09.07.1993 yildagi PF-616-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BARTER ASOSIDA AMALGA OSHIRILADIGAN EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI BOʻYICHA TARTIB BUZILISHLARI VA SUIISTEʼMOLLIKLARGA CHEK QOʻYISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon bozoridagi ahvolni oʻrganish va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi roʻyxatga olgan amaldagi barter shartnomalarini tahlil qilish tovar ayirboshlash operatsiyalari asosida yetkazib berilayotgan va xarid qilinayotgan tovarlarning qiymat jihatdan tengligi qoʻpol ravishda buzilayotganligidan dalolat beradi. Koʻpgina hollarda Oʻzbekistondan yetkazilib berilayotgan strategik mahsulot va xomashyo: paxta tolasi, rangli metallar, azot va fosfat oʻgʻitlarining narxi yashirincha arzonlashtirilganligi hisobiga respublikaga gilamlar, sigaretalar, spirtli ichimliklar va shu singari mollar oshirilgan narxda olib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday barter operatsiyalarini amalga oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining manfaatdorligi ularning soliqlarni toʻlashdan oʻzlarini chetga olish, baʼzan valyutada olingan foydaning bir qismini yashirish, jumladan qonunni buzib, Oʻzbekiston iqtisodiyoti, korxona va xoʻjalik mehnat jamoasining manfaatlariga ziyon yetkazgan holda eng koʻp foyda olish istagi bilan ham ragʻbatlantirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bularning hammasi Oʻzbekistonning eksport xomashyo zaxiralaridan nooqilona foydalanishiga, tashqi bozorlarda ularning narxi keskin pasayishiga, respublikaga valyuta tushumlari cheklanishiga va jiddiy suiisteʼmolliklarga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1993-yilning 16-iyulidan valyutasiz asosda eksport-import barter operatsiyalarini amalga oshirish uchun shartnomalar tuzish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, barter asosida eksport-import operatsiyalari Vazirlar Mahkamasining qarorlariga koʻra hukumatlararo bitimlar doirasida amalga oshirilishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-apreldagi PF-105-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 06/22/105/0304-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-oktabrdagi PF-4374-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 43-44-son, 461-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddat ichida barter operatsiyalari boʻyicha respublikaga olib kelinadigan tovarlar va mahsulot roʻyxatini aniqlasin. Ular yuzasidan shartnomalar tuzish tartibini va bajarilishi boʻyicha nazoratni belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun ichida amaldagi barter shartnomalarini tugallash tartibini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddat davomida hukumatning ilgari qabul qilingan qarorlarini ushbu Farmonga muvofiqlashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rahbarlari mazkur Farmon qoidalari ogʻishmay bajarilishini taʼminlovchi zarur choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-616-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 06/22/105/0304-son)