12.11.2014 yildagi KQ-139-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2010-2014-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda davlat va jamiyatni rivojlantirishning “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan eng muhim tamoyilini roʻyobga chiqarish borasida koʻlami jihatidan juda katta ish qilindi. Eng avvalo, fuqarolik jamiyati turli institutlari faoliyatining rivojlangan, gʻoyat yuksak demokratik talablarga javob beradigan, hozirgi kunda 250 dan ortiq qonunni oʻz ichiga olgan qonunchilik bazasi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli maʼruzasi nodavlat notijorat tashkilotlarni, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jadal rivojlantirish ishida katta ahamiyatga ega boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yuksak demokratik standartlarga mos boʻlgan tizimi vujudga keldi. Ushbu tizimning markaziy tashkilotchi institutlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida tuzilgan Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondidan (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi), shuningdek Jamoat fondining Vasiylik kengashi vazifasini bajaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasidan (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat fondining moliyaviy mablagʻlarini taqsimlash mexanizmlarining demokratikligini va mustaqilligini taʼminlash maqsadida Parlament komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining deputatlari va senatorlari bilan bir qatorda adliya, moliya vazirliklarining masʼul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Parlament komissiyasining 53 ta majlisi oʻtkazilib, ularda nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirishning 200 dan ortiq dolzarb masalasi koʻrib chiqilgan, koʻrib chiqish natijalari boʻyicha 274 ta qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining ishi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilayotgan moliyaviy mablagʻlar manzilli va bir tekis taqsimlanishini taʼminlashga imkon beribgina qolmasdan, shu bilan birga uning institutlari faoliyatining tashkiliy-texnikaviy hamda iqtisodiy bazasini takomillashtirishga samarali taʼsir koʻrsatib, ularning soni va sifati oʻsishini sezilarli darajada oshirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi tomonidan 2010 — 2014-yillar mobaynida oshkoralik, ochiqlik, qulaylik va xolislik tamoyillariga, aniq belgilangan tanlov tartib-taomillariga rioya etish asosida 30,7 mlrd soʻm miqdorida moliyaviy mablagʻlar ajratilishi amalga oshirilgan boʻlib, ular 1 100 dan ortiq loyihani, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ustavda belgilangan faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga hamda devonlarini saqlab turishga davlat ijtimoiy buyurtmalari, grantlar va subsidiyalar shaklida taqsimlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning umumiy hajmida tanlovlar asosida ajratiladigan davlat grantlari mablagʻlarining ulushi davlat subsidiyalari umumiy hajmiga nisbatan oʻsgan, bu esa davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tuzilmasidagi sifat oʻzgarishi boʻlgan. Agar 2009-yilda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy qismi davlat subsidiyalari tarzida yoʻnaltirilgan boʻlsa, 2014-yildan mablagʻlarning 65%ga yaqini yoki 5 300,0 mln soʻm grant tanlovlarini oʻtkazishga va ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirishga ajratila boshlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida 3 121 ta nodavlat notijorat tashkilot va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokida 29 ta grant tanlovi oʻtkazilgan, ular tomonidan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik 3 762 ta loyiha taqdim etilgan. Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq jami 12 mlrd 935,8 mln soʻmlik 1 018 ta grant loyihasi qoʻllab-quvvatlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 — 2014-yillar davrida grant mablagʻlarining hajmi 3,5 barobar, qoʻllab-quvvatlangan loyihalar soni 2,3 barobar oshgan. Taqsimlangan mablagʻlarning umumiy hajmida davlat grantlarining ulushi 42,1%ni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida jami 5 mlrd 549,1 mln soʻmlik 79 ta loyiha moliyalashtirilgan boʻlib, bu 2010 – 2014-yillarda ajratilgan mablagʻlar umumiy hajmining 18%ini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat subsidiyalari tarzida taqsimlangan mablagʻlar hajmi hisobot davrida 12 mlrd 215,1 mln soʻmni tashkil etdi, bunda oʻsish 1,1 barobarni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida 520 dan ortiq turli tadbir: xalqaro va respublika konferensiyalari, seminarlar hamda davra suhbatlari, mahorat darslari, matbuot va on-layn konferensiyalari, uchrashuvlar, koʻrgazmalar, milliy anjumanlar va boshqalar oʻtkazilib, ularda nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 17 mingdan ortiq vakili qatnashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 — 2014-yillar mobaynida Parlament komissiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida xalqaro va chet el moliya tashkilotlari hamda institutlari bilan aloqalar oʻrnatish borasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyat doimiy asosda amalga oshirilgan, 2012-yildan boshlab 20 ga yaqin turli uchrashuv va qoʻshma tadbir tashkil etilgan hamda oʻtkazilgan. Parlament komissiyasi tomonidan xorijiy va xalqaro tashkilotlarning jami 70 mln soʻmdan ortiq pul mablagʻi, 18 ming AQSh dollari va 25 ming yevro, shuningdek milliy donorlardan 140 mln soʻm jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy mustaqilligini hamda barqarorligini mustahkamlash, ular tomonidan mablagʻlardan maqsadli va erkin foydalanilishini taʼminlash, dasturlar va loyihalarning ijtimoiy ahamiyati hamda samaradorligini oshirish uchun Parlament komissiyasi va Jamoat fondi tomonidan roʻyobga chiqarilayotgan loyihalarni monitoring qilishning, ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini baholashning tegishli tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga koʻmaklashish, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritishning normativ bazasini va tashkiliy sharoitlarini yaratish, nodavlat notijorat tashkilotlarni hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyalashning barqaror va mustaqil manbalarini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Parlament komissiyasining 2010 — 2014-yillar davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Parlament komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat fondining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashga ajratilgan mablagʻlarini taqsimlashda oshkoralik va shaffoflikni kuchaytirsin, aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni moliyalashga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat fondining faoliyat tartibini maqbullashtirish va yanada takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi jamoat fondlarining, shuningdek ular jamoat komissiyalarining faoliyatini tashkil etish, zarur tashkiliy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilotlarga hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratilayotgan mablagʻlardan foydalanish tartibining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining huquqiy madaniyatini hamda huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha kom¬pleks chora-tadbirlar ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 12-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-139-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 11-son, 337-modda)