Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori, 22.04.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2780
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-aprelda 2780-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek Toshkent davlat yuridik universitetida oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHOBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-2016-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016, 4-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1990-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetida (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Universitet talabalari (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi — yuqori malakali, raqobatbardosh, mamlakatda oʻtkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning yuqori talablariga, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil taʼlim olish, taʼlim sifatini boshqargan holda yuridik faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish, talabalarning modullarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Modul alohida oʻquv fani (uning qismi) boʻlib, oʻzida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladi va talabaning fan dasturini oʻrganishi natijasida shakllangan bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarda davlat taʼlim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar bilimi, koʻnikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: davlat taʼlim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv materialining talabalar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarda mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini oʻz vaqtida maʼlum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning oʻquv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kafedra mudiri har bir modul boʻyicha modul rahbarini, yaʼni alohida modulni oʻqitishning sifati, oʻquv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, talabalar bilimini tekshirishda yagona standartlarni taʼminlashga masʼul boʻlgan pedagog xodimni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Modullar boʻyicha talabalar bilimini semestr davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Talabalar bilimini nazorat qilish turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabalarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun universitetda joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Modulning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun belgilangan maksimal va saralash ballari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar pedagog xodim tomonidan birinchi mashgʻulotda talabalarga eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq va yakuniy nazorat jadvallari haqidagi maʼlumotlar Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan universitet veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Joriy nazoratni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Joriy nazorat talabaning modul mavzulari boʻyicha bilimi va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Joriy nazorat talaba tomonidan modul mavzusi mazmunini oʻzlashtirganlik darajasini baholashga qaratiladi, shuningdek oʻquv materialini konstruktiv ravishda sharhlash va tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash, ilmiy prezentatsiyalar tayyorlash va h. k. ni baholashga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Modulning mazmunidan kelib chiqqan holda modulning bir semestrda oʻqitiladigan bir-biriga bogʻliq mavzulari kafedra tomonidan uchtadan koʻp boʻlmagan bloklarga birlashtiriladi va ularni oʻzlashtirish natijasida talabalar modul doirasida kelgusi kasbiy faoliyat uchun zarur boʻlgan mustaqil nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Modulning har bir blok mavzusi doirasida joriy nazorat seminar, amaliy mashgʻulot va laboratoriya mashgʻulotlarida, odatda, quyidagi shakllarda oʻtkaziladi: ogʻzaki soʻrov (mantiqiy muammoli savollarni qoʻllagan holda), ilmiy prezentatsiya (modulning tegishli mavzusi boʻyicha kichik-guruhlar doirasida), muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash (“aqliy hujum” interfaol uslubini qoʻllagan holda va h.k.), huquq normalarini sharhlash, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish koʻnikmalarini rivojlantirish mashqlari hamda kafedra tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda oʻtkaziladi. Joriy nazorat shakllari modulning ishchi oʻquv dasturida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Modulning har bir mavzular bloki oʻqitiladigan oxirgi kuni pedagog xodim blokli joriy nazoratni yakunlaydi va ushbu reyting nazorati turi boʻyicha talabalarning ballarini qoʻyadi. Bunda har bir modul mavzulari bloki uchun ajratiladigan maksimal ball, joriy nazorat uchun ajratilgan maksimal reyting balini modul mavzulari bloki soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabaning oʻquv mashgʻulotlarida faol ishtirok etishi pedagog xodimga talabaning tegishli modul mavzulari bloki doirasida olgan ballarini koʻtarishga yoki unga maksimal ballni qoʻygan holda ushbu blok boʻyicha joriy nazorat topshirishdan ozod qilish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Joriy nazorat natijalari har bir modul mavzulari bloki boʻyicha alohida ravishda talaba reytingini hisobga olish elektron tizimiga tegishli pedagog xodim tomonidan Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan belgilanadigan muddat ichida kiritilishi shart. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi bildirgisiga asosan muddatni buzgan pedagog xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin. Modul boʻyicha joriy nazoratning umumiy natijasi pedagog xodim tomonidan imzolanadigan qaydnoma koʻrinishida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy nazorat boʻyicha oʻzining umumiy reyting balini qayta topshirish orqali koʻtarishni xohlagan talaba, yakuniy nazorat boshlanishidan oldin Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻiga tegishli ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi talabaga qayta topshirish uchun yoʻllanma beradi. Bunday yoʻllanma talabaga har bir modul boʻyicha semestrda bittadan ortiq boʻlmagan miqdorda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta topshirish ilgari joriy nazorat boʻyicha reyting ballarini qoʻygan pedagog xodim tomonidan oʻtkaziladi. Qayta topshirish natijasi boʻyicha qoʻyilgan joriy nazorat reyting ballari borasida talaba va pedagog xodim oʻrtasida kelishmovchilik vujudga kelgan hollarda, mazkur ball kafedra mudiri tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda pedagog xodim yoki kafedra mudiri tomonidan talabaning ilgari qoʻyilgan reyting balini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Har bir blok boʻyicha joriy nazorat oʻtkazish muddatlari mazkur Nizomning 59-bandiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy nazorat natijalarining oʻz vaqtida Oʻquv-uslubiy boshqarmaga taqdim etilishi, shuningdek talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimida uni toʻliq va toʻgʻri aks ettirish uchun javobgarlik tegishli modulni oʻqitadigan pedagog xodimlar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oraliq nazoratni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oraliq nazorat semestr davomida modul oʻquv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Oraliq nazorat talaba tomonidan modul oʻquv dasturining tegishli boʻlimlari mazmunini oʻzlashtirish darajasi, talabaning yuridik adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash, mustaqil tadqiqot olib borish, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar universitet Oʻquv-uslubiy kengashi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, barcha modullar boʻyicha oraliq nazorat talaba tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanadigan yozma ish shaklida semestr davomida bir marotaba oʻtkaziladi. Yozma ish talaba tomonidan tegishli semestr davomida mazkur Nizomning 59-bandida belgilangan muddatlarda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ichiga oʻquv dasturining tegishli boʻlimlarini toʻliq qamrab oluvchi materiallarni mujassam qilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning modulni oʻzlashtirish darajasini, tahlil qilish koʻnikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kafedra mudiri semestr boshlanishidan oldin oraliq nazorat savollarining sifatli tayyorlanishi va oʻz vaqtida Oʻquv-uslubiy boshqarmaga taqdim qilinishini taʼminlaydi. Har bir modul boʻyicha oraliq nazorat savollari ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Savollar ekspertizasi Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan semestr boshlangan kundan boshlab ikki hafta ichida tashkil qilinadi. Ekspertlar oʻquv ishlari boʻyicha prorektor taqdimnomasiga binoan rektor buyrugʻi asosida tayinlanadi. Savollar ekspertizasi mazkur Nizomning 1-ilovasida berilgan shaklni toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Oʻquv-uslubiy boshqarma oraliq nazorat savollarining amaliyot bilan oʻzaro bogʻlanganlik darajasini aniqlash maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa idoralar ekspertlaridan tegishli xulosa olish yoʻli bilan tashqi ekspertizani tashkil qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza natijalari pedagog xodim — savollarni tuzuvchi tomonidan oʻrganib chiqilishi va zarurat boʻlganda savollar mazmunida va savollar uchun yoʻriqnomalarda ifodalanishi lozim. Oraliq nazorat savollari talabalarga faqat ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng taqdim qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talaba oraliq nazorat yozma ishlarini topshirish sanasidan kamida ikki hafta oldin Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan taqdim etilgan savollar ichidan yozma ish tayyorlash uchun savollarni mustaqil tanlash huquqiga ega. Talaba yozma ishni tayyorlashga va nazorat jadvalida belgilangan sanalarga qatʼiy rioya qilgan Oʻquv-uslubiy boshqarmaga topshirishga masʼul hisoblanadi. Topshirilgan yozma ishni almashtirish yoki qoʻshimcha yozma ish topshirish taqiqlanadi. Topshirilgan yozma ish talabaga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bakalavriat talabasining oraliq yozma ishining hajmi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-kursda — kamida 1000 soʻzdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-kursda — kamida 1500 soʻzdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-kursda — kamida 2000 soʻzdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-kursda — kamida 2500 soʻzdan iborat boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura talabasining oraliq nazorat ishi hajmi kamida 3000 soʻzdan iborat boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq yozma ishining hajmi ushbu bandda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan holda mazkur ish uchun reyting balli kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oraliq nazorat yozma ishi talaba tomonidan kompyuterda Microsoft Word dasturini qoʻllagan holda, “Times New Roman” 14 shriftda, 1,5 qatorlararo intervalda tayyorlanishi va A4 formatdagi oq qogʻozda printerdan chiqarilgan boʻlishi kerak. Sahifa oʻlchami: sahifa moʻljali kitob shaklida, yuqori va pastki maydoni — 2 sm, oʻng taraf — 1,5 sm, chap taraf — 3 sm ni tashkil etishi kerak. Yozma ish titul varagʻi mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talaba belgilangan muddatlarda oʻz oraliq nazorat yozma ishini Oʻquv-uslubiy boshqarmada joylashgan ishlarni qabul qilish qutisiga tashlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-uslubiy boshqarmaning masʼul xodimi tegishli modul boʻyicha oraliq nazorat yozma ishlarini topshirish kuni soat 17-00da talabalarning ishlari saqlanayotgan qutini ochadi, ishlar sonini sanaydi va qabul qilingan yozma ishlar boʻyicha dalolatnoma tuzadi. Har bir qabul qilingan yozma ish titul varagʻining qirqiladigan qismiga Oʻquv-uslubiy boshqarma masʼul xodimining imzosi qoʻyiladi, qirqish chizigʻiga boshqarmaning shtampi bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oraliq nazorat yozma ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanishi shart. Mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Yozma ishda qogʻoz yoki elektron koʻrinishda nashr qilingan oʻzga matndan olingan manbaaga hech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaaga havola qilingan boʻlsada, lekin oʻzlashtirishlarning hajmi va xarakteri talabaning yozma ishni yoki uning asosiy qismini mustaqil yozilganligiga shubha uygʻotadigan darajada oʻzlashtirilgan boʻlsa plagiat deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plagiat ikki xil koʻrinishda boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzga matnni soʻzma-soʻz bayon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parafraza — oʻzlashtirilgan oʻzga matnning mazmunini oʻzgartirmasdan soʻz va iboralarni almashtirib bayon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq nazorat yozma ish matnidagi oʻzganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini koʻrsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Oraliq nazorat yozma ishini tekshirishda mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat) holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uygʻotadigan darajada oʻxshash boʻlishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qoʻyish yoki oldin qoʻyilgan oraliq nazorat reyting ballini bekor qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy nazorat oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yakuniy nazorat muayyan modul boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarning talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat talabaning modul oʻquv dasturining mazmunini oʻzlashtirganlik darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni (keys-stadi) hal etish, tizimli, tanqidiy tahlil qila olishi, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatlarini baholashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mutaxassislik kafedralarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat semestr yakunida bir marotaba yozma imtihon shaklida oʻtkaziladi. Umumtaʼlim kafedralarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat universitetning Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan belgilangan shaklda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yozma imtihon savollari mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni oʻz ichiga olishi lozim. Modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yakuniy nazorat savollariga ushbu Nizomning 24-bandi talablarini inobatga olgan holda mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida koʻrsatilgan talablar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kafedra mudiri oʻquv semestrining toʻrtinchi haftasi boshlanishidan kechikmagan holda yakuniy nazorat savollarini Oʻquv-uslubiy boshqarmaga taqdim qilinishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-uslubiy boshqarma yakuniy nazorat savollarini olgan kundan boshlab ikki hafta davomida ularning ekspertizasini tashkil qiladi. Ekspertizadan oʻtkazilgan yakuniy nazorat savollari tegishli modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollari yagona bazasiga qoʻshiladi. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasi har yili taqdim qilinadigan yakuniy nazorat savollari hisobiga kengayib boradi. Universitet yakuniy nazorat savollari yagona bazasidan talabalar va pedagog xodimlarning foydalanishiga imkoniyat yaratilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻquv-uslubiy boshqarma yakuniy nazorat savollari yagona bazasida mavjud savollar asosida imtihon biletlarini tuzadi va zarur hollarda bunga tegishli kafedra mudirini jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-uslubiy boshqarma xodimlari, shuningdek yakuniy nazorat uchun imtihon biletlarini tuzishga jalb qilingan kafedra mudirlari imtihon biletlari mazmunini oshkor qilmaslikka majburdir. Ushbu talab buzilgan hollarda aybdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yakuniy nazorat oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan, kafedralarning pedagog xodimlari orasidan tayinlanadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Yakuniy nazoratni oʻtkazishda rektor tomonidan tayinlangan universitetning boshqa xodimlari ham qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yakuniy nazorat olib borish jarayoni, qoida tariqasida, videoyozuvda qayd qilinadi. Oʻquv-uslubiy boshqarma xodimlari videokuzatuv vositasida yakuniy nazorat oʻtkazish jarayonini kuzatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning tasdiqlangan roʻyxati universitet tarkibiy tuzilmalari eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy nazoratga auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisining uzrli sababsiz kelmasligi (yoki kechikib kelishi) ularga nisbatan intizomiy choralarni qoʻllashga asos boʻladi. Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati tegishli kafedra mudiri zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Talabalar yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan auditoriyaga faqat talabalik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etganlaridan soʻng kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Imtihon jadvalida belgilangan yozma imtihon vaqti rasman boshlangandan soʻng kelgan talabalar unda ishtirok etishga qoʻyilmaydi. Talabalarning yozma imtihonda ishtirok etganligi holati mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklga asosan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechikib kelishning sababi uzrli deb topilganda, talaba auditoriya rahbarining roziligi bilan kiritilishi mumkin. Ushbu holatda talaba auditoriyada boʻlgan boshqa talabalar bilan bir qatorda yozma imtihonni yakunlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yozma imtihon oʻtkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning kirishi qatʼiyan taqiqlanadi. Yozma imtihon oʻtkazish jarayoni rektor, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor hamda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi tomonidan nazorat qilib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon oʻtkazilayotgan modul boʻyicha kafedra mudiri yozma imtihonning borishi, xususan, tegishli auditoriya rahbari va kuzatuvchilarning oʻz majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yozma imtihon, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida oʻtkaziladi. Imtihon vaqti auditoriya rahbari tomonidan yoʻl-yoʻriq berilgan vaqtdan boshlanadi. Yakuniy nazoratni boshlash va tugatish vaqti auditoriya rahbari tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Imtihon biletlari yozma imtihon oʻtkazilayotgan auditoriyaga Oʻquv-uslubiy boshqarmaning masʼul xodimi tomonidan Oʻquv-uslubiy boshqarmaning shtampi bilan tasdiqlangan javob varaqalari bilan birga yetkaziladi. Auditoriya rahbari imtihon biletlari va javob varaqalarini qayta sanab olishi va talabalarga tarqatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon oʻtkazish vaqtida talabalarning imtihon biletlaridagi savollarning mazmuni toʻgʻrisidagi murojaatlari koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yakuniy nazorat yozma ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda yozilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talaba uchun yozma ishni boshqa shaxs yozib berish holati aniqlanganda, shuningdek tekshirish vaqtida ikki yoki undan ortiq (ish mazmunining 2/3 dan ortigʻi) oʻxshash yozma ishlar talabaning koʻchirganligi holatiga asos boʻladi va talabalarga nol ball qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifrlangan ishni baholashning obyektivligiga taʼsir koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan soʻzning ustiga yoki tagiga chizish yoxud atrofini chizib qoʻyish, ishda tekshiruvchi shaxs nomiga murojaatning mavjud boʻlishi, javoblar varagʻining turli qismlariga (shu jumladan, ochiq qoldirilgan joylariga) grafik belgilar qoʻyish, ish matnida talabaning familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatish, ishni boshqa shaxsning dastxati bilan yozish holatlari mavjud boʻlganda, ish uchun nol reyting balli qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma imtihonga talaba oʻrniga boshqa shaxs kirgan holatlar aniqlanganda, talabaga nol reyting balli qoʻyilib qoidabuzarlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Talabalarning oʻzlari mustaqil ravishda yozma imtihon topshirish uchun koʻk rangli sharikli ruchka bilan kelishlari shart. Yozma imtihon oʻtkazish jarayonida talabalarning auditoriyadan chiqishi, bir-biri bilan gaplashishi, boshqa talabalarga oʻz imtihon varaqalarini yoki imtihon biletlarini berishi, oʻzi bilan darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, lugʻatlar, maʼlumotnomalar va boshqa adabiyotlar, konspektlar, elektron va qogʻoz shaklidagi shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (shu jumladan uyali aloqa vositasi), audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari va h. k. larni olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi. Shaxsiy buyumlar auditoriyadagi alohida stolga qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Modulning xususiyatidan kelib chiqib, tegishli kafedra tomonidan yakuniy nazorat oʻtkazishda kalkulyatordan foydalanishga nisbatan istisnolar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom 34-bandining toʻrtinchi xatboshisi va mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarni buzgan talabalar auditoriyadan chetlashtiriladi va mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shaklga asosan dalolatnoma tuziladi hamda talabalarning yakuniy nazorat ishi bekor qilinib, unga nol reyting balli qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan soʻng, talaba oʻz imtihon bileti va javob varaqasini auditoriya rahbariga topshirishga majburdir. Yozma imtihon mobaynida yozilgan yozma ish javob varaqlari soni auditoriya rahbari tomonidan qayta sanaladi va imtihonda qatnashgan talabalar roʻyxati hamda auditoriyadan chetlashtirish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar bilan birgalikda Oʻquv-uslubiy boshqarmaning masʼul xodimiga imzo qoʻydirib topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Nazoratning obyektivligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oraliq va yakuniy nazorat oʻtkazishda baholarning xolisligini taʼminlash maqsadida talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning yozma ishlariga Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari (bundan buyon matnda yozma ishlar deb yuritiladi) Oʻquv-uslubiy boshqarmaga topshirilgan kundan boshlab uch kun ichida Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan shifrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Shifrlash ishlari tugagandan keyingi kundan kechiktirmagan holda Oʻquv-uslubiy boshqarmaning masʼul xodimi mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga asosan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi va shifrlangan yozma ishlarni tekshirishga masʼul pedagog xodimlarga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma ishlarni tekshirishga masʼul boʻlgan pedagog xodimlar oʻquv ishlari boʻyicha prorektor taqdimiga binoan rektor tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy nazorat yozma ishlarini tekshirish pedagog xodimlar tomonidan universitet binosining ichki qismida maxsus ajratilgan hududda amalga oshiriladi. Yozma ishni maxsus ajratilgan hudud tashqarisiga olib chiqish taqiqlanadi. Maxsus ajratilgan hududda yozma ishlarni tekshirish jarayonida pedagog xodimlar faoliyatini texnik jihatdan taʼminlash maqsadida Oʻquv-uslubiy boshqarma xodimi ishtirok etishi shart. Maxsus ajratilgan hudud ichkarisiga rektor, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, tegishli kafedra mudiri hamda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻidan tashqari uchinchi shaxslarning kirishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish yakunlangan kuni yozma ishlar mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida Oʻquv-uslubiy boshqarmaga qaytariladi. Tekshirish natijalari talabalar reytingini aniqlash elektron tizimiga kiritilishi, shuningdek tekshirishni amalga oshirgan pedagog xodim tomonidan tasdiqlangan, topshirish reyting qaydnomasi shaklida rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-uslubiy boshqarmadan yozma ishlarni tekshirish uchun olgan vaqtdan boshlab, ularni qaytarish vaqtigacha (qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash) ishlarni tekshirish uchun masʼul boʻlgan pedagog xodimlar yozma ishlar saqlanishiga toʻliq javobgar hisoblanadi. Tekshirilgan yozma ishlar Oʻquv-uslubiy boshqarmaga qabul qilish-topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan muddatdan kechikmagan holda qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma ishlarni tekshirish muddatlari Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan belgilanadi va qabul qilish-topshirish dalolatnomasida oʻz aksini topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yozma ishlarni tekshirish muddatlarini buzgan pedagog xodimlarga nisbatan Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻining bildirgisiga asosan intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Yozma ishlarning reyting balli mazkur Nizomning 2 va 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuzilgan titul varaqasiga reyting ballini asoslantiruvchi qisqacha taqriz bilan qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Joriy nazorat reyting qaydnomasi, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalari Oʻquv-uslubiy boshqarmaga belgilangan muddatlarda taqdim qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kafedraning yozma ishlarni tekshirishda ishtirok etgan pedagog xodimlari oʻquv mashgʻulotlari vaqtida talabalar uchun yozma ishlarda koʻp uchragan xatolar yuzasidan maʼlumot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Oraliq va yakuniy nazoratni topshirish reyting qaydnomasi talabaning shaxsini aniqlab boʻlmaydigan tarzda (familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan holda) tuziladi, faqat talabaga tegishli boʻlgan identifikatsion kod koʻrsatilib rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq va yakuniy nazoratni topshirish reyting qaydnomasi asosida Oʻquv-uslubiy boshqarma masʼul xodimlari tomonidan talabalarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilinadi hamda oraliq va yakuniy nazorat natijalarining yakuni aks etgan talabalar roʻyxati tuziladi. Talabalar roʻyxati boshqarma masʼul xodimining taqdimiga koʻra Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va oraliq hamda yakuniy nazorat natijalari ikki kun muddat ichida talabalar eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Talabalarning joriy nazorat reyting qaydnomalari, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomasi talabalarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilingan holda Oʻquv-uslubiy boshqarma masʼul xodimlari jamlovchi reyting qaydnomasini tuzadi va u Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi hamda masʼul xodimi tomonidan imzolanadi va oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma ish natijalari oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalarida notoʻgʻri qayd qilingan hollar aniqlanganda, Oʻquv-uslubiy boshqarmaga yozma ishlarni tekshirish va topshirishga masʼul boʻlgan pedagog xodim javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yozma ish natijasi jamlovchi reyting qaydnomasida notoʻgʻri aks ettirilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boshqarmaning jamlovchi reyting qaydnomasini tuzishga masʼul boʻlgan xodimi, shuningdek Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari reyting qaydnomalarida toʻgʻri aks etishini monitoring qilish uchun Oʻquv-uslubiy kengash oʻz qarori bilan topshirish va jamlovchi reyting qaydnomalarini ularda koʻrsatilgan ballarning yozma ishlar titul varagʻida qoʻyilgan haqiqiy ballarga mos kelishini qayta tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy nazorat reyting qaydnomasining, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalarining hamda yakuniy jamlovchi reyting qaydnomalarining shakllari Oʻquv-uslubiy kengash tomonidan tasdiqlangan namuna boʻyicha tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yozma ishlarni baholashning xolisligini taʼminlash maqsadida Oʻquv-uslubiy boshqarma yozma ishlarning tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilishini tashkil qiladi. Bu maqsadda ushbu huquq sohasiga yoki fanga aloqador boʻlgan Universitet pedagog xodimlari jalb qilinadi va ular baholash mezonlari asosida talabalarga qoʻyilgan oraliq va yakuniy nazoratlar reyting ballarining xolisligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog xodim tomonidan qoʻyilgan va tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilgan ishlar ballari orasida sezilarli darajada tafovut aniqlangan holda, tegishli kafedra tomonidan topshirilgan ishlarning maʼlum bir qismi yoki barchasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektor qaroriga asosan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Ballar orasidagi tafovutni sezilarli darajada deb hisoblash mezonlari Oʻquv-uslubiy kengash tomonidan belgilanadi. Ishlarni qayta koʻrib chiqish mazkur kafedra pedagog xodimlari tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida amalga oshiriladi va qayta koʻrib chiqish natijalari kafedra mudiri imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash jarayonida noxolislik va subyektivlikka yoʻl qoʻygan pedagog xodimlarga nisbatan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor taqdimnomasiga koʻra intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi oraliq va yakuniy nazorat natijasi boʻyicha topshirish reyting qaydnomalarini koʻrib chiqib koʻp miqdorda past oʻzlashtirish reyting balli ishlarni aniqlasa, bu haqda oʻquv ishlari boʻyicha prorektorni xabardor qiladi. Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor rektor buyrugʻi asosida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan yozma ishlarni qayta tekshirtirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar guruhi ishiga rahbarlikni, qoida tariqasida, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor amalga oshiradi. Ekspertlar sifatida boshqa oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari va amaliyot vakillari (kelishuv asosida) ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning shaxsi oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspertlarning asosiy vazifasi yozma ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida qayta tekshirib, qoʻyilgan ballarning muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tekshirish natijalariga koʻra ekspertlar guruhi oʻzining ekspertlar guruhi aʼzolari tomonidan imzolangan va oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan xulosasini taqdim qiladi va bu tegishli ballarni oʻzgartirish uchun asos hisoblanadi. Xulosa Oʻquv-uslubiy boshqarmaga jamlovchi qaydnomani tayyorlash uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar guruhining xulosasi rasmiylashtirilgunga qadar oraliq va yakuniy nazorat natijalari yakuniy emas deb hisoblanadi va talabalarga eʼlon qilinishi mumkin emas. Xulosa rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maxfiyligi uchun Oʻquv-uslubiy boshqarma masʼul xodimi javobgar hisoblanadi. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi xodimlarining lavozim majburiyatlarini bajarishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni taʼminlashga masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul xodim oraliq va yakuniy nazorat natijalarining maxfiyligi buzilishi yuzasidan barcha holatlar toʻgʻrisida Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻiga darhol xabar berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Oʻquv-uslubiy boshqarma tekshirilgan yozma ishlar bilan tanishish uchun talabalarga imkon yaratib beradi. Tanishish imkoniyatini olish uchun talabalar natijalar eʼlon qilingan kundan ikki kun davomida Oʻquv-uslubiy boshqarma jurnalida roʻyxatdan oʻtishlari shart. Jurnalda talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻqish kursi, modul nomi hamda nazorat turi qayd etilishi lozim. Keyingi ikki kun davomida Oʻquv-uslubiy boshqarma barcha talabalarning murojaatlarini umumlashtiradi va ularga tekshirilgan yozma ish bilan tanishish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talaba qoʻyilgan balldan norozi boʻlsa, oʻz ishi bilan tanishgandan soʻng bir kun davomida (joriy nazorat natijasidan norozi boʻlganda — joriy nazorat natijalaridan xabardor boʻlgan vaqtdan boshlab bir kun davomida) Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi nomiga apellyatsiya shikoyatini berishi mumkin. Mazkur holatda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi bildirgisiga asosan rektor buyrugʻi bilan kamida 7 kishidan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabaning arizasi apellyatsiya komissiyasida talabaning (faqat joriy nazorat natijalari koʻrib chiqiladigan holatlarda), zarurat boʻlganda ushbu nazorat turi boʻyicha ball qoʻygan pedagog xodimning ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi nazorat ishlarini har tomonlama oʻrganadi (joriy nazorat natijalarini koʻrib chiqishda — savol-javob qiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabaning arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan ballarni oʻzgartiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabaning apellyatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan reyting ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Baholash tartibi va mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Talabaning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi talabalarning bilim, malaka va koʻnikmalarini baholashning reyting tizimi asosida ballarda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimida alohida baholanadigan kurs ishi (loyiha, jadval-hisoblash ishi), amaliyot (stajirovka), yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha oʻzlashtirish 100 ballik tizimda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Har bir nazorat turi unga ajratilgan maksimal ballning 100 foizidan kelib chiqqan holda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabaning modul boʻyicha oʻzlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlardan (bundan buyon matnda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) kelib chiqish tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 86 — 100 foiz olish uchun talaba:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, oʻz oʻrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻgʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoli savollarni aniqlashi, oʻz huquqiy pozitsiyasini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qoʻllay olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini koʻrsata olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modul oʻquv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni toʻliq va chuqur oʻzlashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qoʻllay olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 71 — 85 foiz olish uchun talaba:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, oʻz oʻrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻgʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qoʻyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart vaziyatlarda muammolarni oʻquv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy mashgʻulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda toʻgʻri (lekin doim ham ratsional emas) qoʻllay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modul oʻquv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni oʻzlashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 55 — 70 foiz olish uchun talaba:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni toʻgʻri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yoʻl qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javob berishga yoki ayrim maxsus koʻnikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modulining umumiy tushunchalari boʻyicha qisman bilimga ega boʻlishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qoʻllay olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqilayotgan modul boʻyicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) talabaning bilim darajasi 0 — 54 gacha baholanadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yoʻl qoʻysa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmasa, oʻz xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham toʻgʻrilay olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Modul boʻyicha joriy nazoratni baholash mezonlari kafedra tomonidan namunaviy baholash mezonlari asosida tuziladi, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Modullar boʻyicha oraliq va yakuniy nazoratni baholash mezonlari namunaviy baholash mezonlari asosida ishlab chiqiladi va Universitet Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Modullar boʻyicha semestr uchun talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rf — talabaning reytingi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — semestrda modul uchun ajratilgan umumiy yuklama (soatlarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OI — modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi (ballarda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Talaba semestr mobaynida modul boʻyicha olgan umumiy balli belgilangan tartibda talaba tomonidan har bir nazorat turi boʻyicha olingan umumiy ballar yigʻindisiga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Nazorat va qayta topshirishlarni oʻtkazish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Joriy nazorat jadvallari modul rahbari tomonidan tuziladi, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi hamda tegishli semestr boshlanishidan oldin Oʻquv-uslubiy boshqarmaga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq va yakuniy nazorat jadvallari oʻquv reja asosida Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan tuziladi va oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talaba belgilangan tartibda talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi vositasida va universitet binolarining koʻrinadigan joylarida joylashtirilgan eʼlonlardan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ish natijalarini mustaqil ravishda bilib borishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Agar oʻquv rejasiga koʻra kurs ishi bajarish va (yoki) amaliyot (stajirovka) oʻtash koʻzda tutilgan boʻlsa, unda talabaning keyingi kursga oʻtish sharti sifatida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlardan qarzdorlikning yoʻqligi bilan bir qatorda, kurs ishi va amaliyot (stajirovka)dan saralash ballini olishi hisoblanadi. Kurs ishlarini topshirish jadvali kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihonni tashkil qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Blokli joriy nazorat boʻyicha oʻtish ballini toʻplay olmagan yoki uzrli sabablarga koʻra qatnasha olmagan talabalarga keyingi blokli joriy nazorat oʻtkazilgunga qadar topshirish uchun muddat beriladi, oxirgi blokli joriy nazorat uchun esa yakuniy nazorat boshlanishiga qadar topshirish huquqi beriladi. Qayta topshirishning aniq muddatlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog xodimlar yakuniy nazorat davri boshlangunga qadar joriy nazorat natijalarini Oʻquv-uslubiy boshqarmaga topshirishi va talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimiga kiritishi shart. Yakuniy nazorat davri boshlangandan soʻng talabaning joriy nazorat boʻyicha reyting ballini oʻzgartirishga faqat oʻquv ishlari boʻyicha prorektorning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv mashgʻulotlarida hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzish, farzand tugʻilishi) ishtirok etmagan, va shu sababli oraliq nazorat yoki yakuniy nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabaga oʻquv ishlari boʻyicha prorektor bilan kelishilgan holda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi tomonidan qayta oʻzlashtirish uchun akadem qarzdorlar uchun beriladigan bir oylik muddatda oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat beriladi. Bunda talabaning yozma ishi ushbu Nizom 62-bandining toʻqqizinchi xatboshisida akademik qarzdorlar uchun belgilangan cheklovlarni hisobga olmagan holda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Talaba quyidagi holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari boʻyicha toʻplagan ballari har ikkala nazorat turini majburiy topshirilishini hisobga olgan holda ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy nazorat boʻyicha toʻplagan balli ushbu nazorat turi umumiy ballining 55 foizidan kam boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari boʻyicha esa, talabalarning yozgi taʼtili hamda professor-oʻqituvchilarning mehnat taʼtilidan soʻng) qayta oʻzlashtirish, yaʼni tegishli nazorat turini qayta topshirish orqali akademik qarzdorlikni bartaraf qilish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni oʻzlashtira olmagan talaba Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻining tavsiyasiga koʻra, belgilangan tartibda rektorning buyrugʻi bilan talabalar safidan chetlashtiriladi, mazkur Nizomning 63-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Akademik qarzdor uchun qayta topshirishning aniq muddatlari Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik qarzdor talaba mazkur bandning ikkinchi xatboshisiga muvofiq toʻplagan ballaridan kelib chiqib nazoratning bir yoki ikkala turini qayta topshirishi talab qilinadi. Topshirilishi kerak boʻlgan nazorat turlari Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan talabaning reyting oʻzlashtirish koʻrsatkichi natijalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi va barcha modullar boʻyicha yakuniy nazorat muddati boshlanishiga qadar uch kundan kechikmagan holda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy nazoratni qayta topshirish kafedra tomonidan tashkil qilinishi shart. Qayta topshirishni qabul qilish uchun kafedra tomonidan kafedra mudiri rahbarligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga Oʻquv-uslubiy boshqarma xodimi kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta topshirish natijalari alohida qaydnoma tarzida qayta oʻzlashtirish uchun beriladigan bir oylik muddatda Oʻquv-uslubiy boshqarmaga topshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq va yakuniy nazoratni oʻtish reyting ballini koʻtarish maqsadida qayta topshirishga, qoida tariqasida, ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik qarzdor talabaga qayta topshirishda oraliq va yakuniy nazorat uchun ajratilgan maksimal ballning 55 foizidan ortiq ball qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talaba tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizidan kam ballni olishi talabani yakuniy nazoratga kiritmaslik uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Qayta oʻzlashtirish uchun berilgan bir oylik muddatda akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan va semestr yakuni boʻyicha toʻrttadan koʻp boʻlmagan oʻquv fanlari boʻyicha akademik qarzdorligi boʻlgan talabalar oʻquv fanlari boʻyicha kelgusi semestrning yakuniy nazorat davri boshlangunga qadar tegishli fanlar boʻyicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga oʻtkaziladi. Ushbu qoida bakalavriat yoki magistratura bosqichida nazariy oʻqishning oxirgi semestrida oʻtiladigan oʻquv fanlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi semestrda oʻqishni davom ettirgan hollarda akademik qarzdorlik talaba tomonidan ushbu reyting nazorati turi uchun belgilangan shaklda bir marotaba qayta topshiriladi. Bunda joriy nazorat boʻyicha qayta topshirish rektor buyrugʻi asosida tashkil qilinadigan va, qoida tariqasida, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor rahbarlik qiladigan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi semestrda oʻqish davom ettirilgan hollarda akademik qarzdorlikni qayta topshirishning aniq muddati rektor tomonidan belgilanadi. Bunda toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar qayta topshirish oʻtkazilayotgan semestr uchun kontrakt toʻlovini belgilangan muddatda, lekin qayta topshirishni oʻtkazish vaqtigacha amalga oshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Modulni mazkur bandda belgilangan muddatda oʻzlashtirmagan va akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talaba Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻining tavsiyasiga koʻra rektor buyrugʻi bilan belgilangan tartibda talabalar safidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Ushbu Nizomning 63-bandida belgilangan tartibda kelgusi semestrda oʻqishni davom ettirayotgan talabalarga stipendiya ular tomonidan akademik qarzdorlik bartaraf etilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ushbu Nizomning 63-bandida belgilangan tartibda kelgusi semestrda oʻqishni davom ettirayotgan talaba talabalar safidan chetlashtirilganda, talabalar safidan chetlashtirish asosidan qatʼi nazar, akademik qarzdorlik paydo boʻlgan kursidan chetlashtirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Reyting natijalarini roʻyxatdan oʻtkazish va tahlil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Talabaning modul boʻyicha toʻplagan ballari semestr yakunida jamlovchi reyting qaydnomasiga butun son koʻrinishida kiritiladi. Modulni oʻqitayotgan pedagog xodimlar talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimining tegishli boʻlimini toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog xodim tomonidan oraliq va yakuniy nazorat yozma ishining titul varagʻi ustida ball qoʻyilishi shart. Ball aniq ifodalangan shaklda pedagog xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday tuzatishlar kafedra mudirining imzosi bilan tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Yakuniy nazorat natijalari boʻyicha Oʻquv-uslubiy boshqarma joriy nazorat reyting qaydnomasi, oraliq va yakuniy nazorat topshirish qaydnomalariga asosan talabalar reytingini aniqlaydi va jamlovchi reyting qaydnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Talabaning reytingi uning bilimi, malakasi va koʻnikmalari darajasini belgilab beradi. Talabaning semestr (kurs) boʻyicha umumiy reytingi barcha modullar boʻyicha toʻplagan reyting ballarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Agar modul bir necha semestr davomida oʻtilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan talaba diplomining ilovasi yoki akademik maʼlumotnoma tuzilayotgan vaqtda reytinglar yigʻindisi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabaga imtiyozli diplom belgilash vaqtida uning modullar boʻyicha oʻzlashtirishi har bir semestr natijasiga koʻra hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Talabaning nazorat turlari boʻyicha erishgan natijalari Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan tizimli ravishda tahlil qilinadi va Oʻquv-uslubiy kengashda muhokama qilish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining natijalari universitet Kengashida muntazam ravishda muhokama qilinadi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Oʻquv yilining yakuni boʻyicha reyting nazorati natijalariga koʻra talabalarni belgilangan tartibda keyingi kursga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYAZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-shakl
Oraliq nazorat savollarini ichki ekspertiza qilish SHAKLI
Taʼlim kursi
Oʻquv yili
Semestr
Modul nomi
Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi
Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi
Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar
Ha yoki Yoʻq
Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi
Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan
Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bogʻliq
Savollar tahlil qilish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan
Savollardagi yoʻriqnomalar talabadan nima talab qilinishi toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi
Oraliq nazoratni baholash mezonlari koʻrsatilgan
Savollar mustaqil tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan
Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang) Imzo:----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________
Savol tuzuvchining javobi (oʻqituvchi ekspert tomonidan berilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishga eʼtiroz bildirgan hollarda toʻldiriladi) Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________
2-shakl
Yakuniy nazorat savollarini ekspertiza qilish SHAKLI
Taʼlim kursi
Oʻquv yili
Semestr
Modul nomi
Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi
Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi
Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar
Ha yoki Yoʻq
Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi
Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan
Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bogʻliq
Nazariy savollar mantiqiy fikrlash, tahlil yoki tanqidiy tahlil etish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan
Savollardagi yoʻriqnomalar talabadan nima talab qilinishi toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi
Vaziyatli masalalar talabadan qonunchilikni chuqur bilish va anglashni talab etadi
Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang) Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________
Savol tuzuvchining javobi (ekspert tomonidan tavsiya qilingan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga eʼtiroz boʻlgan hollarda toʻldiriladi) Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI ORALIQ NAZORAT UCHUN TITUL VARAGʻI
___-kurs talabalari uchun Modul nomi: Ish turi: Oʻtkazilgan sana:
Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI YAKUNIY NAZORAT UCHUN TITUL VARAGʻI
___-kurs talabalari uchun Modul nomi: Ish turi: Oʻtkazilgan sana: A boʻlimda ikkita mantiqiy savolga javob yozilishi shart. Ikkita savol uchun maksimal 25 ball (har bir savol uchun 12,5 ball).
T/r
Baholash mezonlari
1-mantiqiy savol
2-mantiqiy savol
1.
2.
3.
4.
Umumiy ball
B boʻlimda bitta kazusga javob yozilishi shart. Bir kazus uchun 25 ball.
T/r
Baholash mezoni
25 ballgacha
1.
2.
3.
4.
Umumiy ball
Qoʻshimcha taqriz uchun:
Umumiy ball
Tekshiruvchi imzosi: ___________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma imtihonda qatnashgan talabalar ROʻYXATI
Modul nomi: __________________________________________ Kurs: ________________________________________________________ Yozma imtihon oʻtkazilgan sana: ____________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabani yozma imtihondan chetlashtirish toʻgʻrisida DALOLATNOMA
Toshkent sh.
20__ yil “___” ___________
Biz quyida imzo chekuvchilar auditoriya rahbari va kuzatuvchi (kuzatuvchilar) ushbu dalolatnomani quyidagilar haqida tuzdikki, talaba ____________________________________________________ _________________________________________________________________________________
(F.I.O. va akademik guruh)
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomning 35-bandiga asosan 20__ yil “__” _________da __________________________________________________________
(modul nomi)
moduli boʻyicha yozma imtihondan______________________________________________________ _________________________________________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOZMA ISHLARNI (NAZORAT TURI) QABUL QILISH-TOPSHIRISH DALOLATNOMASI
Toshkent sh.
20__ yil “___” ___________
Modul nomi: _____________________________________________________________________ Kurs: ____________________________________________________________________________ Yozma ishni qabul qilish sanasi: _______________________________________________________ Ishni tekshirish muddati: ____________________________________________________________ Ishlar soni: ______________________________________________________________________
Yozma ishlarni qaytarish sanasi: _______________________________________________________ Ishlar soni: _______________________________________________________________________