28.03.2009 yildagi 642-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2008-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2008-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
642-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2008-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda inson va fuqaroning huquqlari va erkinliklariga rioya qilish toʻgʻrisida taqdim etilayotgan hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning faoliyatini tartibga soluvchi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr Oʻzbekistonning oʻz demokratik taraqqiyot yoʻliga sodiqligini, fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning huquqiy maqomi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga harakat qilayotganligini tasdiqlovchi davlat rahbarining “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qoidalarini amalga oshirishga bagʻishlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi parlament Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining Qoʻshma qarori hamda mamlakat hukumatining “Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi toʻgʻrisida”gi Qarori jamiyat hayotining barcha tomonlarini modernizatsiya qilish va yangilash, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, davlat va jamiyat qurilishida islohotlarni amalga oshirish sharoitlarida Ombudsman institutiga fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish imkoniyatini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament ombudsmani fuqarolik jamiyati instituti boʻlgani holda zimmasiga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlarni amalga oshirish, shuningdek aholi ishonchini qozonish maqsadida inson huquqlarining barcha kategoriyalarini yanada toʻliqroq taʼminlash boʻyicha milliy va xorijiy hamkorlari bilan faol hamkorlik qildi. Ushbu faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) instituti doimiy ravishda mamlakat rahbariyati tomonidan siyosiy madad, Oʻzbekiston parlamenti va hukumati tomonidan har tomonlama koʻmak olib turdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir vaqtda oʻz faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini yanada shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar sharoitida fuqarolar manfaatlariga rioya qilish va ularni taʼminlash yuzasidan davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan hamkorlik olib borishning yoʻllari va mexanizmlarini qidirish jarayoni toʻxtab qolgani yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning hisobotiga inson huquqlari sohasida milliy qonunchilikni takomillashtirish va uning bajarilishini monitoring qilish, fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish, axborot-maʼrifiy ishlar va xalqaro hamkorlik, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasida aniqlangan muammolar va ularni hal etish yoʻllarini oʻrganish bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha kalendar yilda olib borilgan faoliyat natijalari kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga kelib tushgan fuqarolar murojaatlarini jamiyatning turli kategoriyalari va qatlamlari bilan uchrashuvlar va oʻtkazilgan tadbirlarni milliy va xorijiy hamkorlarning materiallarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida qayd etilgan maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish orqali amalga oshirilayotgan inson huquqlari sohasidagi ahvolni monitoring qilish Ombudsman faoliyatining asosiy va sinab koʻrilgan vositasi boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hisobotga inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyatining barcha jihatlarini oʻn uch yillik davr mobaynida orttirilgan tajriba va ombudsmanlarning jahon amaliyotida qabul qilingan standartlar asosida batafsil koʻrib chiqish imkonini beruvchi statistik maʼlumotlar ham qoʻshilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Inson huquqlari sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish va ularga rioya etilishi monitoringi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2008-yil 1-maydagi “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni mamlakatda demokratik institutlarni rivojlantirishga kuchli omil baxsh etdi. Mazkur Farmon mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan katta eʼtiborning amaliy tasdigʻi boʻlib xizmat qildi, shuningdek inson huquqlari boʻyicha milliy muassasalar ishining huquqiy kafolatlarini kuchaytirdi, inson huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnik sharoitlarni yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini takomillashtirish va uni xalqaro meʼyorlarga muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar murojaatlarini, monitoring tadqiqotlari natijalarini oʻrganish va tahlil qilish asosida Inson huquqlari boʻyicha vakil qonunlarning amaliy samaradorligini baholaydi, inson huquqlari buzilishlarini va ularning sabablarini tadqiq qiladi, qonunchilikdagi boʻshliqlarni aniqlaydi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarning ularning fuqarolar huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelishi boʻyicha ekspert baholanishini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish boʻyicha Ombudsman faoliyati fuqarolar shikoyatlari va murojaatlarini tahlil qilish; qonun hujjatlari nomukammalligi sababli muntazam ravishda sodir etilgan huquqbuzarliklarni aniqlash; amaldagi qonun hujjatlarini monitoring qilish, ulardagi boʻshliqlarni aniqlash, ushbu qonun hujjatlarini qoʻllash bilan bogʻliq holda inson huquqlari buzilishi sabablarini tahlil qilish; parlamentda koʻrib chiqish uchun kiritilgan qonun loyihalarini ekspertiza qilish; qonunchilikdagi aniqlangan nomukammallik holatlari boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga murojaat qilish; Inson huquqlari boʻyicha vakilning maʼruzalarida qonun hujjatlarida takomiliga yetmagan holatlar toʻgʻrisida axborot taqdim etish; inson huquqlariga oid ahvolni yaxshilashga qaratilgan qonun loyihalarini tayyorlash va ularni parlamentga koʻrib chiqish uchun kiritish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibida faoliyat yuritish; inson huquqlariga doir xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash asosida amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan 22 ta qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar loyihalari boʻyicha ularni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va meʼyorlariga muvofiq holga keltirishga, qonun hujjatlaridagi ziddiyatlarni bartaraf etishga, ulardagi boʻshliqlarni toʻldirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan takliflar bilan xulosalar taqdim etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan faoliyati maʼlum darajada Vakilning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, ularning qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari bilan oʻzaro hamkorligiga bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakil parlamentning quyidagi qoʻmitalari bilan faol hamkorlik qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi (10 ta qonun loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar kiritildi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi (2 ta qonun loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar kiritildi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (2 ta qonun loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar kiritildi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (1 ta qonun loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar kiritildi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi (1 ta qonun loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar kiritildi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish lozimki, Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorligi, nafaqat inson huquqlarining turli kategoriyalarini qamrab oluvchi qonun loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yoʻli bilan, balki inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringi yakunlari boʻyicha axborot almashish va inson huquqlari sohasida birgalikda uchrashuvlar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlarini tashkil etish hamda oʻtkazish, tadbirlarda ishtirok etish orqali ham amalga oshirildi. Misol uchun, Inson huquqlari boʻyicha vakil Kotibiyatining xodimlari tashkilotchilari Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi boʻlgan konferensiyalar, seminarlar ishlarida faol ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda Ombudsman oʻz saʼy-harakatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratdi. Parlamentning yuqori palatasi bilan hamkorlik inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarining ijrosi boʻyicha monitoringlar oʻtkazishda, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek inson huquqlariga rioya etilishi boʻyicha ahvol toʻgʻrisida axborotlar almashish orqali inson huquqlariga rioya etilishi sohasidagi nazorat faoliyatini takomillashtirishga qaratildi. Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2008-yil 28-avgustdagi 530-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Qarori bilan Senat amnistiya boʻyicha jazodan ozod qilinuvchi shaxslarga nisbatan ishlar va materiallarni sudda koʻrib chiqish tartib-taomilini oʻrnatuvchi amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash tartibini belgilab berdi. Bunda amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatni qoʻllashda jamoatchilik nazorati hamda tartib-taomilning oshkoraligini amalga oshirishda senatorlar, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili mintaqaviy vakillarining ham faol ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning Qiynoqlarga qarshi qoʻmitasi tavsiyalarini bajarish maqsadida 2008-yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda BMTning Qiynoqlarga solishga hamda muomalada boʻlish va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiyasi qoidalari bajarilishining borishi, shuningdek mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalarida inson huquqlari taʼminlanishining holati muhokama qilindi. Barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbarlari ishtirokidagi parlament qoʻmitasi majlisida BMTning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Konvetsiyasini bajarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan amaliy hamkorlikni oʻrnatdi. Sudlarda qabul qilinayotgan hal qiluv qarorlarining inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq kelishi boʻyicha Oliy sud Plenumi qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish Ombudsman faoliyatining amaliy yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Vakil “Bir qancha jinoyat sodir etilgandagi qilmishlarni tavsiflash masalalari toʻgʻrisida”gi, “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi, “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etdi. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq Vakil shikoyatlarni koʻrib chiqishda, shuningdek oʻz tashabbusi bilan tekshiruvlar oʻtkazishda aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar boʻyicha tekshiruvda koʻmaklashishni soʻrab tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga murojaat qilishi mumkin. Shu munosabat bilan Vakil tomonidan Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili iltimosnomasi boʻyicha sudning hukmiga, ajrimi (qarori)ga protest kiritish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻz vakolati doirasida tekshirish hamda masalani qonuniy hal etish uchun suddan har qanday jinoyat ishini talab qilib olishi mumkin, degan qoidani kiritish taklif etildi. Mazkur qoidaning kiritilishi Inson huquqlari boʻyicha vakilga odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha sudlar faoliyatiga aralashmasdan, qonuniy kuchga kirgan sudning hukmi, ajrimi (qarori)ga nisbatan protest kiritish huquqiga ega boʻlgan shaxsga iltimosnoma bilan chiqish imkonini berar edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va meʼyorlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining sudlarda qoʻllanishi sud organlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holat fuqarolarning adolatli sud muhokamasiga boʻlgan huquqini toʻlaroq taʼminlash imkoniyatini yaratishini hisobga olib, Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumlarining “Sudlar tomonidan xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va meʼyorlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining qoʻllanishi toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ekspertizadan oʻtkazildi. Ombudsmanning taklif va mulohazalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud ekspertizasini tayinlash, u boʻyicha ish yuritish, shuningdek ekspertiza xulosasini baholashda kelib chiqadigan sud amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori loyihasi koʻrib chiqildi. Ombudsmanning taklifida ekspertiza oʻtkazishni topshirish mumkin boʻlmagan shaxslarning roʻyxatini koʻrsatish, ekspertizaga taqdim etilgan materiallar va hujjatlarni qabul qilish va oʻrganish boʻyicha ekspert vazifalarini belgilab qoʻyish; bilaturib yolgʻon xulosa berganlik yoki uzrsiz sabablar boʻyicha xulosa berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlikni belgilab qoʻyish, ekspert xulosasida oʻz aksini topishi kerak boʻlgan savollar roʻyxatining belgilab qoʻyilishi va boshqa shu kabi qoidalar bor edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-maydagi “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni inson huquqlari boʻyicha milliy muassasalarni rivojlantirishda muhim bosqich boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturining 1.2 bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-maydagi PF-3994-raqamli Farmoniga 1-ilova) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga milliy qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar kiritishni koʻzda tutadi. Koʻrsatib oʻtilgan qoidalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq ravishda Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi tayyorlandi. Qonun loyihasi vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari bilan kelishilgandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish uchun yuborildi. Amaldagi qonun hujjatlarini Ombudsman toʻgʻrisidagi qonunga muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishchi guruhlarida, siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislarida muhokamadan oʻtdi. 2008-yil noyabrida qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi va maʼqullash uchun Senatga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning vazifalaridan biri inson huquqlari sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining ish tajribasi, xorijiy mamlakatlar ombudsmanlari faoliyatining amaliyoti qonun hujjatlaridagi mavjud nuqsonlarni aniqlashga imkon berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 30-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qarori va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-sentabrdagi 219-sonli “Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlar kompleksi toʻgʻrisida”gi Qarorini bajarish boʻyicha Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etish joylarida mahbuslar huquqlariga rioya etishni taʼminlash maqsadida Ombudsman tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklarining baʼzi normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish taklif etildi. Ichki ishlar vazirining 2001-yil 8-maydagi 118-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 8-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan Ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish boʻyicha muassasalarning ichki tartibi qoidalarini shikoyatlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), u bilan teng ravishda, uning vakili jazoni oʻtash muassasasiga maxsus ruxsatnomasiz kira olish huquqiga egaligi toʻgʻrisidagi qoida bilan toʻldirish taklif etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlarini samarali amaliy taʼminlab berishga inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish va himoya qilishni amalga oshirishning tizimli monitoringi xizmat qiladi. U qabul qilingan qonunlarni amalga oshirish boʻyicha parlament nazoratini, amaldagi qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq kelishini monitoring qilishni oʻziga qamrab oladi. Monitoring natijalari davlat organlariga oʻz ishlarini muvofiqlashtirish hamda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha tezkor va asosli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakil va uning mintaqaviy vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida fermyerlar huquqlarini taʼminlash monitoringi davom ettirildi. Monitoringning asosiy maqsadi fermyerlar huquqlariga rioya qilinishi boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi ahvolni oʻrganish, fermerlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda fermyerlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturining 1.2. bandi qoidalarini bajarish maqsadida, Inson huquqlari boʻyicha vakil Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunlarga rioya qilinishi monitoringini boshladi. Monitoring oʻtkazishda ishtirok etish uchun Ombudsman, adliya, ichki ishlar, prokuratura organlari, advokatura, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, “Ijtimoiy fikr” markazi vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzildi. 2009-yilda mazkur monitoringni mamlakatning boshqa mintaqalarida ham davom ettirish koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan 2009-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ruhiy kasallikka chalingan shaxslar huquqlariga rioya etilishining monitoringini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2008-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Qarorining ijrosi boʻyicha Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan mintaqaviy vakillarga oshkoralik va adolat tamoyillarini taʼminlab berish maqsadida amnistiya hujjatini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar ishlarida ishtirok etish topshirilgan edi. Ombudsmanning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Andijon, Fargʻona va boshqa viloyatlar boʻyicha mintaqaviy vakillari senatorlar, mahalliy vakillik organlari deputatlaridan iborat ishchi guruhlar ishlarida ishtirok etishdi. Xususan, Ombudsmanning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha mintaqaviy vakili sudlar tomonidan 9-sonli tergov hibsxonasidan 10 nafardan ortiq shaxsga nisbatan amnistiya toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda ishtirok etdi. Ombudsmanning Toshkent shahri boʻyicha mintaqaviy vakili 1-sonli tergov hibsxonasiga hamda Zangiotadagi tarbiya koloniyasiga tashrif buyurib, tegishli guruhlar ishida ishtirok etdi. Shu bilan birga, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi Ombudsmanning mintaqaviy vakillari ushbu ishga toʻliq darajada jalb etilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashishning samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-911-sonli Qarori bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika Idoralararo komissiyasining 2008-yil 23-iyuldagi majlisi natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan ishchi guruhi tuzildi hamda Ombudsmanning instituti 2008-2009-yillarga moʻljallangan tadbirlar Rejasi tasdiqlandi, shunga muvofiq ravishda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan tegishli ishchi guruhlari tuzildi va tadbirlar rejalari tasdiqlandi. Mintaqaviy vakillarga qilingan ishlar toʻgʻrisida doimiy ravishda axborot berib turish, shuningdek tahliliy ishchi guruhi va odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo hududiy komissiyalar faoliyatiga faol koʻmaklashish topshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonining 7-bandiga muvofiq Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Adliya vazirligida, Bosh prokuraturada, Ichki ishlar vazirligida tashkil etilgan inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha boʻlimlar faoliyati oʻrganilib, tanqidiy baholandi. Tekshiruvlar oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarida Ombudsmanning Kotibiyati hodimlari va mintaqaviy vakillari bevosita ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash sohasidagi faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) fuqarolar oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishning boshqa huquqiy vositalaridan foydalanib boʻlgandan keyingi shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishga daʼvat etilgan, inson huquqlarini himoya qilishning suddan tashqari organi hisoblanadi. Ombudsman davlat organi va fuqaro oʻrtasidagi nizolarni hal etish yoʻllari toʻgʻrisidagi oʻz tavsiyalarini kiritish yoʻli bilan insonning buzilgan huquqlarini tiklashga yordam berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining shikoyatlarini hal etish, shuningdek ularning buzilgan huquqlarini tiklashga yordam berish boʻyicha Ombudsman faoliyati davlat organlari, shu jumladan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning turli davlat organlariga murojaat qilishga boʻlgan oʻz konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda Ombudsmanga yoʻllayotgan shikoyatlari yildan-yilga koʻpayib bormoqda, buni statistika maʼlumotlari ham tasdiqlamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kelib tushgan murojaatlar

2008-yil

2007-yil

2006-yil

2005-yil

1.‎

Ombudsmanning markaziy ofisiga,
‎
shundan:
‎

5676‎

5372‎

4753‎

‎5138

‎

mamlakat mintaqalaridan

5383‎

5324‎

‎4642

5070‎

‎

chet ellik fuqarolardan

207‎

‎42

‎45

‎29

‎

jazoni ijro etish muassa­salaridan

69‎

19‎

‎66

‎39

‎

manzilsiz joʻnatilganlari

‎11

17‎

‎

‎

‎

Internet boʻyicha

‎6

‎

‎

‎

2.‎

takroran

2370‎

1250‎

‎878

‎1004

3.‎

“Ishonch-telefoni” orqali

770‎

‎715

‎647

‎300

4.‎

Ombudsman mintaqaviy vakillariga

1146‎

1244‎

1377‎

1291‎

‎

Jami

9962‎

8611‎

7655‎

7733‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning markaziy ofisiga koʻproq murojaatlar hamon Toshkent shahri, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan kelib tushmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mintaqalar

2008-yil

2007-yil

2006-yil

2005-yil

Toshkent shahri

‎1357

1371‎

‎1163

‎1470

Surxondaryo viloyati

‎659

‎624

‎606

‎574

Qashqadaryo viloyati

‎618

‎585

‎533

‎466

Toshkent viloyati

‎530

‎511

‎414

‎480

Samarqand viloyati

‎446

‎477

‎415

‎390

Fargʻona viloyati

‎305

‎291

‎230

‎257

Andijon viloyati

238‎

‎305

‎220

‎262

Jizzax viloyati

‎210

‎208

‎221

‎187

Buxoro viloyati

‎200

‎175

‎137

‎174

Navoiy viloyati

‎198

196

168

‎175

Xorazm viloyati

180‎

‎172

‎138

‎137

Namangan viloyati

170‎

‎179

‎155

‎221

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

154‎

99‎

116‎

132‎

Sirdaryo viloyati

118‎

131‎

126‎

106‎

Jami

5383‎

5324‎

4642‎

5070‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida chet ellik fuqarolar va turli davlatlarning ombudsmanlaridan aholining turli qatlamlari vakillarining buzilgan huquqlarini tiklash masalalari boʻyicha kelayotgan murojaatlarning soni sezilarli darajada oʻsdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Manzil‎

2008-yil‎

2007-yil‎

2006-yil‎

2005-yil‎

Rossiya ‎

107‎

‎

27‎

18‎

Ukraina ‎

40‎

‎

3‎

5‎

Qozogʻiston‎

11‎

‎

2‎

1‎

Germaniya‎

10‎

‎ ‎ ‎
Moldova ‎

9‎

‎

1‎

‎
Belarus‎

8‎

‎ ‎ ‎
AQSh‎

7‎

‎

1‎

‎

Qirgʻiziston‎

6‎

‎

8‎

4‎

Armaniston‎

3‎

‎ ‎ ‎
Ozarbayjon‎

2‎

‎ ‎ ‎
Latviya ‎

2‎

‎ ‎ ‎
Tojikiston ‎

1‎

‎

1‎

1‎

Shvetsiya ‎

1‎

‎ ‎ ‎
Koreya Respublikasi‎ ‎ ‎

1‎

‎
Eron ‎ ‎ ‎

1‎

‎

Jami:‎

207‎

42‎

45‎

29‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yilga taqqoslaganda, ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazoni oʻtayotgan shaxslardan uch baravar koʻp shikoyat va arizalar kelib tushdi. Yaʼni, agar 2006-yilda Ombudsmanga 66 ta shikoyat joʻnatilgan boʻlsa, 2007-yilda 19 ta, 2008-yilda esa 69 ta shikoyat joʻnatildi. Hisobot yilida kelib tushgan barcha murojaatlardan 29 tasi nazoratga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jazoni ijro etish muassasalaridan kelib tushgan murojaatlar ‎

2008-yil‎

2007-yil‎

2006-yil‎

2005-yil‎

Jami ‎

69‎

19‎

66‎

39‎

Nazoratga olingani

29‎

4‎

20‎

23‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman Kotibiyatida fuqarolarni qabul qilish tasdiqlangan jadvalga muvofiq, Vakil, Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya aʼzolari, Kotibiyat hodimlari hamda Ombudsman ekspertlari tomonidan amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida Inson huquqlari boʻyicha vakilning 12 ta shaxsiy qabuli oʻtkazilib, ularda 246 nafar fuqaro qabul qilindi. 46 ta murojaat nazoratga olindi va hal etish uchun tegishli idoralarga joʻnatildi, qolgan fuqarolarga tushuntirishlar berildi. Inson huquqlari boʻyicha vakil Kotibiyatida 992 nafar kishi qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda inson huquqlarining ayrim kategoriyalari boʻyicha shikoyatlar soni ancha kamayganiga qaramasdan, Ombudsman nomiga kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni koʻpaygan. Ombudsman nomiga kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish shuni koʻrsatmoqdaki, oʻtgan yilga taqqoslaganda shikoyatlarning mavzulari deyarli oʻzgarmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan 2008-yil davomida 7 ta xulosa tayyorlandi, ulardan 5 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, 2 tasi esa Bosh prokuraturasiga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida odil sudlovga boʻlgan huquqni taʼminlash, tadbirkorlar va fermyerlar huquqlarining buzilishi bilan bogʻliq murojaatlar soni oʻsdi, davlat hokimiyati va joylardagi boshqaruv organlari aniq mansabdor shaxslarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyatlar koʻproq tusha boshladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga kelib tushayotgan murojaatlar soni yildan-yilga oʻsib borishini ushbu institut aholining barcha kategoriyalari uchun ochiq ekanligi, fuqarolar duch kelayotgan obyektiv qiyinchiliklar va ularning oʻz huquqlarini himoya qilishga boʻlgan intilishlari bilan izohlash mumkin. Ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha amaldagi qonunchilik normalari tushuntirildi va tavsiyalar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Ombudsmanga kelgan 264 ta shikoyat boʻyicha murojaat qiluvchilarga ularning buzilgan huquqlarini himoya qilishning huquqiy vositalaridan foydalanish shakllari va usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi, 770 nafar fuqaro “Ishonch telefoni”xizmatlaridan foydalandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, 776 nafar murojaat qiluvchi, ularning murojaatlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kelmasligi sababli, asoslantirilgan rad javobini olishdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida inson huquqlarining turli kategoriyalari boʻyicha fuqaro huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarni oʻz ichiga olgan 1891 ta shikoyat Ombudsman tomonidan nazoratga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolarning 1146 ta murojaati koʻrib chiqildi, aksariyat hollarda fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi, arz qiluvchilarga oʻz huquqlarini himoya qilish usullari va vositalari tushuntirildi. Bundan tashqari, shikoyatlarni hal etish, nazorat funksiyalarini amalga oshirish, inson huquqlariga rioya etilishi boʻyicha obyektiv axborotlarni olish va fuqarolarning aniq shikoyatlari yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish uchun Ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga 306 ta topshiriqlar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203 ta murojaat ularda bayon etilgan dalillarni oʻrganish va fuqarolar huquqlari buzilishiga doir aniqlangan faktlar boʻyicha yuridik xulosalar berish uchun Ekspert kengashi aʼzolariga topshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning mansabdor shaxslar va tashkilotlarga yuborayotgan soʻrovnomalari shikoyatlarni koʻrib chiqishda muhim axborot manbai hisoblanadi. Misol uchun, Ombudsman tomonidan nazoratga olingan 1891 ta murojaatda bayon qilingan dalillarni tekshirish paytida hisobot davrida 205 ta turli davlat organlari va tashkilotlarga 2289 ta soʻrovnomalar yuborildi. Murojaatlarda koʻtarilgan masalalarning oʻziga xosligi shundaki, ular koʻpincha bir necha vazirlik yoki idoralardan bir vaqtda axborot yigʻishni talab etadi. Shuning uchun ham soʻrovnomalar soni murojaatlar sonidan oshib ketadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yil fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha Vakilning davlat hokimiyati va boshqaruvining turli organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar bilan hamkorligi samarali va foydali ekanligini tasdiqlovchi koʻplab misollarni berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning nazorat tartibidagi soʻrovlariga kelib tushgan javoblarni umumlashtirish va tahlil qilish shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolarning 302 ta shikoyatida keltirilgan faktlar va dalillar asosli deb eʼtirof etildi va mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash boʻyicha choralar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish lozimki, Ombudsmanning prokuratura organlari bilan oʻzaro hamkorligi tufayli hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan Bosh prokuratura hamda uning hududiy organlariga 709 ta nazoratdagi murojaatlar joʻnatildi, ulardan 91 tasi ijobiy hal etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan Inson huquqlari boʻyicha vakil nazoratiga olingan 352 ta murojaat koʻrib chiqildi va ulardan 84 tasi ijobiy hal etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimini amalga oshirish doirasida ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda nazoratga olingan 133 ta murojaat koʻrib chiqildi va ulardan 18 tasi ijobiy hal etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi paytlarda hal etilishi bevosita mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiruvchi va markaziy organlarning toʻgʻridan toʻgʻri aralashuvini talab etmaydigan, aholining turli va eng muhim muammolari boʻyicha respublikaning barcha mintaqalaridan kelib tushayotgan arizalar va shikoyatlarning oqimi koʻpaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yana shuni ham qayd etish lozimki, ayrim shikoyatlar ularda koʻrib chiqishga qabul qilish uchun olishga yetarli asoslarga ega boʻlmaganligi sababli, Vakil ularni zaruriy tavsiyalar bilan vakolatli organlarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish shuni koʻrsatmoqdaki, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari ishida fuqarolar arizalari va shikoyatlarini har tomonlama xolisona va oʻz vaqtida tekshirish talablarining buzilish hollari uchramoqda, sansalorlik, fuqarolarning asosli murojaatlariga nisbatan eʼtiborsizlik, rasmiyatchilik – toʻralarcha munosabatda boʻlish hollari bartaraf etilmayapti. Muayyan shikoyatlar boʻyicha maxsus tashkil etilgan komissiyalar xatlarning mualliflari bilan uchrashmayotgani, muammoni yuzaki va bir tomonlama oʻrganishi hollari kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlar mualliflari ularning dastlabki murojaatlariga javoblar boʻlmaganligini, murojaatda koʻtarilgan masalalarga toʻliq boʻlmagan yoki mazmunan boʻlmagan javoblar berilganligini, shuningdek ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining baʼzi rahbarlari qabuliga kirishning imkoniyati yoʻqligini koʻrsatishmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kamchiliklarning barchasi fuqarolarning adolatli taʼnalariga sabab boʻlmoqda, ularni Ombudsmanga, davlatning boshqa organlariga takroriy murojaat qilishga majbur etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ombudsmanga kelib tushgan takroriy murojaatlar ‎

2008-yil‎

2007-yil‎

2006-yil‎

Jami‎ ‎

2370‎ ‎

1250‎ ‎

878‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, muammolar tegishli vakolatli organlar tomonidan hal etilishi natijasiz qolayotgani uchun 2008-yilda fuqarolar baʼzi shikoyatlar boʻyicha Ombudsmanga ikki, uch va undan koʻp marotaba murojaat qilganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida kelib tushgan takroriy murojaatlarning umumiy sonidan 207 tasi hal etilishi uchun Ombudsman tomonidan tegishli instansiyalarga joʻnatildi, shuningdek shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida axborot berish toʻgʻrisida 1979 ta qoʻshimcha soʻrovlar qilindi, 184 tasi oldingi murojaatlarga qoʻshib qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Takroriy murojaat
qilishdi

2008-yilda

Nazorat bilan soʻrovnomalar joʻnatildi

Jami,
‎
ulardan:

2370‎

1979‎

bir marta

2137‎

1803‎

ikki marta

146‎

105‎

uch va undan koʻp marta

87‎

71‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga kelib tushgan murojaatlarni tizimli tahlil qilish, inson huquqlari va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar quyidagi sharoitlarda samarali boʻlishini koʻrsatmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament nazarotining barcha shakllarini, shu jumladan inson huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish mexanizmini huquqiy tartibga solish sohasida, davlat apparati mansabdor shaxslarining huquqni qoʻllash faoliyatida, shuningdek sudlov ishlarini yuritishda nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, shuningdek sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini huquqiy taʼminlashdagi kamchiliklarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar murojaatlari va Ombudsman toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning talabchanligi va masʼuliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchilar tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni tezkor va malakali hal etish, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha idoraviy nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqiy savodxonligi sohasida davlat organlari va jamoatchilik sektori faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash, jamiyat barcha qatlamlarining huquqiy taʼlimini har tomonlama qamrab oluvchi tizimni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Inson huquqlari sohasidagi axborot-maʼrifiy faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari sohasidagi taʼlim huquqiy davlat qurishda muhim vosita hisoblanadi, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini tegishli darajada amalga oshirishning kafolati boʻlib xizmat qiladi. Huquqiy taʼlim inson va fuqaroning huquqiy madaniyatini shakllantirishning, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-maydagi “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PF-3994-sonli Farmonida mazkur sohada amalga oshirilishi lozim boʻlgan quyidagi chora-tadbirlar koʻzda tutilgan: mamlakatdagi barcha oliy oʻquv yurtlarida “Inson huquqlari” maxsus kursini kiritish; IIV va prokuratura organlarida shaxsiy tarkibning, ayniqsa, yosh mutaxassislarning tarbiyaviy, xizmat-harbiy tayyorgarligi amaliyotiga inson huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha tizimli ravishda treninglar, oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazishni kiritish; yuridik taʼlim muassasalarining, sudyalar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini, shuningdek barcha darajada davlat muassasalarida mansabdor shaxslarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlariga inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarni oʻrganish boʻyicha majburiy fanni kiritish; jurnalist xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalariga maxsus oʻquv dasturlarini kiritish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, xususan Inson huquqlari boʻyicha umumjahon deklaratsiyasi talablari asosida inson huquqlarini himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki boʻyicha milliy va xalqaro tajribani oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman instituti faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari qatoriga axborot-maʼrifiy xususiyatdagi tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish, inson huquqlari boʻyicha adabiyotlarni nashr qilish va tarqatish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish yoʻllari bilan amalga oshiriladigan aholi hamda mansabdor shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat rahbarining Farmonini bajarish hamda inson huquqlari sohasida aholining huquqiy ongini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili taʼlim, tashkiliy va axborot xususiyatiga ega boʻlgan tadbirlar oʻtkazdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlash doirasida Ombudsman instituti tomonidan 4 ta xalqaro konferensiya, mamlakatning barcha mintaqalarida 20 ta konferensiya, seminar hamda davra suhbatlari oʻtkazildi, markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmogʻida inson huquqlari boʻyicha materiallar eʼlon qilindi. Hisobot yili davomida Ombudsman instituti tomonidan inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilishga qaratilgan, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarning huquqiy asoslarini tushuntirish boʻyicha taʼlim muassasalarida, mehnat jamoalarida, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarida 100 dan ortiq uchrashuvlar va suhbatlar oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 10-11-yanvar kunlari “Inson huquqlariga rioya etilishini taʼminlash va ularni himoya qilish sohasida Ombudsmanning davlat organlari va nohukumat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligining dolzarb masalalari” mavzusida yakuniy konferensiya oʻtkazildi va unda 2 yil mobaynida mamlakatning barcha mintaqalarida oʻtkazilgan sayyor konferensiyalarning natijalari muhokama qilindi. Konferensiya davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan oʻlim jazosini bekor qilish va “xabeas korpus” instituti joriy etilishi toʻgʻrisidagi yangi qonunlarning qoidalarini tushuntirish maqsadida Ombudsman tomonidan EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan birgalikda sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun Urganch, Andijon, Toshkent, Navoiy, Qarshi, Jizzax shaharlarida “Ombudsmanning sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi” mavzusida turkum seminarlar oʻtkazildi. Munozaralar davomida seminarlar ishtirokchilari Ombudsmanning sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar hamda “Dunyo ombudsmanlari” toʻplamining taqdimoti oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yili davomida Ombudsman yangi institutlar: uzoq muddatli va umrbod ozodlikdan mahrum qilish, “xabeas korpus” joriy etilishini hisobga olgan holda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalariga katta eʼtibor qaratdi. Ushbu maqsadlarda K. Adenauer nomidagi jamgʻarma vakolatxonasi bilan birgalikda “Sud-huquq sohasida islohotlarni amalga oshirish doirasida “habeas corpus” mexanizmini qoʻllash boʻyicha Ombudsmanning sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi” (Toshkent, Buxoro, Namangan, Nukus, Termiz shaharlarida) va “Mahkumlar huquqlarini nazorat qilish va ularga rioya etilishi sohasida jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish” mavzusida seminar-konferensiyalar oʻtkazildi, konferensiyalar davomida “Zaщita prav cheloveka v Uzbekistane” kitobi tarqatildi. Mazkur seminarlarni oʻtkazish mobaynida jazoni ijro etish muassasalarida uchrashuvlar tashkil etildi, hokimliklar va qishloq xoʻjaligi xodimlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari bilan suhbatlar oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlash doirasida 2008-yilning aprelida Ispaniya Xalq himoyachisi Enrike Mugika Gersog boshchiligidagi Ispaniya Qirolligi Ombudsmani delegatsiyasi ishtirokida “Fuqarolar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Ombudsman faoliyati: Ispaniya va Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Konferensiya ishtirokchilariga “xabeas korpus” tartib-taomilida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan ispan Ombudsmanining tajribasi qiziqarli boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning 3-iyunida “Fuqarolar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari faoliyati: Fransiya va Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Konfrensiya ishida Fransiya Mediatori Jan-Pol Delevua ishtirok etdi va u inson huquqlariga rioya etish va himoya qilish sohasidagi fransuz tajribasi toʻgʻrisida soʻzlab berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning iyul oyida EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan birgalikda “Ombudsman instituti faoliyatini takomillashtirish masalalari: xalqaro standartlar” mavzusida Vengriyaning Fuqarolik huquqlari boʻyicha Parlament Vakili Mate Sabo ishtirokida mintaqaviy vakillar, Ombudsmanning ekspert va ishchi guruhlari aʼzolari uchun Yozgi maktab oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning 20-21-noyabr kunlari Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan birgalikda sogʻliqni saqlash muassasalari, tibbiyot oʻquv yurtlari rahbarlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tibbiy jamoatchilik vakillari ishtirokida “Sogʻliqni muhofaza qilish va inson huquqlari” mavzusida konferensiya oʻtkazildi. JSSTining eksperti E. Naygren-Kruk bemorlar huquqlarini himoya qilishning xorijiy tajribasi toʻgʻrisida maʼruza qildi. Konferensiya ishtirokchilari bemorlar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha qonunchilik bazasi va mexanizmlarini takomillashtirish, ushbu yoʻnalishda muvofiqlashtirishni kuchaytirish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish lozimligini qayd etdilar. 2009-yil mobaynida mamlakatning barcha mintaqalarida xuddi shunday tadbirlar turkumini oʻtkazishga kelishib olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman instituti parlamentning qoʻmitalari, vazirliklar va idoralar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, oʻquv yurtlari tomonidan tashkil etilgan va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan 60 dan ortiq konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarida ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Ombudsman faoliyati toʻgʻrisida aholini yanada kengroq xabardor qilish maqsadida K. Adenauer nomidagi jamgʻarma vakolatxonasi koʻmagida “Inson huquqlari himoyasida” mavzusidagi videorolik oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonuni matni va Ombudsmanning 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr qilindi. Ushbu nashrlar davlat organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, oʻquv yurtlari oʻrtasida tarqatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining huquqiy madaniyatini oshirishda, fuqarolarning huquqiy axborotlardan foydalanishini taʼminlashda, davlat-huquq va sud tizimini takomillashtirishdagi dolzarb muammolarni muhokama qilishda xuquqiy tusdagi davriy nashrlar muhim rol oʻynamoqda. Hisobot yili mobaynida Ombudsman instituti “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan maxsus sonlarini tayyorlashda ishtirok etdi. Jurnalda Ombudsman faoliyati, uning inson huquqlari boʻyicha xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi toʻgʻrisidagi maqolalar, 2007-yilga doir hisobot chop etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatorining qoʻllab-quvvatlashi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) veb-saytining yangilangan varianti tayyorlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning 10-dekabrida Ombudsman Kotibiyati xodimlari va uning mintaqaviy vakillari Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 60 yilligiga bagʻishlangan umummilliy darslarni oʻtkazishda, xususan Oʻzbekiston Milliy universitetida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, Toshkent davlat yuridik institutida, Andijon davlat tibbiyot institutida, Jizzax davlat pedagogika institutida, Qarshi davlat muhandislik-iqtisodiyot institutida, Fargʻona davlat politexnika institutida, Toshkent davlat agrar universitetida, Guliston davlat pedagogika universitetida, TATUning Samarqand filialida, litseylarda va kollejlarda, maktablarda, taʼlim markazlaridagi darslarda ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda Ombudsman taklifi bilan hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan bitimlar doirasida Adliya vazirligining Oʻquv markazida “Inson huquqlarini himoya qilishning milliy mexanizmi” nomli, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida esa magistrantlar uchun “Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar” nomli maxsus kurslar joriy etildi. Bosh prokuraturaning Oliy oʻquv kurslarida, Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish Respublika Markazida, Oʻzbekiston Milliy universitetida, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Oʻquv markazida, Toshkent shahrining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida doimiy ravishda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Ombudsman Kotibiyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi tinglovchilari, Toshkent Davlat yuridik instituti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy konchilik kolleji talabalari uchun inson huquqlari boʻyicha “Master klass”lar oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat tibbiyot institutida universitet ombudsmanlari tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalarini tushuntirish boʻyicha ishlar faollashtirildi. Jumladan, 2008-yil 10-dekabrda Oʻzbekiston Milliy universitetida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy oʻquv yurtlari talabalarining malakaviy bitiruv va magistrlik ishlari yildan-yilga koʻproq Ombudsman institutining ishlashi va faoliyati masalalariga bagʻishlanmoqda. Ombudsman Kotibiyatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutining talabalari oʻquv amaliyotini oʻtadilar. Bundan tashqari, inson huquqlariga rioya etish va himoya qilishning dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Ombudsman instituti tomonidan 1 ta doktorlik va 5 ta nomzodlik dissertatsiyasiga taqrizlar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dunyo ombudsmanlari” toʻplamining ikkinchi nashri chop etishga tayyorlandi, unga xorijiy va Oʻzbekiston ombudsmanlarining faoliyati toʻgʻrisidagi materiallar, shuningdek respublikamiz va chet el olimlari hamda inson huquqlari boʻyicha mutaxassislarning maqolalari kiritildi. Mazkur toʻplamni oʻquv va ilmiy muassasalar, kutubxonalar, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, Inson huquqlari boʻyicha vakilning milliy va xorijiy hamkorlariga, shuningdek aholi bilan uchrashuvlarda va jazoni ijro etish tizimidagi muassasalarga borilganda tarqatish rejalashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda Ombudsmanning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi yanada rivojlandi. Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha oʻtkazilgan asosiy tadbirlar toʻgʻrisida hikoya qiluvchi yangiliklarni chop etish yoʻli bilan jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan ishlar doimiy ravishda olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida Inson huquqlari boʻyicha vakil faoliyati toʻgʻrisida 200 dan ortiq materiallar chop etildi hamda respublika, viloyat va tumanlar darajasidagi gazetalar, radio va televideniyada, jumladan “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo”, “Pravda Vostoka”, “Uzbekistan today”, “Toshkent oqshomi”, “Vecherniy Tashkent”, “Novosti Uzbekistana”, “Inson va qonun”, “Huquq”, “Postda”, “Na postu” gazetalarida, mintaqaviy va mahalliy matbuotda; “Demokratlashtirish va inson huquqlari”, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Axborotnomasi”, “Huquq va burch”, “Fuqarolik jamiyati”, “Advokat” jurnallarida, “OʻzA”, “Jahon”, “Oʻzreport” axborot agentliklari saytlarida; “Axborot”, “Davr”, “Tahlilnoma”, “Poytaxt”, “Parlament soati”, “Hudud” dasturlarida, mahalliy telekompaniyalarda, shuningdek radioda intervyular berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasidagi faoliyati Oʻzbekistondagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilishga, xorijiy mamlakatlar ombudsmanlari hamda inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama aloqalarni rivojlantirishga yoʻnaltirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsman tomonidan 20 dan ortiq rasmiy delegatsiya, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, xalqaro nohukumat va huquqni himoya qilish tashkilotlari vakillari qabul qilindi. Yil davomida Yevroparlament, AQSh Davlat departamenti va Kongressi, Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi, Germaniya Bundestagi delegatsiyalari, shuningdek Ispaniya, Fransiya, Vengriya ombudsmanlari, Germaniya, Fransiya, Xitoyning Oʻzbekistondagi elchilari, EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi boshligʻi qabul qilindi. Xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari va xorijiy mamlakatlarning nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Ombudsman tomonidan “Xyuman Rayts Votch”, K. Adenauer nomidagi jamgʻarma (GFR), Yangi demokratiyalar instituti (AQSh) delegatsiyalari bilan uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ombudsman instituti, Yevropa ombudsman instituti faoliyatida ishtirok etish doirasida Inson huquqlari boʻyicha vakil axborotlar almashishni amalga oshirdi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida materiallar eʼlon qildi, rahbar organlarni saylashda va inson huquqlari masalalari boʻyicha tadbirlarda hamda ombudsmanlar faoliyatida ishtirok etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo mamlakatlari ombudsmanlari va inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikka muhim ahamiyat berib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili Osiyo Ombudsmanlari Assotsiatsiyasiga (OOA) toʻla huquqli aʼzo boʻlish toʻgʻrisida bayonot joʻnatdi. Mazkur bayonot 2008-yilning 24-25-aprelida OOAning Direktorlar Kengashida koʻrib chiqildi va ushbu masalani 2009-yildagi Bosh Assambleyaning navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Inson huquqlari boʻyicha vakilning OOAga aʼzoligi uning Osiyo ombudsmanlari institutlari orasida xalqaro obroʻsini oshirishga va ular bilan koʻp tomonlama darajada aloqalarni faollashtirishga, xalqaro hamkorlik sohasida ombudsmanning huquqni himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha vazifalarini samarali amalga oshirishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsman 2008-yil 4-5-noyabrda Bryussel shahrida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” Parlament hamkorligi qoʻmitasining yettinchi majlisida ishtirok etdi. Kun tartibidagi boshqa masalalar bilan bir qatorda demokratik institutlarning shakllanishi va inson huquqlariga rioya etilishi masalasi ham kiritilgan boʻlib, ushbu masala boʻyicha keng fikr almashish bilan birga Ombudsman tomonidan axborot ham taqdim etildi. Ombudsman, shuningdek Qoʻmita aʼzolarining YIga aʼzo-davlatlarning ombudsmanlari bilan kengayib borayotgan aloqalari toʻgʻrisida ham xabardor qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman vakili 2008-yil 4-5-iyunda Bryussel shahrida boʻlib oʻtgan adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va u bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” Kichik qoʻmitasining beshinchi majlisida ishtirok etdi. Kichik qoʻmita majlisi davomida va Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchixonasidagi brifingda Inson huquqlari boʻyicha vakil faoliyati toʻgʻrisida, shu jumladan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlash doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida xorijiy mamlakatlarning ombudsmanlari va inson huquqlari boʻyicha institutlari bilan hamkorlik masalalari Oʻzbekiston Ombudsmani faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilab olingan edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida Oʻzbekistonga Ispaniya, Fransiya, Vengriya Ombudsmanlarining tashriflari amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning aprelida Ispaniya Xalq himoyachisi Enrike Mugika Gersog boshchiligidagi Ombudsmani delegatsiyasining tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida parlamentning Qonunchilik palatasi va Senatida, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Adliya vazirliklarida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning iyunida Fransiya Mediatori Jan-Pol Delevua boshchiligida Fransiya Ombudsmani delegatsiyasining tashrifi boʻlib oʻtdi. Tashrif paytida Oʻzbekiston va Fransiya ombudsmanlari oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolandi. Fransiya Mediatori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan qabul qilindi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatida, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash, Adliya vazirliklarida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, shuningdek ayollar koloniyasiga borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning iyulida EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori loyihasi doirasida Vengriya Parlamentining Fuqarolik huquqlari boʻyicha vakili Mate Saboning tashrifi boʻlib oʻtdi. Parlamentning Qonunchilik palatasi va Senatida, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazda, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida uchrashuvlar oʻtkazildi. Shuningdek, Vengriya Ombudsmani Inson huquqlari boʻyicha vakilning mintaqaviy vakillari uchun uyushtirilgan Yozgi maktab ishida ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolgariya Respublikasi Ombudsmani taklifiga binoan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili Sofiya shahrida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Inson huquqlari – nafaqat qonuniylik asosi, balki adolat hamdir” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi. Mazkur tashrif doirasida Oʻzbekiston va Bolgariya ombudsmanlari oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlash kampaniyasi doirasida Oʻzbekiston parlamenti Ombudsmani va uning vakillari oʻz maʼruzalari va chiqishlari bilan quyidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 13 — 15-aprelda, Ukraina Oliy Radasining Inson huquqlari boʻyicha vakili taʼsis etilganligining 10 yilligiga bagʻishlangan Kiyev shahridagi “Inson huquqlari va erkinliklariga zamonaviy qarshiliklar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 15-mayda, Polsha Fuqarolar huquqlari vakili taʼsis etilganligining 20 yilligiga bagʻishlangan Varshava shahridagi xalqaro konferensiya ishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 18-19-iyunda, Boku shahridagi “Globallashgan dunyoda inson huquqlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-sentabr — 3-oktabrda, Varshava shahridagi insoniylik mezonlari boʻyicha EXHTning Yillik kengashi ishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 22 — 24-oktabrda, Nayrobi shahridagi “Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar va odil sudlov” mavzusidagi 9-xalqaro konferensiya ishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 4-5-dekabrda, Krakov shahridagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan inson huquqlari boʻyicha xalqaro sessiya ishida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil dekabrida Ombudsman Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi Ishchi guruhining 3-sessiyasi ishida ishtirok etdi. Sessiya davomida Universal davriy tahlil doirasida Oʻzbekistonning milliy maʼruzasi koʻrib chiqildi. Delegatsiya BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashiga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar Dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyati haqida hisobot taqdim etdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan Inson huquqlari boʻyicha kengashning yubiley sessiyasi ishida ham ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yilda Ombudsmanning BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasi bilan, BMTning maxsus tartib-taomillari va shartnomaviy organlari, BMTRD, JSST vakolatxonalari, EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan yaqindan hamkorlik aloqalari davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga binoan Ombudsman inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy maʼruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi. 2008-yilda Ombudsman instituti tomonidan Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt qoidalarining bajarilishi boʻyicha Uchinchi davriy maʼruza hamda Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya qoidalarining bajarilishi boʻyicha Toʻrtinchi maʼruzani tayyorlash uchun materiallar taqdim etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman vakili BMT shartnomaviy organlari tavsiyalarining bajarilishi monitoringini amalga oshirishga qaratilgan Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha Idoralararo ishchi guruhi ishida ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda parlament Ombudsmani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini chet ellarda himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasiga murojaatlar yoʻlladi, shuningdek xorijiy hamkasblar bilan tuzilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarni roʻyobga chiqara borib, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Ombudsmanlariga, Rossiya Federatsiyasining mintaqaviy ombudsmanlariga murojaat etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakilga chet el fuqarolaridan 207 ta murojaat hamda buzilgan inson huquqlari va erkinliklarini tiklashga koʻmaklashish masalalari yuzasidan xorijiy hamkasblardan, shu jumladan Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Moskva, Penza, Saratov, Sverdlovsk viloyatlari, Oltoy oʻlkasidagi inson huquqlari boʻyicha mintaqaviy vakillaridan, Armaniston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Qirgʻiziston Respublikasi Ombudsmanidan soʻrovnomalar tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Ombudsmanining muvaffaqiyatli hamkorligi va amaliy yordamiga doir misollar xorijiy mamlakatlar Ombudsmanlarining hisobotlari va materillarida oʻz aksini topmoqda, chunonchi Ispaniya Xalq himoyachisi, Fransiya Mediatori, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari boʻyicha vakili, Ozarboyjon Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha vakilining yillik hisobotlarida, byulletenlarida Oʻzbekiston parlament ombudsmani bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi axborotlar joy oldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mana uchinchi yildirki, EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatorining “Oʻzbekiston Respublikasi Ombudsman institutini rivojlantirishga yanada koʻmaklashish” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Ombudsman mintaqaviy vakillari va ekspert guruhlari aʼzolari uchun seminarlar, trening oʻtkazildi, “Dunyo ombudsmanlari” kitobining ikkinchi nashri uchun materiallar yigʻish ishlari amalga oshirilmoqda, Ombudsmanning veb-sayti yangilanmoqda, oʻquv safarlari amalga oshirildi va inson huquqlari boʻyicha qator xalqaro konferensiyalar ishida ishtirok etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fransiya Mediatori bilan Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Ombudsmani delegatsiyasining Fransiyaga javob tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida Milliy majlis va Senatda, Adliya vazirligida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Fransiya Mediatori bilan uchrashuv chogʻida tuzilgan Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, bundan buyongi tajriba almashishlar toʻgʻrisida kelishib olindi, shuningdek jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmaning mintaqaviy vakolatxonasi bilan konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish, xorijiy ekspertlarni taklif etish boʻyicha hamkorlik davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Ombudsmanining faoliyati toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilikni zudlik bilan xabardor qilish maqsadida axborotlar va materiallarni axborot agentliklari, huquqni himoya qiluvchi institutlar saytlariga, xorijiy mamlakatlar ombudsmanlarining yangiliklar lentalariga joylashtirish davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining 2008-yildagi davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarga uygʻun ravishda yoʻlga qoʻyilgan faoliyati davlat hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari, shuningdek xalqaro va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan samarali hamkorlikda amalga oshirildi, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish boʻyicha davlat siyosatini faol olgʻa siljitishga, demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirishga yoʻnaltirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mubolagʻasiz xulosa qilish mumkinki, 2008-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) uchun inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklarini taʼminlash va himoya qilishga doir davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha amaliy vazifalarni bajarishda hal qiluvchi yil boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz faoliyati tamoyillariga, inson huquqlari sohasidagi ustuvorliklar va xalqaro standartlarga rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) 2009-yil uchun birinchi darajali vazifalar sifatida quyidagilarni belgilab oldi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning haqiqiy demokratik organi sifatida dunyoda Ombudsman instituti taʼsis etilganligining 200 yilligi nishonlanishi bilan bogʻliq holda milliy va xalqaro hamkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb eʼlon qilinganligini hisobga olgan holda milliy qonunchilikni takomillashtirishga va uning Oʻzbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini taʼminlash va rivojlantirish sohasida davlat organlari va oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatida samarali qoʻllanilishiga bundan buyon ham har tomonlama koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining barcha kategoriyadagi huquqlarini yanada toʻliqroq taʼminlash uchun Inson huquqlari boʻyicha vakilning mintaqaviy tuzilmalari, ixtisoslashgan ombudsmanlarning huquqiy maqomini mustahkamlash va samarali faoliyat olib borishini taʼminlash.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 3-son, 88-modda)