Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 18-dekabrdagi PQ-2450-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-yanvardagi 1-sonli “Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 18-dekabrdagi PQ-2450-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-may,
140-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 140-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 21-apreldagi 202-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 4-son, 12-modda):
a) 3-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 188,5 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 11 nafar etib belgilansin”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“OʻzAga bosh direktorning ikki nafar oʻrinbosari va shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 9 kishidan iborat hayʼati boʻlishiga ruxsat etilsin”;
b) qarorga ilova 10-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 14-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan oʻrinbosari boʻladi”;
b) 16-bandning birinchi xatboshidagi “oʻrinbosarlari” soʻzi “oʻrinbosari” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “oʻrinbosarlari” soʻzi “oʻrinbosari” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 200-modda; 2017-y., 7-son, 98-modda)