Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruhning 2007-2008-yillar va 2009-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisidagi dasturiy nutqida umumdavlat manfaatlari bilan mintaqaviy manfaatlarning mutanosibligiga erishish, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish uchun yuqori palataning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, shuningdek ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorligini tubdan yaxshilash yuzasidan ilgari surilgan vazifalarni bajarish maqsadida Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh tashkil etilgan edi.
Ushbu Guruh 2007-2008-yillar va 2009-yilning oʻtgan davrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2006-yil 24-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor”, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Devonining Oʻzbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bagʻishlangan qoʻshma majlisidagi “Oʻzbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli” degan maʼruzalarida ilgari surilgan ustuvor vazifalarni hal etish yuzasidan muayyan ishlarni amalga oshirdi.
Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh tomonidan xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat, shuningdek Toshkent shahar Kengashlarining 2005-2006-yillardagi, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 2005 — 2007-yillardagi, Andijon, Namangan, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining 2005 — 2007-yillar va 2008-yilning oʻtgan davridagi, shuningdek Samarqand, Navoiy, Xorazm viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 2005 — 2008-yillardagi faoliyati oʻrganib chiqildi.
Umuman Guruh tomonidan oʻtgan davr mobaynida 213 ta xalq deputatlari mahalliy Kengashining (199 ta tuman va shahar Kengashining, 12 ta viloyat, Toshkent shahar Kengashining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining) faoliyati oʻrganib chiqilib, ularga amaliy yordam berildi.
Oʻrganish natijalari umuman xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatida barcha mintaqalar uchun mushtarak boʻlgan quyidagi kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi:
viloyat, tuman va shaharlar hokimlari nafaqat ijro etuvchi hokimiyat rahbari, balki ayni bir vaqtda vakillik hokimiyati rahbari – xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining raisi ekanliklariga talab darajasida eʼtibor bermayotirlar;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi ish yuritishning ahvoli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan belgilab qoʻyilgan talablarga mos kelmaydi;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining ish rejalarini tayyorlashga rasmiyatchilik bilan yondashish hollari mavjud. Ish rejalarida mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor masalalari yetarlicha aks ettirilmagan;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tinglash tartib-taomiliga, shu tadbir yakunlari boʻyicha muayyan shaxs yoki tuzilmaning faoliyatini munosib baholashga talab darajasida eʼtibor bermayotirlar;
fuqarolarning murojaatlariga loqaydlik bilan qarash hollari mavjud;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining ommaviy axborot vositalari bilan olib borayotgan ishlari yetarli emas;
tuman hokimliklari binolarida deputatlarga ajratib berilgan maxsus xonalar talablarga toʻliq javob bermaydi, ayrim tumanlarda bunday xonalar umuman ajratilmagan;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida (mahalla fuqarolari yigʻinlarida) mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunlarni, shuningdek fuqarolarga bevosita aloqador normativ-huquqiy hujjatlarni toʻplab borishning markazlashtirilgan mexanizmi yoʻq;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan qabul qilingan ish rejalari, qarorlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining muayyan Kengashga, uning doimiy komissiyalariga taalluqli qarorlari bajarilishini nazorat qilishni taʼminlashda jiddiy kamchiliklar mavjud.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha 2007-yil 23-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat Kengashlarining 2005 — 2006-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida”gi 368-I-sonli, 2008-yil 31-yanvarda “Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida”gi 442-I-sonli tegishli qarorlari, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini yaxshilash yuzasidan Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh va xalq deputatlari Fargʻona viloyat (2008-yil 10-dekabrdagi), Andijon viloyat (2008-yil 11-dekabrdagi), Namangan viloyat (2008-yil 12-dekabrdagi) Kengashlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining (2008-yil 19-dekabrdagi), shuningdek xalq deputatlari Surxondaryo viloyat (2008-yil 20-dekabrdagi), Navoiy viloyat (2009-yil 28-fevraldagi), Xorazm viloyat (2009-yil 3-martdagi), Samarqand viloyat (2009-yil 5-martdagi) Kengashlarining qoʻshma qarorlari qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan birgalikda 2007-yil noyabr-dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitalarining, viloyatlardagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va Toshkent shahar Kengashi doimiy komissiyalarining raislari uchun maxsus kurslar tashkil etilib, ularda 153 nafar kishi oʻqib chiqdi va sertifikat oldi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijro etilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-fevralda boʻlib oʻtgan, 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi “Inson manfaatlari ustuvorligini taʼminlash – barcha islohot va oʻzgarishlarimizning bosh maqsadidir” degan maʼruzasida ilgari surilgan vazifalar, shuningdek Senatning hamda Senat qoʻmitalarining qarorlari bajarilishini taʼminlash maqsadida 2008-yilning fevral-mart oylarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari doimiy komissiyalarining raislari uchun joylarda turkum oʻquv seminarlari tashkil etilib, ularda 1248 nafar kishi oʻqib chiqdi.
Ana shu yoʻnalishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari raislariga moʻljallangan oʻquv kurslari uchun maxsus qoʻllanma tayyorlandi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining faoliyatini yanada kuchaytirish, shuningdek doimiy komissiyalar raislarining malakasini oshirish uchun markazlashtirilgan tartibda 23 ta tadbir (konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari hamda oʻquv seminarlari), shuningdek joylarda 70 dan ortiq tadbir oʻtkazilib, ular yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari qoʻshma majlislarini – “Birlashgan sessiya”larni tayyorlash va oʻtkazish amaliyotga joriy etildi.
Senatorlarning oʻzlarini saylagan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida muntazam hisobot berishini amaliyotga joriy etish ustida ish olib borilmoqda.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat (Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining namunaviy reglamenti, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senat (Senat Kengashi) va Senat qoʻmitalari qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil etishga doir tavsiyalar, Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining deputatlari boʻlmish senatorlarning saylovchilar bilan aloqasini kuchaytirishga doir tavsiyalar) tayyorlanib, amalda roʻyobga chiqarilmoqda.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida ish yuritishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiqlashtirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga amaliy yordam berish maqsadida 2009-yilning olti oyi mobaynida xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining har biriga ikki va undan ortiq – jami 401 nafar mutaxassis biriktirib qoʻyildi. Bular viloyat adliya boshqarmalarining xodimlari, oliy oʻquv yurtlarining huquq fani oʻqituvchilari va huquq sohasidagi boshqa mutaxassislardan iborat.
Hozirgi vaqtda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida ijro etuvchi hokimiyat boʻlimlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining, shuningdek tegishli mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi uchun masʼul korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tinglash yoʻlga qoʻyildi.
Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruhni jalb etgan holda “BMTning “Inson taraqqiyoti” konsepsiyasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini hamda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini amalga oshirishdagi roli” mavzuida bir qator mintaqaviy oʻquv seminarlari oʻtkazdi.
Guruh aʼzolari xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish hamda Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlarni oʻrganish uchun tashkil etilgan Senat Komissiyasiga faol koʻmaklashdilar.
Oʻrganish natijalari shuni koʻrsatdiki, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi amalga oshirilishini taʼminlash sohasida mamlakat mintaqalarida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan talay ishlar olib borilmoqda. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlari tomonidan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan kompleks dasturlar qabul qilingan. Joylarda aksariyat hollarda ushbu dasturlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida koʻrib chiqilgan va maʼqullangan.
Shu bilan birga xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi amalga oshirilishini taʼminlash borasidagi faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjud.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari tomonidan Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar talab darajasida emas.
Inqirozga qarshi choralar dasturining qoidalari soʻzsiz bajarilishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining va ular doimiy komissiyalarining roli hamda masʼulligi sezilmayotir.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining va ular doimiy komissiyalarining Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish sohasidagi faoliyati ommaviy axborot vositalarida yetarlicha yoritilmayotir. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida qabul qilinayotgan qarorlari matni ommaviy axborot vositalarida deyarli eʼlon qilinmayotir.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining muayyan qismida inqirozga qarshi choralarni ijro etishda tashabbuskorlik, talabchanlik va faollik yetishmayotir. Deputatlar komissiyalari va guruhlari faoliyati koʻpincha uyushqoqlikdan yiroq va rasmiyatchilik ruhida boʻlmoqda.
Mahalliy Kengashlarning deputatlari orasida iqtisodiy va moliyaviy inqirozning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan davlatimiz tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarnigina emas, balki oʻzlarining bevosita deputatlik majburiyatlarini ham aniq-ravshan tasavvur qila olmaydigan shaxslar oz emas.
Ayrim xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida (xalq deputatlari Jizzax, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyat Kengashlari, Samarqand viloyatidagi xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi, Fargʻona viloyatidagi xalq deputatlari Buvayda, Margʻilon, Oxunboboyev, Uchkoʻprik tuman va Quvasoy shahar Kengashlari, Xorazm viloyatidagi xalq deputatlari Urganch, Shovot, Yangiariq, Yangibozor tuman va Urganch shahar Kengashlari) inqirozga qarshi choralar hududiy dasturlarini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlarning hisobotlarini muntazam ravishda tinglab borish amaliyoti toʻla-toʻkis roʻyobga chiqarilmayotir.
Yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisidan keyin oʻtgan davr mobaynida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Moliyaviy-iqtisodiy inqirozning mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga taʼsiri toʻgʻrisida, ana shu inqiroz oqibatlarini bartaraf etish va yumshatish borasida davlat tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning mohiyati va ahamiyati haqida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Inqirozga qarshi choralar hududiy dasturlari amalga oshirilishi uchun masʼul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari majlislarida tinglab borish amaliyotga joriy etilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida senatorlar hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining deputatlari tumanlar va shaharlarga, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining deputatlari esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga biriktirilgan, Buxoro viloyatida deputatlar aniq korxonalarga biriktirib qoʻyilgan.
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi qabul qilinganligi munosabati bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining va ular doimiy komissiyalarining ish rejalari qayta koʻrib chiqildi va tasdiqlandi, bu rejalarga inqirozga qarshi choralar mintaqaviy dasturlarida belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadbirlar kiritildi.
Bu borada Guruh aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmitalari va xalq deputatlari viloyat Kengashlarining doimiy komissiyalari bilan birgalikda oʻtgan davr mobaynida qoʻmitalar hamda doimiy komissiyalarning 62 ta majlisini oʻtkazdilar, majlislarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirishga qaratilgan qarorlarining bajarilishi masalasi koʻrib chiqildi.
Shu bilan birga, bir qator ijobiy natijalarga erishilganligiga qaramay, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatida muayyan kamchiliklar mavjud boʻlib, bu hol xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning tegishli doimiy komissiyalari ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, keng jamoatchilik bilan sust ish olib borayotganligining oqibatidir.
Xalq deputatlari Xorazm, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona, Toshkent viloyat Kengashlarida ish yuritishning ahvoli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorida belgilab qoʻyilgan talablarga toʻla mos kelmaydi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining masʼulligini oshirishga yetarlicha eʼtibor berilmayotir. Baʼzi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ish rejalarida mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor masalalari yetarli darajada aks ettirilmagan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari ijro etuvchi hokimiyat boʻlimlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini tinglash tartib-taomiliga hamda shu tadbir yakunlari boʻyicha muayyan shaxs, boʻlim yoki tarkibiy boʻlinmaning faoliyatiga baho berishga yetarli eʼtibor bermayotirlar.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh tomonidan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashining va xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalarining qarorlari ijro etilishi ustidan nazorat olib borishga doir tavsiyalar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborishga doir tavsiyalar, shuningdek Qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan aholi oʻrtasida tushuntirish mexanizmini takomillashtirishga doir tavsiyalar tayyorlandi va Senat Kengashi tasdigʻiga kiritildi.
Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh rahbari oʻ.Aliyevning “Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruhning 2007 — 2008-yillar va 2009-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisida”gi axborotini hamda Guruh boshqa aʼzolarining (B.A. Abdullayeva, X.F. Ibragimov, A.H. Hakimovlarning), shuningdek baʼzi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining (xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining raisi B. Ibragimov, Yangiariq tuman Kengashining raisi I. Fayzullayev, Kosonsoy tuman Kengashining raisi S. Nodirov, Boʻka tuman Kengashining raisi N. Abdullayev, Quva tuman Kengashining raisi A. Madaminovlarning) axborotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh rahbari oʻ. Aliyevning “Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruhning 2007 — 2008-yillar va 2009-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisida”gi axboroti va boshqa ishtirokchilarning axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga quyidagilar tavsiya etilsin:
ish yuritishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijroni nazorat qilishni tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 140-sonli qaroriga muvofiq tashkil etish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining va ular doimiy komissiyalarining yillik ish rejalarini tuzishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal etishga qaratilgan masalalarga alohida eʼtibor berish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining hisobotlarini, ijro etuvchi hokimiyat boʻlimlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini tinglash borasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning bevosita faoliyatiga, shuningdek inqirozga qarshi choralar hududiy va tarmoq dasturlari amalda roʻyobga chiqarilishiga tegishli baho berish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitalarining va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining inqirozga qarshi choralarni amalga oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish borasidagi faoliyatini kuchaytirish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining har bir deputati oʻz saylovchilari oldida muntazam hisobot berishini taʼminlash;
fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tegishli hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini rivojlantirish borasidagi ishini kuchaytirish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ajratilgan maxsus xonalarni zarur ijtimoiy-siyosiy adabiyot bilan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan hamda fuqarolarni qabul qilishda va aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida foydalanish uchun zarur boʻladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan toʻla-toʻkis jihozlash choralarini koʻrish;
koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni joriy yilning 1-oktabriga qadar bartaraf etish chora-tadbirlarini nazarda tutish.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh rahbari Gʻ. Aliyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 31-iyul,
652-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 7-son, 263-modda)