Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 2010-yil 3-noyabrdagi 182-II-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent shahar hokimining iltimosnomasi qanoatlantirilsin — Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanining nomi Olmazor deb oʻzgartirilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-dekabr,
133-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 513-modda)