Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.05.2020 10.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2784
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.05.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2784]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 26-dekabrdagi 01-02/15-72-sonli ““Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2784-1, 10.02.2020-y.) asosan 2020-yil 11-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 266-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/15-23-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 14-apreldagi 01-02/15-23-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda — BYuD deb yuritiladi) oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza — vakolatli shaxsning BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish boʻyicha murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDdagi xato — bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlardagi axborot va (yoki) bojxona organlarida mavjud axborot bilan BYuDdagi maʼlumotlar orasidagi tafovut, shuningdek BYuD grafalaridagi notoʻgʻri maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDni bekor qilish — BYuDni yuridik hujjat sifatida amal qilishini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDni oʻzgartirish — BYuDdagi maʼlumotlarga tuzatishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDga qoʻshimcha kiritish — BYuDga yangi maʼlumotlarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDni qayta rasmiylashtirish — rasmiylashtirilgan BYuDni bekor qilish va uning oʻrniga yangi BYuDni rasmiylashtirish bilan bogʻliq jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDni qayta roʻyxatga olish — roʻyxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDning oʻrniga xato va kamchiliklari bartaraf etilgan yangi BYuDni roʻyxatga olish bilan bogʻliq jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDni qaytarib olish — bojxona postiga taqdim etilib, roʻyxatga olinmagan yoki roʻyxatga olinib, rasmiylashtirilmagan yoxud olib chiqishga ruxsat berilib, amalda olib chiqib ketilmagan tovar yuzasidan rasmiylashtirilgan BYuDni deklarant yoki bojxona brokerining murojaatiga asosan bojxona posti tomonidan qaytarish bilan bogʻliq jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan BYuD — bojxona posti mansabdor shaxsi tomonidan roʻyxatga olingan va “D” grafasiga bojxona postining tegishli belgilari qoʻyilgan BYuD;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuD — bojxona posti mansabdor shaxsi tomonidan BYuDning 7-grafasiga BYuD raqami va qabul qilingan sana koʻrsatilgan, ammo “D” grafasiga bojxona postining tegishli belgilari qoʻyilmagan BYuD;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi BYuD — bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis tomonidan bojxona postiga taqdim etilib roʻyxatga olinmagan yoki avval roʻyxatga olinib, undagi xato va kamchiliklari bartaraf etilib, qayta taqdim etilgan BYuD;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta rasmiylashtirilgan BYuD — oʻrniga yangi BYuD rasmiylashtirilib, yuridik hujjat sifatida oʻz kuchini yoʻqotgan avvalgi BYuD;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta roʻyxatga olingan BYuD — oʻrniga yangi BYuD roʻyxatga olinib, yuridik hujjat sifatida oʻz kuchini yoʻqotgan avvalgi BYuD;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy bojxona organlari — Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish zarurati tugʻilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuD yoki uning bir qismi boʻyicha rasmiylashtirilgan tovarga egalik qilish huquqi tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa subyektiga berilganida (eksport va erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimlariga rasmiylashtirilib, kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari toʻliq bajarilgan va (yoki) shartli chiqarilmagan tovarlar, shuningdek tovardan foydalanish huquqi cheklangan holatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgarganda (eksport va erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimlariga rasmiylashtirilib, kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari toʻliq bajarilgan va (yoki) shartli chiqarilmagan tovarlar, shuningdek tovardan foydalanish huquqi cheklangan holatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni tashishga moʻljallangan transport vositalari texnik jihatdan nosoz boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymati va (yoki) bojxona toʻlovlari summasiga taʼsir etgan BYuDga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni bojxona qiymatini toʻgʻrilash (BQT-1 va BQT-2) shakllarida aks ettirish imkoniyati boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan muayyan tovarning faqatgina bir qismi boʻyicha oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelganda (masalan, bojxona toʻlovlaridan imtiyoz qoʻllangan holda import qilingan tovarning bir qismidan bojxona toʻlovlari undirib olinadigan holatlarda va h.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish uchun yetarli asos boʻladigan hamda taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Roʻyxatga olinmagan BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish va (yoki) uni qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. BYuD bojxona postida roʻyxatga olingunga qadar deklarant yoki bojxona brokeri BYuDni oʻzgartirishi, unga qoʻshimcha kiritishi va (yoki) uni qaytarib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Roʻyxatga olinmagan BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish va (yoki) uni qaytarib olish zarurati yuzaga kelganda deklarant yoki bojxona brokeri bojxona posti mansabdor shaxsiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bojxona posti mansabdor shaxsi deklarant yoki bojxona brokerining murojaati asosida roʻyxatga olinmagan BYuDni qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qaytarilgan BYuDning oʻrniga yangi BYuDni taqdim etish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan muddatlardan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Roʻyxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish yoki bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Deklarant yoki bojxona brokerining murojaatiga asosan BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish yoki bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. BYuD bojxona postida roʻyxatga olingandan soʻng, BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, qaytarib olish yoki bekor qilish zarurati yuzaga kelganda deklarant yoki bojxona brokeri ushbu masala yuzasidan BYuD roʻyxatga olingan bojxona postiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri murojaatda BYuDning bojxona postida roʻyxatga olingan raqami, mazkur BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, qaytarib olish yoki bekor qilish zaruratining aniq sabablarini bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. BYuD roʻyxatga olingandan keyin qaytarib olinadigan yoki bekor qilinadigan boʻlsa, murojaat yozma yoki elektron shaklda boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. BYuD roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni davomida qaytadan bojxona postiga beriladigan boʻlsa, deklarant yoki bojxona brokeri qayta roʻyxatga olinadigan BYuDni, uning 7-grafasida bojxona postida roʻyxatga olingan raqamini koʻrsatgan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bojxona posti mansabdor shaxsi murojaatda bayon etilgan BYuDni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuD roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni davomida qaytadan taqdim etiladigan boʻlsa — BYuDni qayta roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuD roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni davomida qaytadan taqdim etilmaydigan boʻlsa yoki murojaat BYuDni qaytarib olish yoki bekor qilish haqida boʻlsa — BYuDni bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bojxona organi tashabbusi bilan BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bojxona organi tomonidan BYuDda xato va kamchiliklar aniqlanganda bu haqda bojxona posti mansabdor shaxsi deklarant yoki bojxona brokerini xabardor qiladi. Bunda bojxona posti mansabdor shaxsi BYuDdagi xato va kamchiliklar toʻgʻrisida aniq maʼlumot berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Deklarant yoki bojxona brokeri BYuD roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni davomida qayta roʻyxatga olinadigan BYuDni, uning 7-grafasida bojxona postida roʻyxatga olingan raqami va sanasini koʻrsatgan holda bojxona postiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona posti mansabdor shaxsi taqdim etilgan BYuDni qayta roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Deklarant yoki bojxona brokeri BYuDni oʻrniga u roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni davomida yangi BYuDni taqdim etmasa bojxona posti mansabdor shaxsi BYuDni bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Roʻyxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDni bekor qilishda bojxona posti mansabdor shaxsi roʻyxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDni bekor qilish dalolatnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada BYuDning roʻyxat raqami, mazkur BYuDni bekor qilishning aniq sabablari koʻrsatiladi. Dalolatnoma bojxona posti boshligʻi va bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Rasmiylashtirilgan BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish boʻyicha ariza berish va uni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanganidan va tovarlar muayyan bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin, BYuD qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida BYuDni bojxona organining talabi bilan yoki vakolatli shaxsning arizasiga koʻra, mazkur Nizom talablari asosida oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish talab etilganida vakolatli shaxs BYuD rasmiylashtirilgan hududiy bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosariga ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Arizada BYuDning roʻyxat raqami, mazkur BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish zaruriyatining aniq sabablarini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish zaruriyatini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqiqiyligi uchun javobgarlik arizachi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. BYuD qogʻoz shaklda rasmiylashtirilgan boʻlsa, arizaga BYuDning deklarant va bojxona brokeri uchun tayyorlab berilgan dastlabki rasmiylashtirilgan asl nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDning asl nusxalaridan birini hududiy bojxona organiga taqdim etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, arizachi tomonidan yozma ravishda taqdim etmaslik sababi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza hududiy bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarining rezolyutsiyasi bilan tegishliligi boʻyicha Bojxona statistikasi va tahlil, Bojxona nazoratini tashkil etish, Bojxona qiymatini aniqlash va toʻlovlar hisobini yuritish, Valyuta nazorati boʻlimlariga (boʻlinma, guruhlariga), zarur hollarda hududiy bojxona organining boshqa tuzilmalariga (bundan buyon matnda — masʼul tarkibiy tuzilmalar deb yuritiladi) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Arizani koʻrib chiqishda masʼul tarkibiy tuzilmalar tomonidan barcha zarur hujjatlar hamkorlikda oʻrganib chiqiladi. Bunda BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish sabablariga alohida eʼtibor qaratilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bojxona organi mansabdor shaxsi arizani toʻliq va xolisona koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni hamda yozma tushuntirishlarni soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachidan arizani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlmagan, shuningdek bojxona organlarida yoki davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi boshqa davlat organlarida va tashkilotlarda mavjud boʻlgan qoʻshimcha maʼlumot va axborotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza hududiy bojxona organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda uni koʻrib chiqish muddati hududiy bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan bir oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin, bu haqda arizachiga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha arizachiga yozma yoxud elektron shaklda javob beriladi. Javob xati hududiy bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hududiy bojxona organi arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimchalar kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish uchun yetarli asoslar mavjud emas yoxud taqdim etilgan hujjatlar yetarli emas deb topsa, BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimchalar kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilishni rad etishga haqli. Bunday holatlarda BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimchalar kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilishni rad etishning asoslangan sabablari javob xatida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy bojxona organi tomonidan arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimchalar kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish uchun yetarli asoslar mavjud deb topilsa, javob xatining nusxasi bojxona postiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Rasmiylashtirilgan BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish boʻyicha bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan aniqlangan holatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Rasmiylashtirilgan BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish zarurati yuzaga kelganda bojxona organi mansabdor shaxsi bu haqda hududiy bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosariga bildirgi bilan yozma murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirgida BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish zaruriyatining aniq sabablari BYuDning roʻyxat raqami, oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritilishi lozim boʻlgan grafalari koʻrsatiladi. Bildirgiga xatosi boʻlgan BYuDning nusxasi (agar BYuD qogʻoz shaklda rasmiylashtirilgan boʻlsa) va BYuDda xatolar borligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirgi hududiy bojxona organining masʼul tarkibiy tuzilmalari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish hududiy bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarining bildirgiga rezolyutsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish masalasi boʻyicha bildirgini koʻrib chiqishda munozarali holatlar yuzaga kelganda masʼul tarkibiy tuzilma xodimi masala yuzasidan eʼtirozini bildirgida yozma ravishda bayon etib, bildirgini imzolaydi. Bunday holatlarda hal qiluvchi qaror hududiy bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish zarurati tasdiqlangan taqdirda bojxona organi mansabdor shaxsi bu haqda deklarant va bojxona brokerini xabardor qiladi, zarur hollarda hududiy bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatda koʻrib chiqilgan BYuDning roʻyxat raqami, aniq grafalari koʻrsatilgan holda BYuDda aniqlangan xatolar, BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish boʻyicha koʻrilishi lozim boʻlgan choralar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Deklarant yoki bojxona brokeri hududiy bojxona organining BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish boʻyicha xatni olgandan soʻng uch ish kunidan kechiktirmay:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish uchun BYuD va unga tegishli hujjatlarni bojxona postiga taqdim etishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish uchun BYuD va unga tegishli hujjatlarni taqdim qila olmasa yoki BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish uchun yetarli asos mavjud emas deb hisoblasa, bu haqida yozma ravishda hududiy bojxona organiga oʻzining asoslantirilgan xatini yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzgartirilayotgan, qoʻshimcha kiritilayotgan yoki qayta rasmiylashtirilayotgan BYuDni dastlab taqdim etgan deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan asosli sabablarga koʻra ushbu BYuDni oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish yoki qayta rasmiylashtirish uchun bojxona postiga taqdim etish imkoniyati mavjud boʻlmasa, deklarantning topshirigʻiga koʻra BYuD boshqa bojxona brokeri tomonidan oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish yoki qayta rasmiylashtirish uchun bojxona postiga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bojxona organi mansabdor shaxsi bildirgisi asosida rasmiylashtirilgan BYuDni bekor qilish faqatgina xatoliklar tufayli bitta tovar yuzasidan bir nechta BYuD qabul qilingan holatlarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Rasmiylashtirilgan BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bojxona posti mansabdor shaxsi tomonidan qogʻoz shakldagi rasmiylashtirilgan BYuDni oʻzgartirish BYuDning barcha nusxalaridagi (statistik nusxadan tashqari) tegishli grafalari matnini “X” belgisi bilan oʻchirish va yangi matnni yozish, qoʻshimcha kiritish esa tegishli grafaga qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. BYuDning oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilishi lozim boʻlgan grafalarida oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish uchun yetarli joy boʻlmagan taqdirda, kiritilgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha haqidagi yozuv BYuDning orqa tomoniga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda BYuD nusxalarining orqa tomonida kim tomonidan, qachon, nimaga asoslanib, qaysi grafada va nima oʻzgartirilganligi haqida yozuv qayd qilinadi. Yozuv oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning imzosi va axborot shtampi hamda bojxona posti mansabdor shaxsining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. BYuDning faqat bojxona posti mansabdor shaxsi tomonidan toʻldiriladigan grafalaridagi yozuvlarga oʻzgartirish kiritish zarur boʻlgan taqdirda, oʻzgartirish kiritish bojxona posti mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va shaxsiy raqamli muhri bilan (elektron BYuDda uning elektron raqamli imzosi bilan) tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qogʻoz shakldagi BYuDga kiritilgan oʻzgartirishlarning umumiy soni (toʻldirish vaqtida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis tomonidan kiritilgan oʻzgartirishlar bilan birga) toʻrttadan oshgan taqdirda, mazkur BYuD qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qogʻoz shakldagi BYuD qayta rasmiylashtirilganda qayta rasmiylashtirilgan BYuDning barcha nusxalarida (statistika nusxasidan tashqari) pastki chap burchakdan boshlab diagonal boʻyicha “QAYTA RASMIYLAShTIRILDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYuD kim tomonidan va nima asosida qayta rasmiylashtirilganligi koʻrsatiladi. Bunda yangi BYuDga qayta rasmiylashtirilgan avvalgi BYuDning roʻyxat raqami va yuk chiqarish sanasi beriladi. Yangi BYuDning 50-grafasida BYuDni qayta rasmiylashtirishga asos boʻlgan hududiy bojxona organi xatining raqami va sanasi koʻrsatiladi. Ushbu grafada joy boʻlmagan taqdirda bunday yozuv BYuDning orqa tomoniga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Rasmiylashtirilgan BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, yoki qayta rasmiylashtirish deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan BYuD va unga tegishli zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qogʻoz shakldagi BYuD bekor qilinayotganda bojxona posti mansabdor shaxsi tomonidan mazkur BYuDning barcha nusxalarida (statistika nusxasidan tashqari) pastki chap burchakdan boshlab diagonal boʻyicha “BEKOR QILINDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYuD kim tomonidan va nima asosida bekor qilinganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Olib chiqishga ruxsat berilib, amalda olib chiqib ketilmagan tovarga taalluqli BYuDni qaytarib olish uni bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Qogʻoz shakldagi qayta rasmiylashtirilgan yoki bekor qilingan BYuDning birinchi nusxasi hududiy bojxona organining xati yoki bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarining rezolyutsiyasi boʻlgan bildirgi bilan birga bojxona posti yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi, mazkur BYuDning qolgan nusxalari hududiy bojxona organi bojxona statistikasi va tahlil boʻlimining (boʻlinmasining, guruhining) alohida yigʻma jildida saqlanadi (“eksport” rejimida yuk moʻljallangan mamlakatga yuborish uchun tayyorlab berilgan nusxa bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Bekor qilingan va qaytarib olingan BYuDning roʻyxat raqamini boshqa BYuDga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Elektron BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki qayta rasmiylashtirish bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida avvalgi BYuDning oʻrniga yangi BYuDni rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Elektron BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki qayta rasmiylashtirishda deklarant yoki bojxona brokeri qayta rasmiylashtirilayotgan yangi BYuDning 7-grafasida qayta rasmiylashtirilgan avvalgi BYuDning roʻyxat raqami va sanasini koʻrsatgan holda bojxona postiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Elektron BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirishda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona postiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritilgan yangi BYuD bilan birga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki qayta rasmiylashtirish varagʻi taqdim etiladi hamda ushbu varaq bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Elektron BYuD bekor qilinayotganda bojxona organi mansabdor shaxsi hududiy bojxona organining BYuDni bekor qilish toʻgʻrisidagi xatini olgandan soʻng yoki bildirgiga hududiy bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarining rezolyutsiyasidan keyin uch ish kuni davomida Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida elektron BYuDni bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Deklarant hududiy bojxona organining BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish boʻyicha xati yuzasidan eʼtiroz bildirib Davlat bojxona qoʻmitasiga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki qayta rasmiylashtirish varagʻi

‎‎BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki qayta rasmiylashtirish uchun asos (hududiy bojxona organiga tegishli hujjat nomi, raqami va sanasi) _________________________dagi _________________-sonli
‎‎BYuDning roʻyxat raqami: 99999/99.99.99/999999
‎‎Tovarning tartib raqami (oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumot tovarga tegishli boʻlsa) ______________________
‎‎Misol uchun: ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

BYuD grafasi raqami‎‎

Avvalgi maʼlumot‎‎

Yangi maʼlumot‎‎

‎�15a-grafa

‎‎398

‎‎643

‎‎33-grafa

‎‎8415100009

‎‎8415100001

‎‎...

‎‎...

‎‎...

‎‎Bojxona brokeri yoki deklarant nomi ‎‎_____________________________________________________
‎‎Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis ‎‎_____________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(F.I.O)

‎‎Telefon: ‎ ‎ ‎ ‎‎_____________________________________________________
‎‎Elektron manzil: ‎ ‎ ‎ ‎‎_____________________________________________________
Sana‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎_____________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(kun, oy, yil)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 19-son, 215-modda)