Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Roʻziyevning javobini tinglash yakunlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining axboroti haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ijro etilishini taʼminlash haqida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Roʻziyevning javobini tinglash yakunlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining axborotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Roʻziyevning javobini tinglash yakunlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 21-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari parlament soʻroviga javobni tinglash yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi qabul qilgan qaror oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini, shuningdek koʻrib chiqish natijalari hamda qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda mazkur Qoʻmitaga axborot taqdim etilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Roʻziyevning javobini tinglash yakunlari boʻyicha qabul qilgan Qoʻmita qarorining tegishli davlat organlari tomonidan koʻrib chiqilishi natijalari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot taqdim etsin.
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 4-dekabr,
244-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 353-modda)