Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ZARAFShON DARYoSI HAVZASIDA EKOLOGIK VA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK VAZIYATNI YaXShILASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Zarafshon daryosi havzasida suv xoʻjaligi va ekologiya jihatidan keskin vaziyat vujudga kelganligi munosabati bilan xamda Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida sanitariya-epidemiologik holat yomonlashishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Zarafshon daryosi havzasida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash, xavfli yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali transportda tashishda boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-maydagi farmoyishi bilan tashkil etilgan Zarafshon daryosi havzasida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha idoralararo ishchi komissiya:
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimliklari rahbarlarining moʻljallangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin;
tasdiqlangan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan har bir yarim yillik yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 4-oktabr,
401-son