Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
YER OSTI CHUCHUK SUVLARI HOSIL BOʻLADIGAN ZONALARGA RESPUBLIKA AHAMIYATIGA EGA BOʻLGAN MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR MAQOMINI BERISH TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
“Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999 — 2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son va “Zarafshon daryosi havzasida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash toʻgʻrisida” 2001-yil 4-oktabrdagi 401-son qarorini bajarish yuzasidan, Samarqand, Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida ishlab turgan va potensial ichimlik suv manbalarini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yer osti chuchuk suvlari hosil boʻladigan quyidagi zonalarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi berilsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
1-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 46467,2 gektar maydondagi “Hozirgi Zarafshon daryosi vodiysi” zonasi (Yuqori Zarafshon, Choʻponota, Qunduz, Qoradaryo, Damxoʻja uchastkalari);
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 25303 gektar maydondagi Oʻsh-Aravon zonasi (Munduz, Paxtakor, Oxchin uchastkalari);
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 5685 gektar maydondagi Norin zonasi (Jiydakapa uchastkasi);
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 17036 gektar maydondagi Kitob-Shahrisabz zonasi (Kitob, Yakkabogʻ uchastkalari).
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2002-yil 1-dekabrgacha muhofaza etiladigan zonalar chegaralarida joylashgan potensial ekologik xavfli obyektlarni aniqlasin.
3. Samarqand, Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda, 2003-yil 1-yanvargacha aniqlangan potensial ekologik xavfli obyektlarda yer osti chuchuk suvlari ifloslanishi va sayozlanishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar, zarurat boʻlganda, ularni muhofaza etiladigan zona chegarasidan tashqariga chiqarsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Samarqand, Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 1 — 4-ilovalarda koʻrsatilgan yuridik shaxslarning mulkchilik shakllari, idoraviy mansubligi oʻzgargan, shuningdek ular qayta tashkil etilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligi, sanoat korxonalari va boshqa obyektlar roʻyxatiga tegishli aniqliklar kiritsin, shuningdek bir oy muddatda yer osti chuchuk suvlari resurslari nazorat qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat organlarini bundan xabardor qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — Oʻsh-Aravon, Norin, Kitob-Shahrisabz yer osti chuchuk suvlari hosil boʻlish zonalari va “Hozirgi Zarafshon daryosi vodiysi” doirasida yer osti chuchuk suvlari resurslaridan oqilona foydalanilishi va ularning ifloslanishdan muhofaza qilinishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-avgust,
302-son