Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
TOShKENT ShAHAR SOBIR RAHIMOV TUMANINING NOMINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qaror qiladi :
1. Toshkent shahar hokimining iltimosnomasi qanoatlantirilib, Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanining nomi Olmazor tumani deb oʻzgartirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 3-noyabr,
182-II son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 11-son, 416-modda)