Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2012 23.04.2004 yildagi 197-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARZ OLUVChILARNING KREDIT TARIXI TOʻGʻRISIDAGI AXBOROTNI HISOBGA OLISh TIZIMINI ShAKLLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-martdagi 74-sonli “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-dekabrdagi 547-son qarori bilan tasdiqlangan 2004-yil uchun makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari dasturiga muvofiq, moliya intizomini mustahkamlash, kredit operatsiyalari boʻyicha tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida va potensial qarz oluvchilarni axborot bilan taʼminlashning xalqaro tajribasidan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axboroti milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axboroti milliy institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari va ularning qarz oluvchilari kredit operatsiyalari, qarz oluvchilarning majburiyatlarini taʼminlash turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish, tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank nazorati funksiyalarini amalga oshirish, kredit siyosatidagi oʻzgarishlarni va tijorat banklarining kredit portfeli holatini tahlil etish maqsadida kredit axborotining yagona reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida tijorat banklariga va kredit-axborot byurolariga kredit axboroti berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Banklari uyushmasi, “Asaka” banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank”, “Gʻalla-bank” va “Aloqa-bank”ning Oʻzbekiston Banklari uyushmasining “Kredit-axborot byurosi” shuʼba korxonasini yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan tashkilot — Banklararo kredit byurosiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Banklararo kredit byurosi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining qarz oluvchilari — jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida ularning kredit tarixini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish va axborotlarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
real sektor korxonalari faoliyatini tahlil etish va qarz oluvchilarni reyting baholash tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga, shuningdek qarz oluvchilarning oʻziga ularning soʻrovnomalari boʻyicha qarz oluvchilarning kredit tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Kredit axboroti milliy instituti va Banklararo kredit byurosining maʼlumotlar bazasini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etiladigan olingan kreditlar shartlari, tuzilgan lizing va faktoring shartnomalari, garovga qoʻyilgan mol-mulk va tijorat banklari oldidagi majburiyatlarni taʼminlash uchun berilgan kafolatlar (kafillik) toʻgʻrisidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar bilan ularning mijozlari oʻrtasidagi tegishli shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda tijorat banklari tomonidan Banklararo kredit byurosiga taqdim etiladigan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankdan olingan kreditlarni oʻz vaqtida qaytarish yuzasidan oʻz majburiyatlarini bajarmagan qarz oluvchilar toʻgʻrisidagi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 35-moddasiga muvofiq tijorat banklari tomonidan oshkor qilinadigan axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit axboroti milliy instituti va Banklararo kredit byurosi tomonidan davlat statistika va iqtisodiyot organlaridan, nodavlat tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa asoslar boʻyicha olingan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit axboroti milliy instituti va Banklararo kredit byurosining maʼlumotlar bazasidan mazkur qarorda nazarda tutilmagan boshqa shaxslarga maʼlumotlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial qarz oluvchilarning kredit tarixi toʻgʻrisida axborot oladigan tijorat banklari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq uning himoya qilinishi va saqlanishini taʼminlashlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda Banklararo kredit byurosiga va tijorat banklariga kredit axboroti taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Banklar uyushmasi bilan birgalikda Banklararo kredit byurosi va tijorat banklari oʻrtasida maʼlumotlar ayirboshlanishini tartibga soluvchi normativ hujjatni hamda kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 16-son, 189-modda; 2012-y., 12-son, 132-modda)