Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2017 11.04.1995 yildagi PF-1096-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2017
Hujjat 12.04.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini taʼminlash va eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu narsa qayd etib oʻtilsinki, qabul qilingan qarorlarga qaramay, tashqi iqtisodiy faoliyatda turli bahonalar barter (mavoza) operatsiyalari hamon amalga oshirilayapti, ular boʻyicha nomutanosib tarzdagi ayirboshlash hollari mavjud boʻlib, soliqlarning oʻz vaqtida va toʻla hajmda kelib hamda valyuta daromadining bir qismini majburiy ravishda sotish taʼminlanmayapti. Shu munosabat bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin), Prokuratura (Mustafoyev) 1994-yil hamda 1995-yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra ushbu masala boʻyicha ishlarning ahvolini tahlil etsinlar va “Barter (mavoza) asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalaridagi buzgʻunchiliklar va suiisteʼmollarni bartaraf etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 9-iyuldagi Farmonini buzganlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqorida aytilgan Farmonning 2-bandiga qoʻshimcha qilib shu narsa belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ruxsati bilan istisno tarzidagi barter (mavoza) boʻyicha eksport-import operatsiyalariga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Barter operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida soliq solish maqsadlarida mahsulot joʻnatilgan kunni mahsulot (ishlar xizmatlar) realizatsiya qilingan payt deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, barcha eksport va barter shartlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida va vakil qilingan banklarda qayd etilgan shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda Bosh bojxona boshqarmasida hisobga olinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Valyuta daromadining bir qismini majburiy sotish va belgilangan tartib buzilgan hollarda soliq organlari aybdorlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda moliyaviy jazo choralari hamda maʼmuriy jarimalarni qoʻllasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida Davlat soliq qoʻmitasining, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining, vakil qilingan banklarning rahbarlari ogohlantirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Farmon eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 11-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1096-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 5-son, 81-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 3-modda; 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2011-y., 43-44-son, 461-modda; 2014-y., 28-son, 336-modda; 2017-y., 1-son, 4-modda)