Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2015-yil 26-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 9-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosarini saylash toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 9-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 9-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 5-avgustda qabul qilingan “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi X. Chinibekov toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-avgust,
SQ-53-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 8-son, 326-modda)