Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2497-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2497-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-may,
138-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-maydagi 138-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 177-modda) 1-ilovadagi “kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish” soʻzlari “sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan “Korxonalar va uyda mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiya toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha” soʻzlari “iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yengil sanoat mahsulotlarining yarmarka savdosini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 28-yanvardagi 25-son qaroriga ilovadagi “iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish” soʻzlari “iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarga oʻqitish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 39-modda) 3-ilovadagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat va Toshkent shahri hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat va Toshkent shahri hokimining maʼmuriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va yoshlar siyosati boʻyicha birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1009/0455-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan “Kamolot”ning koʻp kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat va Toshkent shahri hokimining maʼmuriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va yoshlar siyosati boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari — komissiya raisining oʻrinbosari”;
3-banddagi “iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish” soʻzlari “iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibotlarini va qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 7-oktabrdagi 285-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 89-modda):
a) Yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovadagi “kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish” soʻzlari “sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Tanlov asosida berilgan yer uchastkalaridagi obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ilovadagi “kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish” soʻzlari “sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-maydagi 138-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 317-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 314-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qarori)” 2006-yil 7-noyabrdagi 231-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 446-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 198-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1009/0455-son, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)