Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2026 28.01.2009 yildagi 25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2026
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YENGIL SANOAT MAHSULOTLARI YARMARKA SAVDOSINI TASHKIL ETISH BOʻYICHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli “Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marketing tadqiqotlari oʻtkazishga koʻmaklashish va yengil sanoat korxonalarining eksport salohiyatini oshirish, mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish, import qilinadigan past sifatli buyumlar hajmlarini qisqartirish, respublika ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini himoya qilish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish va ichki bozorning mahalliy yengil sanoat tovarlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi binosining koʻrgazmalar zalida doimiy ravishda yengil sanoat mahsulotlarini sotish boʻyicha koʻrgazma-yarmarka (keyingi oʻrinlarda koʻrgazma-yarmarka deb ataladi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yengil sanoat mahsulotlarini sotish boʻyicha koʻrgazma-yarmarka ishini muvofiqlashtirish maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda koʻrgazma-yarmarkaning tashkiliy qoʻmitasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar koʻrgazma-yarmarka tashkiliy qoʻmitasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini (trikotaj mato, gazlamalar, tikuvchilik buyumlari va boshqalar) sotish boʻyicha salohiyatli tashqi bozorlarni oʻrganish va mahalliy korxonalarning xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma-yarmarka ishida ishtirok etish uchun xorijiy mamlakatlarning yirik xaridorlari va importchilarini jalb etish, yengil sanoat mahsulotlarini yetkazib berish geografiyasini kengaytirish va sotishning muqobil bozorlarini, ayniqsa MDH, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga aniqlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma-yarmarka ishida qatnashish uchun mamlakatimiz korxonalarining keng doirasini, shu jumladan raqobatbardosh yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik va xususiy biznes korxonalarini jalb etish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlarni yarmarka savdolariga qoʻyish va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro miqyosda faol ilgari surish uchun koʻchma koʻrgazma-yarmarkalarni muntazam oʻtkazish asosida respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat tovarlarini ulgurji va chakana sotish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma-yarmarkalarning oʻtkazilishi toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Toʻqimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi koʻrgazma-yarmarka tashkiliy qoʻmitasining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishchi organga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil sanoat mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlari oʻtkazish, mavzuli namoyishlarning har xil turlarini tashkil etish va tovarlarning yangi modellarini sotish, shuningdek respublika korxonalarida buyurtmalarni joylashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga xorijiy isteʼmolchilar bilan aloqalar oʻrnatishda, yengil sanoat mahsulotlarining salohiyatli xorijiy importchilari bilan oʻzaro manfaatli kontraktlar tuzishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma-yarmarka ishi natijalari boʻyicha aholining talabi yuqori boʻlgan yengil sanoat tovarlari nomenklaturasini aniqlash, tovar ishlab chiqaruvchilarga mahsulot ishlab chiqarish uchun buyurtmalar tayyorlash masalalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini kengaytirishga, tovarlar dizayni va sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, savdo-vositachi tashkilotlar va isteʼmolchilar oʻrtasida amaliy aloqalar oʻrnatishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tovarlarni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish maqsadida reklama-axborot faoliyati boʻyicha kompleks tadbirlarni doimiy asosda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi savdo uylari, kompaniyalari va diplomatik vakolatxonalari manziliga yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini ochib beruvchi axborot va taqdimot materiallarini yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning koʻrgazma-yarmarka ishida faol ishtirok etishini taʼminlasinlar, shuningdek koʻrgazma-yarmarkada qatnashishga savdo-vositachi tashkilotlarni jalb etishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi koʻrgazma-yarmarka qatnashchilari boʻlgan korxonalarga yengil sanoat tovarlarini sotish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin, ularni omborxona binolari va tegishli inventar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda tashkil etilayotgan koʻrgazma-yarmarkaning maqsad va vazifalari, respublika ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat tovarlarining yangi turlari toʻgʻrisida aholini va manfaatdor ishbilarmon doiralarni ommaviy axborot vositalari orqali keng xabardor qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 25-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengil sanoat mahsulotlarini sotish boʻyicha koʻrgazma-yarmarka tashkiliy qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

E.M. Gʻaniyev

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

R.R. Roʻziqulov

“Oʻzbekyengilsanoat” DAK boshqaruvi raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

Sh.N. Fayzullayev

Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

E.E. Tursunov

Moliya vazirining oʻrinbosari

E.F. Gadoyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi

X.K. Muxitdinov

“Oʻzbekyengilsanoat” DAK huzuridagi Toʻqimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi direktori, tashkiliy qoʻmita kotibi

O.A. Oxunboboyev

Tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti direktori

X.A. Abdulxakimov

“Alisher Navoiy” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

M.T. Artikov

“MURUVVATTEKS” xorijiy shoʻba korxonasi direktori

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.