25.03.2011 yildagi 177-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan 2010-yil ulkan ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik voqealarga boy boʻldi, bunga Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov parlamentning yangi saylangan tarkibi huzurida soʻzlagan oʻz dasturiy maʼruzasida aniq tavsif berdi. Davlat boshligʻi quyidagilarni taʼkidlab oʻtdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, mamlakatni rivojlantirishning tanlangan modeli konstitutsiyaviy hamda davlat tuzilishini tubdan oʻzgartirishga va yangilashga olib keldi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, jamiyat hayotining barcha sohalarida islohotlarning bosqichma-bosqich va izchil oʻtkazilishi ijobiy natija berdi, bu iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirishda ham aksini topmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, qonun ustuvorligi, qonuniylik, shaxsning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan sud-huquq tizimini chuqur isloh qilish va liberallashtirish jarayonlari oʻlim jazosini toʻliq bekor qilishga, qamoqqa olish va ushlab turishga sanksiya berishni sudlarga oʻtkazuvchi “Xabeas korpus” institutining joriy etilishiga, sud jarayonida tortishuvlilik tamoyilini aniq taʼminlovchi normalarning qabul qilinishiga, prokuror va advokat huquqlarining teng boʻlishiga, taraflarning yarashuv instituti joriy etilishiga olib keldi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshishi orqali roʻyobga chiqdi, bu ochiqlik, saylov erkinligini taʼminlash muhitida 2009-yilgi saylov kampaniyasida yaqqol namoyon boʻldi, aholining fuqarolik ongi darajasi oʻsib borayotganligini yana bir bor tasdiqladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz maʼruzalarida davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari, odil sudlov organlari, shuningdek mansabdor shaxslarning huquqni qoʻllash faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etishlari ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar mansabdor shaxslarining fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi huquqni qoʻllash faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyatining samaradorligini oshirishning yangi mexanizmlarini izlab topishga daʼvat etdi, bu inson huquqlari monitoringini oʻtkazish, inson huquqlari madaniyati unsurlarini shakllantirgan holda axborot-maʼrifiy ishlarni olib borish, fuqarolarning murojaatlari va shikoyatlarini koʻrib chiqish hamda oʻrganish, inson huquqlari sohasidagi milliy qonun hujjatlari normalari buzilishining oldini olish va bartaraf etish maqsadida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlik sohalarini kengaytirish kabi faoliyat turlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tayyorlandi. Ikki palatali parlamentga navbatdagi hisobot fuqarolar huquqlarining turli toifalari monitoringini, birinchi navbatda 2010-yilning “Barkamol avlod yili” deb eʼlon qilinishini hisobga olgan holda yoshlarning kamolga yetishga boʻlgan huquqlari monitoringini oʻtkazish yakunlariga, kelib tushgan murojaatlarni, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar materiallarini har tomonlama tahlil qilishga, milliy va xorijiy sheriklar bilan oʻzaro hamkorlik, aholi va mansabdor shaxslarning huquqiy madaniyatini oshirish borasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan faol hamkorlik qilishga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda uni xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga muvofiqlashtirish maqsadida tahlil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining vazifalaridan biridir. Bu vazifa hamon juda dolzarb boʻlib turibdi: Inson huquqlari boʻyicha vakilga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar ayrim normativ hujjatlarning takomillashtirilmaganligi, huquqni qoʻllash amaliyotidagi nuqsonlar — inson huquq va erkinliklari buzilishining sabablaridan biri ekanligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Ombudsman bilan parlamentning ushbu sohadagi hamkorligining eng koʻp tarqalgan yoʻnalishlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining yalpi majlislari va parlament eshituvlarida, palatalar Kengashlari va qoʻmitalarning yigʻilishlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament qoʻmitalari, hukumat va qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari tomonidan taqdim etilgan qonun loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish hamda qonun loyihalarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar va takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlar ishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament qoʻmitalarining nazorat-tahlil faoliyatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini bajarish boʻyicha milliy harakatlar rejalarini tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etish hamda milliy qonun hujjatlarini inson huquqlariga doir xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishiga doir monitoringlar natijalariga koʻra axborotlar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan hamkorlikdagi konferensiyalar, seminarlarni oʻtkazish boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Inson huquqlari boʻyicha vakil instituti parlament qoʻmitalari, hukumat, vazirliklar va idoralar tomonidan tayyorlangan bir qator qonun loyihalarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligini aniqlash uchun huquqiy ekspertizadan oʻtkazdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan 26 ta, jumladan: “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”, “Adliya idoralari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”, “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”, “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”, “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat ramzlari toʻgʻrisidagi ayrim qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” va boshqa qonun loyihalari yuzasidan takliflar taqdim etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash zarurki, parlament bilan hamkorlik faqat qonun loyihalarining huquqiy ekspertizasini oʻtkazishga emas, balki umuman nazorat-tahlil faoliyatini, shu jumladan mamlakatimiz mintaqalarida nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishga, inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishiga oid monitoringlar natijalari yuzasidan axborotlar almashishga, inson huquqlari masalalariga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etish va oʻtkazishga ham qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlamentning nazorat-tahlil faoliyati doirasida Ombudsman davlatimiz rahbarining 2010-yil 26-yanvarda Senatning birinchi majlisidagi hamda oʻsha yil 27-yanvarda parlament palatalarining qoʻshma majlisidagi maʼruzalarida qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qabul qilgan Harakat dasturining fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi boʻyicha jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi 4.2.1-bandining Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida bajarilishini oʻrganish maqsadida Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari ishida ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yildan buyon Ombudsmanning mintaqaviy vakillari amnistiya aktining qoʻllanishi tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 28-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Republikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi 82-II-sonli qaroriga muvofiq amnistiya aktining qoʻllanishi chogʻida oshkoralik va ochiq-oydinlikni taʼminlash, huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlari nazarda tutilgan. Ana shu maqsadda tarkibida senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining mintaqaviy vakillari ishtirok etadigan ishchi guruhlar tashkil etildi. Ishchi guruhlarning aʼzolari sudlarda amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatni qoʻllanish boʻyicha materiallarni oʻrganish va koʻrib chiqishda ishtirok etadilar, jinoiy jazolarni ijro etish muassasalarida boʻladilar, mahkumlar bilan suhbatlar hamda ozod etilgan shaxslar bilan ish olib borishning holatiga doir monitoringlar oʻtkazadilar. Mazkur ish jarayonida ushbu sohadagi jamoatchilik nazorati institutini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi 3 yil mobaynida Ombudsman Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyulda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-911-sonli qarori ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda bevosita ishtirok etmoqda. Shu maqsadda Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika Idoralararo komissiyasi va uning hududiy tuzilmalari ishida ishtirok etmoqdalar. Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika Idoralararo komissiyasining 2010-yil uchun moʻljallangan Rejasining 3-bandini bajarish doirasida Ombudsman vakili Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmalarining odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etish borasidagi faoliyatini oʻrganishda ishtirok etdi. Oʻrganish yakunlariga koʻra tegishli tavsiyalar taqdim etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman instituti faoliyatining strategik yoʻnalishlaridan biri qonun hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilishdan iborat boʻlib, bunday monitoringni amalga oshirish fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va uni himoya qilish holatini aniqlashga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan sud va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning huquqni qoʻllash amaliyotida inson huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil “Barkamol avlod yili” deb eʼlon qilinganligini hisobga olgan holda yoshlarning kamolga yetish huquqlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida axborotlar yigʻish va ularni qayta ishlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tasdiqlangan yillik rejaga va yoshlarning kamolga yetish huquqiga rioya etilishini hamda kasb-hunar taʼlimi olish va mehnat qilishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash bilan bogʻliq huquqni qoʻllash amaliyotini monitoring qilish yuzasidan ishlab chiqilgan Konsepsiyaga muvofiq “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yoshlarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishga hamda egallangan mutaxassislik va kasbga muvofiq keyinchalik ishga joylashishga boʻlgan huquqlari davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan taʼminlanishiga doir qismining ijro etilishi bilan bogʻliq huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring qilishdan asosiy maqsad “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarning oʻrta umumiy taʼlim maktablari 9-sinflari bitiruvchilarining oʻrta maxsus hamda kasb-hunar taʼlimi (OʻMKHT) olishga boʻlgan huquqlariga rioya etilishiga doir qismining bajarilishini oʻrganishdan, taʼlim va ishlab chiqarishni uygʻunlashtirish jarayoniga, oʻrta boʻgʻin yosh mutaxassislarini tayyorlashga, mehnat unumdorligini oshirishga, pirovard natijada, jamiyatning barqaror va izchil rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring tekshiruvlari jarayonida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi 5 ta taʼlim muassasasi boshlama loyiha sifatida qamrab olindi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston DU qoshidagi Guliston akademik litseyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston tibbiyot kolleji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangiyer kommunal xoʻjalik va qurilish kolleji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oq oltin ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo pedagogika kolleji.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring oʻtkazish uchun Inson huquqlari boʻyicha vakil Kotibiyati xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya hamda Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakilining Ekspert guruhi aʼzolari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi markazi vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining yoshlarning kasb-hunar taʼlimi olish hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tanlangan mutaxassislik va kasbga muvofiq ishga joylashish huquqini taʼminlashga doir qismining huquqni qoʻllash amaliyoti Sirdaryo viloyatining taʼlim muassasalari misolida oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim standartlari doirasida umumtaʼlim va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirishga eʼtibor susayib ketganligi, bu esa oʻquvchilarning oʻqishni navbatdagi taʼlim bosqichlarida davom ettirish uchun zarur boʻlgan chuqur bilim olish hamda tanlangan kasbiga muvofiq mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqlarini cheklab qoʻyayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlarining tarmoq yoʻnalishlari boʻyicha kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va oʻtkazishga doir qismi ijro etilishi ustidan idoraviy nazorat yetarli darajada emasligi, bu esa oʻquvchilarning tanlangan mutaxassislik boʻyicha amaliy koʻnikmalarni toʻliq oʻzlashtirib olmasliklariga, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga doir normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan yetarli darajada nazorat qilinmasligiga olib kelayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
real iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy hayot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ayrim yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga oʻz vaqtida tuzatishlar kiritilmasligi, shuningdek taʼlim muassasalari bilan sherik korxonalar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari mehnatidan samarali foydalanishga doir qismi bajarilmayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning 12 yillik majburiy taʼlimga boʻlgan huquqining taʼminlanishi uchun ayrim ota-onalarning lozim darajada masʼuliyati yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan yoshlarning kamolga yetish huquqlarini roʻyobga chiqarish sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga, barkamol yosh avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar, Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitlarida har bir yoshning oʻzini namoyon eta olishi uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi. Oʻtkazilgan monitoring tajribasidan mamlakatimiz mintaqalarida ham foydalanish rejalashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashga koʻmaklashish borasidagi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning inson hamda fuqaro huquq va erkinliklarining buzilishi toʻgʻrisidagi shikoyatlari va murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ushbu huquq va erkinliklarni tiklash chora-tadbirlarini koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyatining asosiy yoʻnalishidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishga doir faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etildi. Bu ish asosan fuqarolarning Inson huquqlari boʻyicha vakil Devoniga pochta orqali, Vakil va Devon xodimlarining shaxsiy qabuliga hamda mamlakat mintaqalarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha oʻtkazilgan monitoringlar davomida kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish asosida olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakilga fuqarolardan 10619 ta murojaat tushdi, shundan Ombudsmanning markaziy ofisiga 7124 ta, mintaqaviy vakillarga — 888 ta shikoyat va arizalar tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kelib tushgan murojaatlar

Soni

1.

Ombudsmanning markaziy ofisiga,

jumladan:

7124

Mamlakat mintaqalaridan

6753

Chet ellik fuqarolardan

299

Jazoni ijro etish muassasalaridan

49

Manzili koʻrsatilmay joʻnatilgan murojaatlar

6

Internet orqali

17

2.

Takroran

1983

3.

“Ishonch telefoni” orqali

624

4.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga

888

Jami

10619

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarning asosiy qismi Inson huquqlari boʻyicha vakil Kotibiyatiga pochta orqali kelib tushdi va bu shikoyatlar 5777 tani tashkil etdi. Keyingi vaqtda murojaatlarni elektron pochta orqali qabul qilish amaliyoti kengayib bormoqda. Shu bilan birga, aholi oʻrtasida murojaatlarning boshqa bir shakli ham keng tajribadan oʻtkazilyapti — bu davlat organlari va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat va arizalarni Inson huquqlari boʻyicha vakil va uning Kotibiyati xodimlari oʻtkazadigan shaxsiy qabulda topshirishdan iboratdir. Chunonchi, Inson huquqlari boʻyicha vakil va uning Kotibiyati xodimlari tomonidan 1347 ta murojaat qabul qilindi. Inson huquqlari boʻyicha vakilning 16 ta shaxsiy qabuli chogʻida 301 nafar fuqaro qabul qilindi. 285 ta shikoyat va ariza nazoratga olindi va hal etish uchun tegishli tashkilotlarga joʻnatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan olganda fuqarolar murojaatlarida keltirilgan dalillarni tekshirish alohida oʻrin tutadi. Shu maqsadda inson huquqlari yaqqol buzilganligidan dalolat beruvchi hamda Inson huquqlari boʻyicha vakilning vakolatiga taalluqli fuqarolar murojaatlari nazoratga olinadi. Hisobot yilida 4234 ta murojaat Inson huquqlari boʻyicha vakilning nazoratiga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman olganda, 2010-yilda fuqarolarning 663 ta murojaati boʻyicha ijobiy qaror qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan 2010-yil davomida ayrim murojaatlar boʻyicha 5 ta xulosa tayyorlandi, ulardan 2 tasi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, 3 tasi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning shikoyatlarida koʻtarilgan muammolarni oʻrganish Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan ish yurituviga qabul qilingan murojaatlarning mavzusi mohiyatan oʻzgarmaganligini tasdiqlaydi. Fuqarolar murojaatlarining eng koʻp soni hamon fuqarolarning shaxsiy huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish masalalari bilan bogʻliq boʻlib qolmoqda — bu borada 3531 ta, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni taʼminlash masalalari boʻyicha — 2951 ta murojaat tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar shikoyatlarining xususiyati va ularda koʻtarilayotgan masalalar jamiyatdagi oʻziga xos koʻrsatkich boʻlib, mavjud muammolarni, davlat organlari ishidagi kamchiliklarni aniqlashda salmoqli oʻrin tutadi, shuningdek ularni bartaraf etish boʻyicha eng samarali chora-tadbirlarni belgilash imkoniyatini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning fuqarolarni qabul qilish hamda ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha faoliyatida yashashga, erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka, insoniy muomala hamda insoniy qadr-qimmatni hurmat qilishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarga rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlash masalalari alohida oʻrin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning manziliga fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatlari bilan bogʻliq murojaatlar koʻplab kelayotganligi tashvish uygʻotadi. Chunonchi, statistika maʼlumotlari shundan dalolat beradiki, 2010-yilda fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini taʼminlashga oid murojaatlar soni koʻpayib, 1667 tani tashkil etdi, buning ustiga hisobot yilida qamoqqa olish va ushlab turishdan norozilik toʻgʻrisidagi shikoyatlar koʻrsatkichi sezilarli darajada oʻsdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman nomiga kelib tushgan fuqarolar shikoyat va arizalarini tahlil qilish shundan dalolat beradiki, fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini taʼminlash masalalariga oid murojaatlari soni yildan-yilga koʻpayib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning xatlarini oʻrganish huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga doir juda koʻplab holatlar sodir boʻlayotganligini koʻrsatadi, bu huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ayrim xodimlari noqonuniy xatti-harakatlar sodir etayotganida, xizmat vazifalarini vijdonan bajarmayotganligida, noqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortishda, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etishda ifodalanmoqda. Bundan tashqari, oʻz murojaatlarida arz qiluvchilar oʻtkazilayotgan tekshirishlarning xolisligiga shubha bildiradilar, surishtiruv natijalari va tergov harakatlaridan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatidan (harakatsizligidan) norozilik bildiradilar, ushlab turish va tergov olib borish vaqtida xodimlar noqonuniy xatti-harakatlar sodir etayotganligini, tergov qilinayotganlarga nisbatan man etilgan usullarni qoʻllayotganligini taʼkidlaydilar. Koʻplab shikoyatlar huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning ayrim xodimlari, ayniqsa, qamoqda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan oʻz hokimiyat yoki mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqishlari oqibatida kelib chiqayotgan shaxsiy daxlsizlik, erkinlik va xavfsizlikni himoya qilish muammosi bilan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlari buzilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlarini tahlil qilish, shuningdek 2008-yildan buyon bunday murojaatlar sonining koʻpayib borayotganligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonun ustuvorligi tamoyili va inson huquqlariga rioya etilishi bilan bogʻliq vaziyat juda jiddiy eʼtiborni talab etishi toʻgʻrisida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud himoyasiga va sud muhokamasi adolatli olib borilishiga boʻlgan huquq, insonning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat aholisi aksariyat qismining sud himoyasi huquqiga inson huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlaridan biri sifatidagi talabi oshganligi oʻtkazilayotgan islohotlarning natijasi boʻldi. Shu bilan birga, Inson huquqlari boʻyicha vakil manziliga ham sud himoyasi huquqi buzilganligiga doir kelayotgan murojaatlar soni koʻpaydi, sud himoyasi huquqining buzilishi, xususan odil sudlovga erkin murojaat qilishni cheklash, sud muhokamasi oshkoraligi va ochiqligi tamoyillarining buzilishi, sud muhokamasining maqbul muddati buzilayotgani, sansalorlik, himoya huquqi buzilayotgani, chiqarilgan sud qarorlari ijro etilmayotgani kabi holatlarda koʻrinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud himoyasi huquqini taʼminlash masalalari hamon eng keskin muammolar qatorida qolmoqda. Fuqarolarning sud qarorlari va hukmlaridan noroziligi, protsessual qonun hujjatlari normalarining buzilayotgani haqidagi murojaatlarining yillik koʻrsatkichi 1367 ta shikoyatni tashkil etdi. Mazkur yoʻnalishlar boʻyicha shikoyatlarning katta qismi, avvalo, jinoyat protsessi yoki sud ish yurituvi ishtirokchilari surishtiruvchi, tergovchi, sudyalar tomonidan protsessual harakatlar olib borilishidan norozi ekanliklari kuzatilayotgani bilan bogʻliqdir. Bundan tashqari, murojaatlarda fuqarolar oʻz huquqlarini sud majlisida himoya qilishda, sud hujjatlarini oʻzgartirish yoki bekor qilishda, sud ishlarining holatiga huquqiy baho berish va ular yuzasidan yuqori turuvchi sudga tegishli xulosalar yuborishda Inson huquqlari boʻyicha vakilning ishtirok etishini iltimos qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlarini tahlil qilish shundan dalolat beradiki, 2009-yilga taqqoslaganda hisobot yilida sud organlarining qarorlari ijro etilmayotganligi toʻgʻrisidagi murojaatlar soni 5,5 foizga, sudlarda ishlarni koʻrib chiqish chogʻida yuzaga kelayotgan sansalorlikka doir shikoyatlar 2,8 foizga koʻpaygan. Shu bilan birga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning qarorlaridan norozilik haqidagi shikoyatlar soni 8 foizga, jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning hukmlaridan norozilik haqidagi shikoyatlar 1 foizga kamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi adolatli olib borilishiga boʻlgan huquq bilan bogʻliq murojaatlarning 944 tasi Inson huquqlari boʻyicha vakilning nazoratiga olindi. 101 ta murojaatda keltirilgan faktlar va dalillar asosli deb topildi hamda fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash choralari koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sud muhokamasi adolatli olib

borilishiga boʻlgan huquq

Kelib tushgan murojaatlar soni

Nazoratga olingan shikoyatlar

Ijobiy hal etildi

Jinoyat ishlari boʻyicha sudning hukmidan norozilik toʻgʻrisida

555

379

15

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qaroridan norozilik toʻgʻrisida

416

275

17

Xoʻjalik sudining qaroridan norozilik toʻgʻrisida

26

23

2

Sudlarning qarorlari ijro etilmayotganligidan norozilik toʻgʻrisida

225

170

44

Sudlarda ishlarni koʻrib chiqishdagi sansalorlik toʻgʻrisida

145

97

23

Jami

1367

944

101

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil shuni koʻrsatmoqdaki, 819 ta murojaatda mualliflar tomonidan koʻtarilgan uy-joy va kommunal xoʻjaligi masalalari mamlakatimizda eng dolzarb muammo boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida fuqarolarning mehnatga oid huquqlarini himoya qilish muammolari yuzasidan murojaatlar soni koʻpaydi, bu mamlakatimiz mintaqalaridan kelib tushgan 482 ta murojaat va shikoyatlarda oʻz ifodasini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha murojaatlar soni kamaymayapti. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyati aholi tomonidan koʻplab eʼtirozlar uygʻotmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari sonini mintaqalar boʻyicha alohida-alohida tahlil qilish ularning bir tekisda taqsimlanmaganligini koʻrsatadi, bu esa aholi oʻz konstitutsiyaviy huquqlarining buzilishi darajasini qanday qabul qilishi bilan va bu huquqlarni tiklash choralarini koʻrish zarurligi bilan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mintaqalar

Kelib tushgan
murojaatlar soni

1.

Toshkent shahri

1375

2.

Surxondaryo viloyati

876

3.

Qashqadaryo viloyati

820

4.

Toshkent viloyati

796

5.

Samarqand viloyati

639

6.

Fargʻona viloyati

387

7.

Andijon viloyati

285

8.

Jizzax viloyati

267

9.

Buxoro viloyati

263

10.

Namangan viloyati

253

11.

Navoiy viloyati

221

12.

Xorazm viloyati

210

13.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

189

14.

Sirdaryo viloyati

172

Jami

6753

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan murojaatlarning eng koʻp soni Toshkent shahri, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga toʻgʻri keladi. Toshkent, Surxondaryo, Andijon, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan kelib tushayotgan fuqarolar murojaatlarining koʻpayishi tamoyili davom etmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridan fuqarolar murojaatlarining kelib tushish koʻrsatkichi barqarorligi kuzatilayapti. Ombudsmanga fuqarolardan kelib tushayotgan shikoyatlar sonini respublikamiz viloyatlari boʻyicha alohida-alohida koʻrib chiqish mamlakatimiz fuqarolarining faolligi oshganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda fuqarolar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha xorijiy fuqarolardan olingan murojaatlar soni kamaydi. Bunday murojaatlarning asosiy qismi MDH mamlakatlaridan kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Manzil

Kelib tushgan murojaatlar

1.

Rossiya

143

2.

Ukraina

79

3.

Germaniya

21

4.

Moldova

19

5.

AQSh

10

6.

Buyuk Britaniya

8

7.

Belorus

5

8.

Qozogʻiston

3

9.

Kanada

3

10.

Shveysariya

3

11.

Qirgʻiziston

2

12.

Estoniya

2

13.

Niderlandiya

1

Jami:

299

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet eldan va xorijiy davlatlar fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlarda koʻtarilgan dolzarb masalalar vijdon erkinligi huquqini taʼminlash, istiqomat qilish huquqiga ega boʻlish, oilalarni birlashtirish kabi va boshqa masalalardir. Diniy masalalar boʻyicha murojaatlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi, Moldova, Ukraina, Germaniyaning turli konfessiyalari vakillaridan kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash kerakki, chet el davlatlarining ombudsmanlaridan ham murojaatlar kelib tushdi. Chunonchi, fuqarolar huquqlarini himoya qilishga doir 6 ta murojaat — Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, 3 ta murojaat — Krasnoyarsk viloyatining Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, 9 ta murojaat — Sverdlovsk viloyatining Inson huquqlari boʻyicha vakilidan hamda 1 ta murojaat — Tatariston Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha vakilidan kelib tushdi. Shuningdek, Qirgʻizistonning Inson huquqlari boʻyicha vakili hamda Inson huquqlari boʻyicha Qozogʻiston Milliy markazi direktori ham fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash toʻgʻrisidagi iltimos bitilgan oʻz murojaatlarini yubordilar. Xorijiy mamlakatlar ombudsmanlari tomonidan koʻtarilgan asosiy masalalar pasport va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar olish, pensiya olish, nafaqalar toʻlovi bilan bogʻliq muammolardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini aniqlash va fuqarolarning murojaatlarini hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilidagi faoliyat natijalari boʻyicha murojaatlarning eng koʻp soni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan Inson huquqlari boʻyicha vakil fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan axborotlarni mansabdor shaxslar va tashkilotlardan soʻrab olish huquqiga egadir. 2010-yil mobaynida Ombudsman tomonidan davlat organlariga 942 ta soʻrov yuborildi, ularda faqat materiallarni taqdim etish toʻgʻrisidagi iltimoslar emas, balki inson huquqlari buzilgan taqdirda uni bartaraf etishga doir tavsiyalar ham bitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, shikoyatlarni hal qilish, nazorat vazifalarini amalga oshirish, tekshirishlar oʻtkazish va inson huquqlariga rioya etilishiga doir xolis axborot olish uchun Ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga fuqarolarning muayyan shikoyatlari yuzasidan 325 ta topshiriq berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382 ta murojaat, ularda bayon etilgan dalillarni oʻrganish va fuqarolarning huquqlari buzilishi boʻyicha aniqlangan dalillar yuzasidan yuridik baholash uchun Ekspert kengashi aʼzolariga topshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida fuqarolarning takroriy murojaatlari soni koʻpaydi. Fuqarolardan kelib tushgan shikoyat va arizalar tahlili koʻrsatdiki, murojaatlarni koʻrib chiqishdagi asossiz rad etish, shikoyatlarni yuzaki oʻrganish va tekshirish, murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi, tartib-taomili va muddatlarining buzilishi, shuningdek murojaatlarga noxolis javob yoʻllash, shikoyatlarning harakati va qarori ustidan shikoyat qilingan mansabdor shaxslarning oʻziga joʻnatish holatlari Ombudsmanga takroran murojaat qilishga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish va hal etish borasidagi faoliyati quyidagi muammolarni aniqlashga imkon berdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarning huquqiy savodxonligi yetarli darajada emasligi. “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar oʻz vakolati doirasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularni qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqish hamda ularga asoslangan javob qaytarishga majbur. Biroq qonunning qoidalari har doim ham ijro etilavermayapti, bu esa fuqarolarning murojaatlari, ayniqsa, takroriy murojaatlari sonining oʻsishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim rahbarlar va mansabdor shaxslarning qonun normalari va talablariga mensimay munosabatda boʻlishi, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishga yuzaki yondashishi, inson huquqlari asoslarini bilmasliklari hamon fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablaridan biri boʻlib qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar murojaatlarini qabul qilish yoki koʻrib chiqishni noqonuniy rad etish, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlarining buzilishi, oldindan asoslanmagan, noqonuniy qaror qabul qilish, ishonchli boʻlmagan axborot taqdim etish yoki fuqaroning shaxsiy hayotiga oid maʼlumotlarni oshkor etish, shuningdek fuqarolar murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni boshqacha buzishlar. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati fuqarolarning koʻplab taʼna-dashnomlariga sabab boʻlmoqda, sud qarorlarini bajarmaslik hamon jiddiy muammo boʻlib qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga murojaat qiluvchi fuqarolarning huquqiy madaniyati past darajada ekanligi. Fuqarolar oʻz huquqlarini himoya qilish mexanizmlari toʻgʻrisida yetarli darajada xabardor emas, ularning oʻz shikoyatlarida koʻtarayotgan masalalarni koʻrib chiqish vakolat doirasiga kirmaydigan organlarga murojaat qilishlari ishlarning ortiqcha koʻpayib ketishiga, shuningdek, takroriy murojaatlar soni koʻpayishiga olib kelmoqda. Takroriy murojaatlar asosan, fuqarolar bir vaqtning oʻzida bir necha tashkilotga murojaat qilgan hollarda yuzaga kelishi kuzatilmoqda. Natijada ayni bir murojaatning oʻzi davlat organining tegishli boʻlimida ikki va undan koʻp marotaba koʻrib chiqilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra xatti-harakati yoki qarori ustidan shikoyat qilinayotgan organ yoki mansabdor shaxs tomonidan mazkur murojaatning koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Biroq amaliyotda bunday holatlar hamon uchrab turibdi, bu esa fuqarolar murojaatlarining noxolis koʻrib chiqilishiga va notoʻgʻri hal etilishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining mintaqaviy vakillari faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qoidalarini amalga oshirish jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni hamda butun mamlakat miqyosida Inson huquqlari sohasidagi harakatlar Milliy dasturini yaratishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida davlatimiz rahbari amalga oshirilishi zarurligini koʻrsatib oʻtgan jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarini modernizatsiya qilish va yangilash gʻoyalari mamlakatimiz fuqarolari ongidan mustahkam oʻrin ola boshladi. Ombudsmanning mintaqaviy vakillari ham bu ishdan chetda qolmay, ushbu gʻoyalarni jamiyat hayotiga singdirishga faol koʻmaklashdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn yil mobaynida oʻzini oqlagan tuzilma — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning mintaqaviy vakillari hisobot davrida joylarda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini taʼminlash, aholini oʻz soʻrovlarini ham, davlat va jamiyat qurilishi masalalarini ham hal etish sari yaqinlashtirish masalalarini hal qilishga koʻmaklashdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Ombudsmanning minaqaviy vakillari tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabul, monitoring hamda axborot-maʼrifiy tadbirlar davomida, shuningdek pochta orqali qabul qilingan 888 ta murojaati oʻrganib chiqildi. Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga murojaatlar umumiy sonining bir oz kamayganligi mintaqaviy vakillarni yangilash jarayoni, shuningdek ularning Ekspert guruhlari tarkibiga oʻzgartishlar bilan bogʻliq. Shikoyat va murojaatlarning asosiy qismi hal qilindi, huquqni himoya qilishga doir maslahatlar yoki tushuntirishlar berildi. Bunda shikoyatlarni hal etishning avvalgi yillarda ishlangan shakllari: murojaatlardagi dalillar xolisligini oʻrganish va faktlarni aniqlash uchun joylarga chiqish, mansabdor shaxslar bilan uchrashuv, hamkorlikda ishchi guruhlar tuzish, Ombudsman milliy hamkorlarining hududiy tuzilmalari koʻmagiga tayanish, sud majlislarida ishtirok etish va boshqa shakllardan faol foydalanildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi 82-II-sonli qarorini amalga oshirishga koʻmaklashdilar. Bunda parlament yuqori palatasining mazkur qarorini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandiga muvofiq Ombudsmanning mintaqaviy vakillari jamoatchilik nazoratini va amnistiyani qoʻllash oshkoraligini taʼminlash uchun ishchi guruhlar tarkibiga kiribgina qolmay, balki bunday guruhlarga boshchilik ham qildi (Qashqadaryo viloyati boʻyicha mintaqaviy vakil M. Normurodov va Inson huquqlari boʻyicha vakilning Andijon viloyati boʻyicha vakili vazifasini bajaruvchi A. Abdullayev). Bu Ombudsman mintaqaviy vakillarining nufuzi oshganligi hamda ularga aholi va davlat organlarining ishonchi kuchayganligining yaqqol namoyishi boʻldi. Ishchi guruhlar zimmasiga yuklatilgan amnistiya aktini qoʻllash borasida Inson huquqlari va erkinliklariga soʻzsiz rioya etish boʻyicha vazifalarning Ombudsmanning mintaqaviy vakillari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ishtirokida bajarilishi oʻtgan yillardagiga nisbatan samaraliroq va mazmunan chuqurroq boʻldi, chunki bunda ikki yillik faoliyat tajribasi hisobga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman mintaqaviy vakillari hamda ularning Ekspert guruhlari aʼzolarini Inson huquqlari boʻyicha vakilning xorijiy sheriklaridan va xalqaro tashkilotlar mutaxassislaridan olingan axborotlarga asoslangan holda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi ilgʻor ish usullariga oʻqitish tajribasi davom ettirildi. Chunonchi, BMT Rivojlanish Dasturining Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarga koʻmaklashishga doir loyihasi doirasida tashkil etilgan birinchi Kuzgi maktab davomida fuqarolarning inson huquqlari buzilishi bilan bogʻliq shikoyatlarini oqilona hal etish masalasi koʻrib chiqildi. Shuningdek, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari ekspert guruhlari aʼzolari Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori ofisi tomonidan tashkil etilgan oʻqish davomida murojaatlar turkumi bilan ishlash borasida zarur bilimlarni olish imkoniga ega boʻldi. Bu oʻqish fuqarolar shikoyatlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirishning tarkibiy qismi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash kerakki, Ombudsman institutining xalqaro oshkoraligi uning mintaqaviy vakillari orqali ham amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Toshkent shahri boʻyicha mintaqaviy vakil v.b. N.Nasimov Ombudsmanning AQSh Davlat kotibi oʻrinbosarlari R. Bleyk va M. Pozner, Buyuk Britaniya parlament delegatsiyasi, qator xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlari qabulida ishtirok etdi. Mazkur mintaqaviy vakilning ofisida BMT eksperti A. Yoks hamda BMT Rivojlanish Dasturining Oʻzbekistondagi missiyasi xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati boʻyicha mintavaqiy vakil v.b. Sh. Safarov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti taʼsis etilganligining 15 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda Ombudsman institutining roli” mavzuidagi xalqaro konferensiyaga Shvetsiya, Vengriya, Latviya, Polsha, MDH mamlakatlaridan kelgan qatnashchilarni qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati boʻyicha mintaqaviy vakil R. Turdiyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili delegatsiyasi tarkibida EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori zaxira koʻmagida tashkil etilgan Vengriya va Portugaliyaga oʻquv safarida boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, Toshkent shahri boʻyicha mintaqaviy vakillari yoki ularning oʻrinbosarlari Konrad Adenauer nomidagi Fond vakolatxonasi koʻmagida hamda taklif etilgan nemis ekspertlari ishtirokida tashkil etilgan “Ombudsmanning sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Habeas corpus act mexanizmini amalga oshirish borasida sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi” hamda “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida inson huquqlari madaniyatini oshirish orqali Oʻzbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlari va erkinliklarini taʼminlash” mavzusidagi seminar-konferensiyalarda faol ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning Samarqand viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili huzuridagi Ekspert guruhi aʼzosi A. Abdusalomov Jahon Sogʻliqni saqlash Tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida tashkil etilgan bemorlar huquqlari va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha mintaqaviy seminarning ikkinchi bosqichini tayyorlashda faol ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning mintaqaviy tuzilmalari ishni davom ettirib, parlament palatalarining qoʻmitalari tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlarini monitoring qilish va bajarishni taʼminlash boʻyicha tadbirlarda, Ombudsman institutining korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlarini amalga oshirishda amaliy ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barkamol avlod yilida Ombudsmanning barcha mintaqaviy vakillari taʼlim yoʻnalishi va darajasi turlicha boʻlgan oʻquv yurtlarida yoshlar bilan faol uchrashuvlar oʻtkazdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy vakillar “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati va uning quyi tuzilmalari tomonidan Oʻzbekistonning barcha hududlarida tashkil etilgan Ming yillik rivojlanish maqsadlari boʻyicha yoshlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etdi va soʻzga chiqdi. Bundan tashqari, Samarqand viloyati boʻyicha mintaqaviy vakil vazifasini bajaruvchi Sh. Safarov tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar uchun internatda sayyor qabul oʻtkazdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Inson huquqlari kuni — 2010-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining mintaqaviy vakillari keng miqyosda turli xil tadbirlar: davra suhbati, konferensiya, seminar va suhbatlar oʻtkazdi. Tarkib topgan amaliyotda birinchi marta Ombudsmanning Qashqadaryo boʻyicha mintaqaviy vakili M. Normurodov shu kuni Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 62 yilligiga bagʻishlangan “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” mavzuida matbuot konferensiyasi oʻtkazdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman mintaqaviy vakillari Inson huquqlari boʻyicha vakilning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tarkibidan boʻlgan milliy hamkorlarining quyi boʻlinmalari bilan faol hamkorlik qildilar. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining mintaqaviy vakillari huzuridagi Ekspert guruhlari aʼzolarining katta qismi fuqarolik jamiyati institutlarining faol qismi, aynan xotin-qizlar qoʻmitalari, Kasaba uyushmalari kengashlari, Advokatlar palatalari, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining mintaqaviy boʻlimlari vakillaridir. Jamoat tashkilotlarining kollegial organlari, barcha turdagi OAV imkoniyatlaridan mohirona foydalanildi. Andijon, Qashqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari boʻyicha mintaqaviy vakillar mahalliy tele- va radiokanallar orqali huquqni muhofaza qilish mavzusida bir necha marta chiqishlar qildi. Ombudsmanning mintaqaviy vakillari saʼy-harakatlari bilan viloyat, tuman va shahar darajasidagi mahalliy matbuotda, koʻp tirajli hamda idoraviy bosma nashrlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili institutining faoliyati toʻgʻrisida materiallarni joylashtirish tizimlilik kasb etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatida jiddiy yutuqlar bilan bir qatorda mahalliy darajada huquqni himoya qilish faoliyati natijador boʻlishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli sabablarga koʻra hozirda mazkur funksiyani vazifa bajaruvchilar amalga oshirib kelayotgan Andijon, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasida mintaqaviy vakil haqidagi masala oʻz yechimini kutyapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida turli sabablarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili mintaqaviy vakillarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari mahalliy kengashlari huzurida axborotlari barcha hududlarda ham eshitilmadi. Shu bilan birga, bunday axborotlarda Oʻzbekiston hududlarida inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashning eng keskin va dolzarb muammolari koʻriladi, Inson huquqlari boʻyicha vakil hamda uning mintaqaviy vakilining fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari va mahalliy norma ijodkorligi hujjatlarining tahlili, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqni qoʻllash faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni oʻz ichiga oladigan faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Bunday eshitish davomida mahalliy Kengashlar deputatlariga mamlakatimizning inson huquqlari turli toifalariga oid xalqaro majburiyatlari toʻgʻrisida axborot beriladi. Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahri boʻyicha mintaqaviy vakillar bu ishni muntazam ravishda amalga oshirib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida sanab oʻtilgan barcha omillar mintaqaviy darajada ish samaradorligini jiddiy tarzda pasaytirib yubordi. Bu esa mazkur tuzilmalar faoliyatini markaziy va mintaqaviy darajada huquqiy jihatdan ham, moddiy-texnikaviy jihatdan ham legitimlashtirish zarurligini yana bir bor koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan 1999-yilda ilgari surilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining mintaqaviy vakillari institutini taʼsis etish gʻoyasi 2000-yildan boshlaboq amaliyotga tatbiq etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy vakillar faoliyatining oʻn yillik tajribasi insonning konstitutsion huquq va erkinliklari buzilishining boshlangʻich davrda va birlamchi darajada oldini olish, hokimiyat tuzilmalarini fuqarolar manfaatlarini yanada toʻliq taʼminlashga yaqinlashtirish, davlat boshqaruvining ochiqligi va transparentligi tartibini yaratish, jamoatchilik nazorati tizimini shakllantirish maqsadida parlament Ombudsmanining joylarda fuqarolik jamiyati va davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligining oʻta samarali shaklini taklif etgan davlatimiz rahbarining uzoqni koʻra olganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Fuqarolik jamiyati institutlari va davlat tuzilmalari bilan hamkorlik qilish orqali fuqarolar hamda mansabdor shaxslarning huquqiy ongini oshirish va inson huquqlari sohasida axborot berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti faoliyatining preventiv xususiyati inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash hamda himoya qilish borasidagi milliy siyosatni har tomonlama tushuntirish uchun davlat, jamiyat va shaxsning saʼy-harakatlarini uygʻunlashtirishni nazarda tutadi. Ombudsman tomonidan hamkor tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda amalga oshirilgan faoliyat bu yoʻnalishning asosiy natijasi fuqarolar va mansabdor shaxslarning inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish kafolatlari va buning uchun javobgarlik, Oʻzbekistonda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlari, usullari va shakllari toʻgʻrisida xabardorligi oshganligi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili aholining huquqiy xabardorligiga va mansabdor shaxslarning, xususan, huquqni muhofaza qilish sohasi mansabdor shaxslarining faoliyat madaniyatini oshirishga katta eʼtibor berdi. Bunda nafaqat parlament Ombudsmanining faoliyati, balki davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning milliy amaliyoti, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, xorijiy tajriba toʻgʻrisidagi axborotlar ham jamoatchilik eʼtiboriga havola qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining maʼrifiy faoliyatida davlat hokimiyati organlari, shuningdek sud va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar mansabdor shaxslarining huquqiy taʼlimiga alohida eʼtibor berilmoqda. Mamlakatimiz davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining boʻlajak rahbarlarini tayyorlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Davlatlararo munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalar” fakulteti tinglovchilari bilan sayyor mashgʻulot oʻtkazildi. Taʼkidlash kerakki, Inson huquqlari boʻyicha vakil instituti tashkil etilgan paytdan buyon nafaqat shu oʻquv yurti, balki huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va sudlar xodimlarining malakasini oshirish oʻquv yurtlari va markazlari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari akademiyalari, Bosh prokuratura huzuridagi Oliy oʻquv kurslari, Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi, shuningdek, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji va boshqalar bilan ham faol hamkorlik qilmoqda. Maʼrifiy ishlarning qator yillar davomida sinalgan seminar, konferensiya, davra suhbati kabi va boshqa samarali shakllaridan keng foydalanildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga oʻtkazilganligi va 2008-yil 1-yanvardan boshlab oʻlim jazosi bekor qilinganligi munosabati bilan Ombudsman tomonidan ushbu jarayonni qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekiston mintaqalarida sudlar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uchun ushbu masalalar yuzasidan seminarlar tashkil etish, shuningdek bu seminarlar mavzuiga taalluqli shikoyatlarni koʻrib chiqishda Inson huquqlari boʻyicha vakil hamda uning mintaqaviy vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rolini muhokama qilish maqsadga muvofiq deb topildi. Seminarlar ikki yil mobaynida mamlakatimizning barcha mintaqalarida oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 25-maydan boshlab Toshkent shahrida davlatimiz rahbarining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlashga bagʻishlangan Farmonini ijro etish maqsadida Konrad Adenauer Fondi vakolatxonasi koʻmagida ishlab chiqilgan tadbirlar rejasiga muvofiq oʻtkazilayotan “Ombudsmanning sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida “Xabeas korpus” mexanizmini amalga oshirish borasida sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi” mavzuidagi turkum seminarlarni oʻtkazish davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konferensiya ishida ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Advokatlar palatasi va Sudyalar assotsiatsiyasi vakillari mazkur yoʻnalishda tajriba almashish hamda maʼruzalar va axborotlarda bayon etilgan tartib-taomillarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan, shuningdek interaktiv muloqot — guruhlarda amaliy rolli oʻyinlar oʻtkazish vaqtida oʻz nuqtai nazarlarini bayon qilish imkoniyatiga ega boʻldilar. Bundan tashqari, maʼruzachilarning nutqlarida Ombudsman institutining sud-huquq islohotlarida ishtirok etishining jihatlari batafsil koʻrib chiqildi, sudlar va tergov organlari bilan hamkorlikka doir aniq misollar, “Xabeas korpus” mexanizmini joriy etishga koʻmaklashish boʻyicha suddan tashqari himoya qilish organining imkoniyatlari koʻrsatib berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilning 13-iyulida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti tomonidan EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda tashkil etilgan va oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Ombudsman institutini rivojlantirishga koʻmaklashish — IV bosqich” loyihasi doirasidagi seminarlar turkumining yakuniy davra suhbati boʻlib oʻtdi. Mazkur turkum seminarlar 2007-yil sentyabrda Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Ombudsmanning ijro etuvchi va sud organlari bilan oʻzaro hamkorligi: tajriba va muammolar” mavzuidagi xalqaro konferensiya tavsiyalariga asoslangan. Turkum seminarlar yakunlariga koʻra, “Xabeas korpus” tartib-taomilini qoʻllashga doir takliflar va tanqidiy fikr-mulohazalar umumlashtirilib, ushbu yoʻnalishdagi sud amaliyotini yanada takomillashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash kerakki, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan tayyorlangan va EXHTning Oʻzbekistondagi missiyasi koʻmagida nashr etilgan ingliz tilidagi “World Ombudsmen” toʻplamining taqdimoti mazkur seminarning davomi boʻlib, bu toʻplam EXHT loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda chop ettirilgan “Dunyo ombudsmanlari” va “Ombudsmani mira” kitoblarining mantiqiy davomi boʻlib, xorijiy hamkor va kitobxonlarning Oʻzbekistonda konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni taʼminlash sohasidagi bilimlarini toʻldirish, xalqaro va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan aloqalarni yanada kengaytirish, dunyo jamoatchiligining huquqiy xabardorligini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Parlament Ombudsmani instituti faoliyatining yoʻnalishlaridan biri aholi hamda inson huquqlari sohasidagi mansabdor shaxslar oʻrtasida axborot-maʼrifiy faoliyatni amalga oshirishdan iborat boʻlib, bu yoʻnalishda mamlakatimiz hamda xorijda inson huquqlari sohasiga oid materiallarni eʼlon qilish va tarqatish alohida ahamiyat kasb etadi. Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining ushbu nashri Oʻzbekiston parlament Ombudsmani taʼsis etilganligining oʻn besh yilligiga bagʻishlanganligi diqqatga sazovor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil mobaynida “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida inson huquqlari madaniyatini oshirish orqali Oʻzbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlari va erkinliklarini taʼminlash” mavzuida turkum seminar-konferensiyalar oʻtkazildi. Mazkur turkumdagi seminar-konferensiyalarni parlament Ombudsmani va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan bitim doirasida Konrad Adenauer nomidagi Fondning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida mamlakatimizning barcha mintaqalarida davom ettirish rejalashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu turkumdagi birinchi konferensiya 2010-yilning 19-20-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bazasida boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament Ombudsmanining 2010-yildagi barcha tadbirlari kabi ushbu konferensiya ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti taʼsis etilganligining 15 yilligiga bagʻishlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konferensiya ishida Ombudsmanning milliy hamkorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Adliya va Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Bosh prokuratura, Oliy sud huzuridagi tadqiqotchilik markazi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy markazi, Sudyalar asotsiatsiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, shuningdek qator fuqarolik institutlari — “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Oʻzbekiston Advokatlar palatasi, Demokratiya va inson huquqlari instituti vakillari ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur turkum doirasida Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida sayyor seminar-konferensiyalar oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash kerakki, har ikkala turkum seminar-konferensiyalarni oʻtkazish davomida ishtirokchilar mahkumlar huquqlarining taʼminlanishini doimiy monitoring qilish doirasida ushbu mintaqalarda joylashgan jazoni ijro etish muassasalarida boʻlib, nafaqat bu joylarda saqlanayotganlar (birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar, ayollar, bemorlar), balki jazoni ijro etish tizimi xodimlari bilan ham suhbatlar va tushuntirish ishlarini olib bordilar, tibbiyot boʻlinmalari, ovqatlanish joylari, kutubxonalarning ahvoli, moddiy-texnika jihozlarini koʻzdan kechirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barkamol avlod yili doirasida “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati hamda qator davlat idoralari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarga hamohang tarzda mamlakatimizning barcha hududlarida “Ming yillik rivojlanish maqsadlari: muhokama, munosabat va tahlil” mavzuida yoshlar bilan suhbat-uchrashuvlar oʻtkazildi. Bu uchrashuvlar davomida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan Inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, aholini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar, malakali taʼlim olishning ahamiyati, tarbiya jarayonlarini amalga oshirishda davlat idoralari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va yoshlar tashkilotlarining masʼuliyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Inson huquqlari kunida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 62 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatida inson huquqlari madaniyatini oshirish orqali Oʻzbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlari va erkinliklarini taʼminlash” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Rivojlanish Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Inson huquqlari boʻyicha vakil huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya aʼzolari, mintaqaviy vakillar hamda ularning Ekspert va ishchi guruhlari aʼzolari, Kotibiyat xodimlari, Ombudsmanning bir qator hamkor tashkilotlari vakillari uchun “Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish mexanizmini takomillashtirish” mavzuida inson huquqlari boʻyicha birinchi Kuzgi maktab oʻtkazildi. Bu tadbir BMT Rivojlanish Dasturi eksperti — Estoniyaning sobiq Adliya kansleri (Ombudsmani) Allar Yoks ishtirokida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti vakillarini chet el, xususan Estoniya va boshqa Yevropa davlatlari tajribasi bilan tanishtirish, fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, ombudsmanlarning inson huquqlarini himoya qilish sohasida sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi muammolarini muhokama qilish va takomillashtirish mexanizmlarini belgilash, shuningdek, Ombudsman mintaqaviy vakillarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash, yangi ish shakllarini amaliyotga joriy etish maqsadida oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash va himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga binoan Inson huquqlari boʻyicha vakil instituti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi. Bunday hamkorlikni amalga oshirishning asosiy prinsiplari inson huquqlarini umumhurmat qilinishi va ularga rioya etilishini, shuningdek ular ragʻbatlantirilishini taʼminlash maqsadida uzoq muddatli oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy ishlari quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga asoslanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro, mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ombudsmanning xalqaro va mintaqaviy institutlarga aʼzoligi doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va xalqaro institutlarni hamda inson huquqlarini himoya qilish tartib-taomilini yanada takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi milliy institutlari bilan aloqalarni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyalarni oʻtkazish va ularda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishi, Ombudsmanning Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilishga doir faoliyati toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilik oʻrtasida axborot tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning faoliyati davrida BMTning Rivojlanish Dasturi BMT RD, Jahon Sogʻliqni saqlash Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi kabi xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida BMT Bolalar fondi (YUNISEF) vakolatxonasi bilan aloqalar oʻrnatildi. Vakolatxona boshligʻi Jan-Mishel Delmot bilan uchrashuvlar davomida YUNISEF missiyasining ombudsman instituti bilan oʻzaro hamkorlikka tayyorligi tasdiqlandi hamda Ombudsman Kotibiyati xodimlarini bolalar murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitishga doir takliflar bildirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil va Yevropa Ittifoqi Komissiyasining oʻzaro hamkorligi muntazam yoʻlga qoʻyildi, bu mazkur nufuzli tuzilmalarning salohiyatidan fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmi samaradorligini oshirish uchun foydalanish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Koʻmaklashuv dasturlari Koordinatori boshchiligidagi delegatsiyasi bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar yakunlariga koʻra 2010-yil 15-yanvar kuni Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Tashqi aloqalar boʻyicha bosh direktoratida Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi “Yevropa uyi” vakolatxonasi boshligʻi Pyer-Pol Antunissens Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi — Yevropa Ittifoqi” Parlament Ittifoqi Komissiyasining 8-majlisida qatnashuvchi Paolo Bartolotstsi boshchiligidagi Yevropa parlamenti delegatsiyasi qabul qilindi. Yevropa parlamenti delegatsiyasiga Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan 15 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, davlat organlari va jamoat tashkilotlari, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar ombudsmanlari, shu jumladan Shvetsiya, Ispaniya, Fransiya, Polsha, Slovakiya, Bolgariya ombudsmanlari bilan shartnoma asosidagi oʻzaro hamkorlik, Portugaliya Adliya provedori bilan tayyorlanayotgan bitim, “Ombudsmani mira” va “World ombudsmen” toʻplamlarida eʼlon qilingan maqolalar, shu jumladan yevropalik mualliflarning maqolalari, Yozgi va Kuzgi maktablarni oʻtkazish uchun (Polsha, Bolgariya va Estoniyadan) Oʻzbekistonga kelgan yevropalik mutaxassislarning tashrifi, (Buyuk Britaniya) inson huquqlari boʻyicha institutlarining samaradorligini baholash toʻgʻrisidagi axborotlar taqdim etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Inson huquqlari boʻyicha vakilning Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasining Oʻrta Osiyo boʻyicha Mintaqaviy vakolatxonasi bilan aloqalari rivojlandi. Bu aloqalar Mintaqaviy vakolatxona boshligʻi, uning xodimlari bilan uchrashuvlar hamda ozodlikdan mahrum etish joylarida inson huquqlariga rioya etilishi boʻyicha vaziyat toʻgʻrisida axborot almashuv asosida amalga oshirildi. Ombudsman tomonidan Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasining Mintaqaviy vakolatxonasi boshligʻi Iv Jovannonini qabul qilinishi chogʻida mahkumlarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha hamkorlikdagi faoliyat yoʻnalishlari, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun turkum seminarlar oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi xodimlari hamda mahkumlar uchun risolalar nashr etish masalalari muhokama qilindi. Muloqot Mintaqaviy vakolatxonaning yangi boshligʻi Iv Arnoldi bilan ham davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman institutining institutsional salohiyatini mustahkamlashga va uning mintaqaviy vakillari barqaror rivojlanishiga koʻmaklashish, shuningdek Inson huquqlari boʻyicha vakilning davlat organlari, shu jumladan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorligi shakllari va usullarini takomillashtirish maqsadida Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda 2010-2011-yillarga moʻljallangan “Oʻzbekiston Respublikasining Ombudsman institutini rivojlantirishga koʻmaklashish — V bosqich” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur loyiha doirasida Inson huquqlari boʻyicha vakilning davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirish maqsadida EXHT loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda 2010-yil 13-iyul kuni “Ombudsmanning ijro etuvchi va sud organlari bilan oʻzaro hamkorligi: tajriba va muammolar” mavzuida yakuniy seminar oʻtkazildi. Ushbu seminarning asosiy maqsadlaridan biri sudlar tomonidan qamoqqa olishga sanksiyalar berish chogʻida yuzaga keladigan muammolarni, Ombudsman vakilining sud jarayonida ishtirok etishi, Ombudsmanning xulosalarini koʻrib chiqish, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni qoʻllash, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek Ombudsmanning ijro etuvchi organlar bilan hamkorlikdagi ishchi guruhlari faoliyati samaradorligi kabi masalalarni muhokama qilishdan iborat edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili hamda EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori tomonidan tashkil etilgan, 2010-yil 9-sentabrda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda Ombudsman institutining roli” mavzuidagi xalqaro konferensiya xorijiy mamlakatlarning ombudsmanlari oʻrtasida ijobiy baholandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konferensiya ishida Shvetsiya, Vengriya, Polsha, Bolgariya, Latviya, Ukraina, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston Ombudsman institutlarining, Fransiya Adliya vazirligi, shuningdek EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, EXHTning Dushanbe, Bishkek, Almatidagi missiyalari, Konrad Adenauer nomidagi Fond kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari, deputatlari, respublika davlat organlari va nohukumat tashkilotlarining vakillari, mutaxassislar, olimlar ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatining fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha xalqaro tajribani, Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish sharoitlarida Ombudsmanning davlat organlari, nohukumat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qildilar, fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar bilan hamkorligi samaradorligini oshirish muammolari oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil bilan EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori oʻrtasidagi hamkorlikning yoʻnalishlaridan biri xorijiy mamlakatlar Ombudsman institutlarining ish uslublari bilan tanishishga qaratilgan oʻquv safarlarini tashkil etish va oʻtkazishdan iboratdir. 2010-yilning 8 — 12-noyabr kunlari Inson huquqlari boʻyicha vakil delegatsiyasining Vengriya va Portugaliyaga inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar oʻrtasida tajriba almashish uchun oʻquv tashrifi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) S.Sh. Rashidova, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Devonining yetakchi konsultanti A. Rasulev, Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya aʼzosi D. Gʻulomova, Ombudsmanning Sirdaryo viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili R. Turdiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili Kotibiyatining katta referenti D. Muratovalar boʻlgan delegatsiya Vengriya va Portugaliya ombudsman institutlarini borib koʻrdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili delegatsiyasining Vengriyada boʻlishi vaqtida Vengriya Parlament ombudsmanlari Devoni rahbari Atilla Peterfalvi, Shaxsiy maʼlumotlar va axborot erkinligini himoya qilish boʻyicha ombudsman Andras Yori, Boʻlajak avlodlar uchun ombudsman Sandor Fyulop bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, Budapesht shahridagi qamoqxonaga safar uyushtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budapesht shahridagi tergov izolyatorini borib koʻrish chogʻida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili delegatsiyasi mahkumlarning dastlabki qamoq joylarida boʻlishi tartibi va sharoitlari bilan tanishdi. Ushlab turilganlar hamda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning huquqlari taʼminlanishiga, mahkumlar bilan muomalada boʻlish xususiyati va tartibiga alohida eʼtibor qaratildi. Mahkumlarning murojaatlarida koʻtarilgan asosiy muammolar qamoqxonalarning toʻlib ketganligi, ovqatlanish, tibbiy xizmat sifati va soniga taalluqli masalalardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston delegatsiyasining Portugaliya Adliya provedori A. Xose de Sous bilan uchrashuvi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili va Adliya provedori institutlarining faoliyati toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashinuvi boʻlib oʻtdi, shuningdek ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi aʼzolarini qutlar ekan A. Xose de Sous Oʻzbekiston bilan Portugaliya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama aloqalar rivojlanishining ijobiy tamoyilini yuqori baholadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 10-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili bilan Portugaliya Respublikasi Adliya provedori oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili bilan BMT Rivojlanish Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasidagi hamkorlik davom etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan BMT Rivojlanish Dasturining 2010 — 2015-yillarga moʻljallangan Oʻzbekistonda mamlakatlararo dasturni amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasining 4.42-bandini bajarish doirasida “Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning salohiyatini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilayotgan boʻlib, bu loyiha tashkilotchilaridan biri Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilidir. Ushbu loyiha doirasida 2009-yilda BMTning Rivojlanish Dasturi tomonidan Oʻzbekistonda Ombudsman instituti faoliyatining samaradorligini mustaqil baholash tashkil etildi va bunday baholash mustaqil ekspert Richard Karver tomonidan amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash missiyasining xulosalari asosida Inson huquqlari boʻyicha vakil faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2010-yil 13-noyabrdan 30-noyabrgacha boʻlgan davrda BMTning Rivojlanish Dasturi eksperti, Estoniyaning sobiq Adliya kansleri Allar Yoksning tashrifi uyushtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida Butunjahon Sogʻliqni saqlash Tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikni davom ettirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Konrad Adenauer nomli Fondning vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlik davom etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro va mintaqaviy Ombudsman institutlariga aʼzolik doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga muhim ahamiyat bergan holda Inson huquqlari boʻyicha vakil Xalqaro ombudsman instituti hamda Yevropa ombudsman instituti faoliyatida oʻz ishtirokini davom ettirdi. Bu axborotlar almashish, materiallar eʼlon qilish, rahbar organlarni saylashda hamda inson huquqlari va ombudsmanlar faoliyati masalalariga doir tadbirlarda ishtirok etish yoʻli bilan amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo mamlakatlarining ombudsmanlari va inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishda Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasiga aʼzolik dolzarb ahamiyatga ega boʻlib, u koʻp tomonlama darajadagi aloqalarni rivojlantirish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil inson huquqlariga doir xalqaro va mintaqaviy anjumanlar ishida ham faol qatnashmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-25-avgust kunlari (Filippin) Manila shahrida Osiyo Taraqqiyot Bankining koʻmagida Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Osiyoda ombudsman institutini kuchaytirish” mavzuidagi mintaqaviy konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada qatnashish uchun Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasining barcha aʼzolari, ular qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili ham taklif etildilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konferensiyada Osiyoning 26 ta mamlakatidan kelgan ombudsmanlar, Xalqaro Ombudsman Institutining sobiq raisi, Ayova shtati (AQSh) Ombudsmani Bill Engrik, Ontario provinsiyasi (Kanada) Ombudsmani Andre Marin, shuningdek Hindiston, Pokiston, Gonkongdan yetakchi ekspert-olimlar, Osiyo Taraqqiyot Banki mutaxassislari ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyalar majlislarida hamda konferensiya qatnashchilari bilan suhbatlar vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili Oʻzbekistonda Ombudsman faoliyati toʻgʻrisida, demokratik islohotlar jarayonlari va huquqiy davlat barpo etish haqida axborot berdi. Munozaralar qizgʻin boʻlganligi konferensiya qatnashchilarining Oʻzbekiston Ombudsmani faoliyatiga qiziqishlari katta ekanligidan dalolat berdi. Konferensiyaning Hindiston, Janubiy Koreya, Pokiston hamda Osiyoning boshqa bir qator mamlakatlaridan kelgan qatnashchilari Shvetsiya Ombudsman institutining 200 yilligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti taʼsis etilganligining 15 yilligi sharafiga ingliz tilida chop etilgan “World ombudsmen” kitobini yuqori baholadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakilning xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlar ombudsmanlari, shuningdek diplomatik missiyalar bilan hamkorligi yangi shakllarda va mazmunda davom etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Volfgang Noyenni qabul qildi. Uchrashuv chogʻida demokratik institutlar faoliyati, Ombudsman instituti faoliyatining istiqbollari, shu jumladan Germaniya davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirishga doir masalalar muhokama qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 18-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kanada Tashqi ishlar vazirligining parlament kotibi Dipak Obrayni qabul qildi. Uchrashuv chogʻida ikki tomonlama munosabatlar, shu jumladan gumanitar sohadagi munosabatlar, Kanadada va Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Xorijlik sheriklar, shu jumladan Kanada mintaqaviy ombudsmanlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik alohida taʼkidlab oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman ofisida Niderlandiya Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ronald Keller qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi parlamentining “Britaniya — Oʻzbekiston” Umumpartiya guruhi delegatsiyasi rahbari Jon Desmond Veyverli qabul qilindi. Qabul chogʻida Ombudsmanning parlament nazorati va xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shu jumladan Angliya, Uels va Shimoliy Irlandiyaning britan parlamentlari va ixtisoslashgan ombudsmanlari bilan oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisida taqdimot boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Inson huquqlari boʻyicha vakil ofisiga AQShning Xalqaro rivojlanish boʻyicha agentligi (USAID)ning Janubiy va Markaziy Osiyoda demokratiya va boshqaruv masalalari boʻyicha maslahatchisi Gevin Xelf tashrif buyurdi. U oʻzaro muloqot va davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish muhimligini alohida taʼkidladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 6-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi huzuridagi AQShning Xalqaro rivojlanish boʻyicha agentligi (USAID)-ning dasturlarni rivojlantirish boʻyicha mutaxassisi Sara Byukenenni qabul qildi. Uchrashuv chogʻida USAID tomonidan ishlab chiqilayotgan davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha loyiha muhokama etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) S. Rashidova AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha yordamchisi Robert Bleyk hamda Demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari boʻyicha yordamchisi Maykl Poznerni qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Inson huquqlari boʻyicha vakilning faoliyati, u tomonidan mamlakatimiz hududida oʻtkazilayotgan inson huquqlari monitoringlari, milliy va chet ellik sheriklar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, jazoni ijro etish boʻyicha ombudsmanlarni taʼsis etish toʻgʻrisida axborot berdi. Fuqarolarning murojaatlari, ularning xususiyati va soni toʻgʻrisidagi masala atroflicha koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning faoliyati Ombudsman ofisiga tashrif buyurgan Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Inson huquqlari boʻyicha vakili Patrisiya Florda ham qiziqish uygʻotdi. Uchrashuv davomida parlament ombudsmanining milliy va xorijiy sheriklar bilan oʻzaro hamkorligi, fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish mexanizmlari, bolalar mehnatini tartibga solish, GFR va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro foydali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari yuzasidan oʻzaro fikr almashinuvi boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston — Germaniya munosabatlarini rivojlantirish doirasida Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining Inson huquqlari va gumanitar yordam boʻyicha vakili Markus Lyonning ham Inson huquqlari boʻyicha vakil ofisida boʻldi. Uchrashuv vaqtida M. Lyonning GTM va Germaniya Inson huquqlari instituti faoliyati doirasida oʻzaro foydali hamkorlikni davom ettirish nuqtai nazarini bildirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammad Vohid ul Hasanni qabul qildi. Uchrashuv chogʻida ombudsmanlar delegatsiyalarining Pokiston va Oʻzbekistonga oʻzaro tashriflarini tashkil etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining Pokiston Respublikasi Federal ombudsmani bilan yoʻlga qoʻygan oʻzaro hamkorligi shakllari toʻgʻrisidagi masalalar muhokama qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) S. Rashidova Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Fransua Gotyeni qabul qildi. Uchrashuv davomida Ombudsman Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili institutining tashkil etilishi tarixi, uning maqomi va vakolatlari, mintaqaviy vakillari va ixtisoslashtirilgan ombudsmanlar, sud-huquq sohasidagi islohotlarda ishtirok etish, parlament hamda EXHTning Oʻzbekistondagi missiyasi bilan oʻzaro hamkorlik, tuzilgan bitimlar, shu jumladan Fransiya Respublikasi Mediatori J-P. Delevua bilan tuzilgan bitim toʻgʻrisida axborot berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyatini tahlil qilish xorijiy mamlakatlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlari va milliy muassasalari bilan inson huquqlariga rioya etilishini, uni himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalari borasida uzoq muddatli oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010-yil 12-noyabrda Oʻzbekiston parlamenti palatalarining qoʻshma majlisida soʻzlagan dasturiy nutqi, unda bayon etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi Ombudsmanning fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro faol hamkorlik qilishiga yangi turtki berdi. Ombudsmanning faoliyat koʻrsatish tajribasi shundan dalolat beradiki, uning demokratik boshqaruv va aholi farovonligini taʼminlashning zarur sharti sifatida ochiq demokratik huquqiy davlatni barpo etishda hal qiluvchi rol oʻynaydigan fuqarolik jamiyatining turli unsurlari bilan hamkorligi Oʻzbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda himoya qilishning turli yoʻnalishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti tomonidan butun hisobot davri mobaynida olib borilgan amaliy ishlarda oʻz ifodasini topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament palatalarining qoʻshma majlislarida davlatimiz boshligʻi tomonidan belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar, xususan inson huquqlarini yanada toʻliq taʼminlash hamda davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini isloh qilishni chuqurlashtirish sohasidagi ustuvor vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ni quyidagi vazifalarni bajarishga yoʻnaltiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan belgilab berilgan qonun loyihalarini tayyorlashda qonunchilik tashabbusi subyektlariga har tomonlama koʻmaklashish, ushbu qonun loyihalarining inson va fuqaro huquq va erkinliklarini yanada toʻliq taʼminlash hamda himoya qilishga qaratilganligiga doir ekspert baholashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament palatalarining qoʻmitalari va inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar bilan hamkorlikda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokida Oʻzbekistonda inson huquqlarining barcha toifalarini har tomonlama roʻyobga chiqarish uchun Inson huquqlari sohasidagi harakatlar Milliy dasturlarini ishlab chiqish, aholi huquqiy madaniyatini oshirishning yangi mexanizmlari va yoʻllarini izlash, davlat organlari, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar va jamoat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining huquqni taʼminlovchi vazifalarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining huquqni qoʻllash faoliyati ustidan parlament nazorati mexanizmlarini takomillashtirish bilan samarali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil — “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb eʼlon qilinganligiga asoslanib davlat institutlari faoliyatining barcha jihatlarini isloh qilishga koʻmaklashish, bunda fuqarolarning iqtisodiy tashabbuslarini hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNT va OAV faolligini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda boshqa manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent shahri misolida, keyinchalik esa mamlakatimizning barcha mintaqalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali fuqarolarning munosib hayot kechirishga boʻlgan huquqini taʼminlash yuzasidan monitoring tekshiruvlari oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti uchun mamlakatimiz rahbariyatining demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid yangi tashabbuslariga asoslangan holda Oʻzbekistonda inson va fuqaro huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda himoya qilishga doir davlat siyosatini roʻyobga chiqarish borasidagi amaliy vazifalarni bajarish boʻyicha strategik yoʻlni tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 3-son, 72-modda)