ILOVA
|
Tadbir nomi |
Bajarish muddati |
Ijro shakli va natijalari |
Masʼul ijrochilar |
Kutilayotgan natijalar | |
|
I. Nazorat-tahlil faoliyati | |||||
|
1. |
Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan asosiy yoʻnalishlarini soʻzsiz bajarish maqsadida ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni huquqiy himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari Toshkent viloyatidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan ijro etilishini oʻrganish |
2008-yilning ikkinchi choragi |
Qoʻmitaning xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi bilan qoʻshma majlisini oʻtkazish hamda qoʻshma qaror qabul qilish |
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqiy himoya qilinishini taʼminlash yuzasidan eng muhim ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish |
|
2. |
Yoshlar kamol topishi, ularning ijodiy salohiyati qulf urishi uchun qoʻshimcha huquqiy, tashkiliy sharoit hamda kafolatlar berishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Andijon viloyatida ijro etilishini oʻrganish |
2008-yilning uchinchi choragi |
Qoʻmitaning xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi bilan qoʻshma majlisini oʻtkazish hamda qoʻshma qaror qabul qilish |
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Yoshlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq muammolar vaqtida hal etilishini taʼminlaydigan qonunchilik bazasini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksidagi yoshlar uchun belgilangan qoʻshimcha kafolatlarga rioya etilishini taʼminlash maqsadida voyaga yetmaganlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratishga doir normalarning Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilishi tajribasini oʻrganish (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda) |
2008-yilning uchinchi choragi |
Tahliliy materiallar tayyorlash, ularni Qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hayʼati bilan qoʻshma majlisida muhokama etish hamda tegishli qaror qabul qilish |
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Mehnatga oid munosabatlarda voyaga yetmagan shaxslarning kafolatlari bajarilishi va huquqlariga rioya etilishini taʼminlash tizimini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish |
|
4. |
Yoshlarning huquqlariga oid qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda normativ-huquqiy hujjatlardan koʻchirmalar kiritgan holda materiallar toʻplash |
2008-yil mobaynida |
Risola chop etish |
Senat qoʻmitalari hamda Senat Devoni |
Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish |
|
5. |
Aholi�i ish bilan taʼminlash va uning farovonligini oshirish hududiy dasturlarini amalga oshirish borasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan vazifalarni hal etishga doir tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida Qoʻmitaning xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi bilan qoʻshma majlisini oʻtkazish |
2008-yilning toʻrtinchi choragi |
Qoʻmitaning xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi bilan qoʻshma majlisini oʻtkazish hamda qoʻshma qaror qabul qilish |
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
Namangan viloyatida yangi ish oʻrinlari barpo etish, muayyan tarmoqlarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda aholini ish bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish |
|
6. |
Monopolizm koʻrinishlariga qarshi kurashishga hamda raqobat muhitini amalda shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan ijro etilishini oʻrganish |
2008-yilning toʻrtinchi choragi |
Qoʻmitaning qarorini qabul qilish |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
Iqtisodiyotning monopollashuv darajasini pasaytirishga, ishlab chiqarish hajmlari koʻlamini kengaytirishga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va raqobatbardoshligini oshirishga, shuningdek mahsulot bahosi pasayishini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish |
|
II. Tadbirlar* | |||||
|
1. |
“Yoshlar yili” Davlat dasturi qoidalarini keng koʻlamda tushuntirish maqsadida senatorlarning kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar oʻquvchilari hamda oliy oʻquv yurtlari talabalari bilan uchrashuvlarini tashkil etish va oʻtkazish |
2008-yil mobaynida |
Uchrashuvlar, leksiyalar, davra suhbatlari |
Senatorlar |
Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar oʻquvchilari hamda oliy oʻquv yurtlari talabalarining “Yoshlar yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan asosiy yoʻnalishlardan xabardorlik darajasini oshirish |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-fevralda boʻlib oʻtgan, 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasining asosiy qoidalarini amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari roli toʻgʻrisidagi masalani dasturga albatta kiritgan holda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari uchun turkum seminarlar tashkil etish va oʻtkazish |
2008-yilning birinchi choragi |
Seminarlar oʻtkazish |
Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtiri-lishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh, qoʻmita raislari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, shuningdek 2008-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvorliklari mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirish borasidagi amaliy faolligini oshirish |
|
3. |
“Yoshlarga oid siyosat sohasidagi dasturlarni amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari hamda doimiy komissiya-larining asosiy vazifalari” mavzuida seminar-trening (YUNISEF mintaqaviy idorasi bilan birgalikda) |
2008-yilning birinchi choragi |
Seminar-trening oʻtkazish |
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi |
Seminar-trening asnosida olingan bilimlarni “Yoshlar yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan asosiy yoʻnalishlarni amalga oshirishda tatbiq etish |
|
4. |
“Qishloqdagi yoshlarni ishga joylashtirishga doir vazifalar” mavzuida davra suhbati (Sirdaryo viloyati yoshlari vakillari ishtirokida) |
2008-yilning ikkinchi choragi |
Davra suhbati oʻtkazish va tavsiyalar qabul qilish |
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
Qishloq yoshlarini faollashtirish, ularni ishga joylashtirish uchun sharoitlar yaratish |
|
5. |
“Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning vazifalari” mavzuida seminar |
2008-yilning ikkinchi choragi |
Seminar oʻtkazish |
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashda, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ishtirok etib kelayotgan vakillarining huquqiy madaniyati darajasini oshirish |
|
6. |
“Iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda hozirgi bosqichda uning barqarorligini taʼminlash” mavzuida seminar |
2008-yilning uchinchi choragi |
Seminar oʻtkazish |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
Seminar ishtirokchilarining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan xabardorlik darajasini oshirish |
|
7. |
“Oila kodeksi yosh oilada munosabatlarni shakllantirishning huquqiy asosi sifatida” mavzuida davra suhbati |
2008-yilning uchinchi choragi |
Davra suhbati oʻtkazish va tavsiyalar qabul qilish |
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
Oila toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish |
|
8. |
“Isteʼdodli yoshlarni tarbiyalashda bolalar ijodiyoti markazlarining roli” mavzuida davra suhbati (Toshkent va Samarqand shaharlaridagi bolalar ijodiyoti markazlari misolida) |
2008-yilning toʻrtinchi choragi |
Davra suhbati oʻtkazish va tavsiyalar qabul qilish |
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Bolalar ijodiyotini rivojlantirish hamda uning ijodkor yoshlarni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish |
|
9. |
“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda davlatning barqaror rivoj topishida yoshlar rolini oshirish masalalari” mavzuida konferensiya |
2008-yilning toʻrtinchi choragi |
Konferensiya oʻtkazish va tavsiyalar qabul qilish |
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi |
Yoshlarning davlat qurilishi hamda mamlakatni modernizatsiya etishdagi rolini oshirish va faolligini kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish |