohotlar samarasi boʻlib, endilikda ular amalda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga aylandi. Qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilarini tashkil etish va ragʻbatlantirishning sifat jihatdan yangi prinsiplariga asoslangan bozor infratuzilmasi amalda yangitdan barpo etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda kichik va xususiy biznes bozorlarimizni zarur tovarlar va xizmatlar bilan toʻldirish, aholi daromadi va farovonligini oshirishning asosiy manbai boʻlib qoldi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini shakllantirish, davlatning nazorat va boshqaruv vakolatini keskin kamaytirish, uning korxonalar xoʻjalik faoliyatiga aralashuvini cheklash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiq-gʻovlarni bartaraf etish singari tadbirkorlikni rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatgan chora-tadbirlarni alohida taʼkidlab oʻtish oʻrinlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan ikki palatali parlamentning shakllantirilishi mustaqillik yillarida demokratik taraqqiyotning muhim bosqichlaridan biri boʻldi. U Oʻzbekiston davlatchiligini mustahkamlashga, hokimiyatning qonun chiqaruvchi tarmogʻini kuchaytirish hamda konstitutsiyaviy vakolatlarini kengaytirishga yordam qildi. Natijada hokimiyat tarmoqlari — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati oʻrtasida oʻzaro bir-birini tiyish va muvozanatni saqlash mexanizmi anchagina takomillashtirilishiga erishildi, mintaqalarning demokratik vakilligi doirasi kengaydi, qonun ijodkorligi jarayoni sifati oshdi, professional parlamentga oʻtish taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Prezident Islom Karimovning maʼruzasida mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash, demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy oʻzgarishlar yoʻli bundan buyon ham izchil davom ettirilishi va teranlashib borishini taʼminlash, jamiyatda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, tinchliksevar tashqi siyosat olib borish va jahon xoʻjalik aloqalariga qoʻshilish bilan bogʻliq ishlardagi strategik vazifalar belgilab berilganligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, Senat qoʻmitalari hamda senatorlar bevosita va faol rol oʻynamogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining qoʻshma majlisidagi “Oʻzbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli” maʼruzasidagi qoidalar va xulosalarni toʻla maʼqullagan holda ular Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining, Senat qoʻmitalari va har bir senatorning kelgusi faoliyati uchun asos qilib olinishi zarur deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Oʻzbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli” maʼruzasida belgilab berilgan qoida va xulosalarni, mamlakatni yanada rivojlantirishning strategik vazifalarini aholi oʻrtasida keng koʻlamda tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mamlakat Prezidenti Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining qoʻshma majlisidagi “Oʻzbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli” maʼruzasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi navbatdagi chora-tadbirlari dasturi* tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Dastur berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan birgalikda mamlakat Prezidenti Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining qoʻshma majlisidagi “Oʻzbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli” maʼruzasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan 2007-yilning noyabr-dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitalarining hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalarining raislari uchun oʻquv kurslari tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 9-son, 467-modda)