30.09.2015 yildagi 233-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 25-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axboroti eshitildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifasi sifatida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, joriy yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan imkon qadar qulay ishchanlik muhitini yaratish, kichik biznes subyektlarining kredit va moddiy-xom ashyo resurslaridan foydalanishini kengaytirish, kichik biznesning rolini yanada oshirish, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni, anʼanaviy milliy hunarmandchilikni rivojlantirish yoʻli bilan yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi vazifalarni izchil hal qilishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada shu davr ichida 441,8 ming kishining, shu jumladan qishloq joylarda 274,9 ming kishining bandligi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish 91,1 mingta yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, shu jumladan sanoatda 31,7 mingta, xizmatlar koʻrsatish sohasida 29,0 mingta, qishloq xoʻjaligida 23,4 mingta ish oʻrinlarini tashkil etish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-mayda qabul qilingan “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-sonli Farmoni qoidalarining amalga oshirilishi xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini berdi va bu oʻz navbatida aholi bandligini taʼminlash uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratilishida muhim omil boʻldi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida 48,8 ming kishining bandligi taʼminlandi, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikning turli shakllarini rivojlantirish 118,9 ming kishini ishga joylashtirish imkonini berdi, fermer va dehqon xoʻjaliklariga qoʻshimcha ravishda 76,6 mingdan ziyod kishi jalb qilindi. Faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash hisobiga 7,0 mingta ish oʻrni tashkil etilishi taʼminlandi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etishga tijorat banklari tomonidan uchun ajratilgan kreditlar hisobiga 106,4 ming kishining bandligi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Qonunchilik palatasi amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholagan holda eʼtiborni shunga qaratadiki, ayrim mintaqalarda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash borasida muayyan kamchiliklar va sustkashlikka yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishini muvofiqlashtirish maqsadida hududlarda tashkil etilgan maxsus ishchi komissiyalari tomonidan bandlik dasturiga kiritilgan 180 ta loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tegishli vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari tomonidan qattiq nazorat oʻrnatilmaganligi sababli 2,5 mingdan ziyod ish oʻrinlari tashkil etilmadi. Buning natijasida joriy yilning 6 oyida sanoat sohasida maqsadli dasturlarga muvofiq yangi ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida (50,4 foiz), Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon (57,4 foiz), Sherobod (63,6 foiz), Shoʻrchi (23,0 foiz) tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida (47,9 foiz) toʻliq bajarilmadi, Samarqand viloyatining Bulungʻur (60,2 foiz) va Jomboy (66,4 foiz) tumanlarida yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bogʻliq ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi taʼminlanmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi amalga oshirilishining borishini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan monitoringi va tahlili takomillashtirishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini soʻzsiz bajarish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish tavsiya etilsin, bunda 2011 — 2015-yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi dasturni, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash tarmoq dasturlarini, Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini, investitsiya dasturlarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi amalga oshirilishining borishini har tomonlama monitoring qilishni davom ettirsin va tanqidiy tahlil etishni taʼminlasin hamda shu asosda keyingi yillarda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash masalalarini hal etishga doir takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda ish bilan band boʻlmagan aholini, ayniqsa, qishloq joydagilarni, aholining ijtimoiy jihatdan kam taʼminlangan toifalarini, birinchi navbatda koʻp bolali ayollarni, nogironlarni ishga joylashtirish, kasbga qayta tayyorlash va ijtimoiy himoya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklarining balansiga oʻtkazilgan vaqtincha ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrilishiga koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishini, mehnat bozorining hududiy tuzilmasi izchil takomillashtirilishini, ayniqsa, ishchi kuchi koʻp mintaqalarda, qishloq joylarda ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklifning mutanosibligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻzlari tomonidan nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish chogʻida yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini va aholining bandligi taʼminlanishini ragʻbatlantirishga, ayniqsa, taʼlim muassasalarining, avvalo kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashtirilishiga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 344-son, 344-modda)