04.02.2008 yildagi 722-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatini takomillashtirishga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi hamda fuqarolarning murojaatlari bilan bogʻliq ishlariga doir masalalarni eshitib va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qonunchilik palatasining professional qonun ijodkorligi faoliyatida keyingi uch yil ichida maʼlum tajriba toʻplandi, qonun loyihalarini ishlab chiqish, qoʻmitalarda va siyosiy partiyalar fraksiyalarida muhokama qilishni tashkil etish borasida muayyan ijobiy amaliyot mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nazorat-tahlil faoliyatida ham toʻplangan tajriba asosida ijobiy tamoyillar tarkib topdi. Bu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar nafaqat joylarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, balki muayyan sohalarda yuzaga keladigan muammolarni qonun yoʻli bilan hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, qonunlarni samarali va ogʻishmay ijro etishga doir tavsiyalar berish uchun ham imkon yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari oʻz saylovchilarining manfaatlaridan kelib chiqib, qonun loyihalari yuzasidan aniq nuqtai-nazarni belgilab olishga, qonun loyihalarining mustaqil ekspertizasini tashkil etishga, qonun loyihalarini yanada batafsil muhokama qilishga, qoʻmitalarga amaliy takliflar kiritishga alohida eʼtibor qaratmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi huquqni qoʻllash amaliyoti talablarini toʻlaroq aks ettirish maqsadida Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatini yanada takomillashtirish zarur, deb hisoblaydi. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari bundan buyongi ishlarida muayyan muammoli jihatlarga eʼtiborni qaratishlari lozim. Xususan, ekspertlar, amaliyotda ishlaydigan mutaxassislar keng doirasini jalb etgan holda Qonunchilik palatasida qonun loyihalarini muhokama etishning barcha bosqichlarida muhokamaning oʻtishi tartib-taomilini takomillashtirish zarur. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin aloqalarni davom ettirish, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatida ularning takliflarini hisobga olish ham zarurdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining oʻz saylov okruglaridagi hamda fuqarolarning murojaatlari bilan bogʻliq ish amaliyotini ham takomillashtirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari qonun loyihalarini muhokama qilishning hamma bosqichlarida barcha qoʻmita aʼzolarining faol ishtirok etishini hamda qonun loyihalarini tayyorlash, muhokama etish va qonunlar qabul qilishning butun jarayoni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasinlar. Qonun loyihalarini ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlash chogʻida ularning dolzarbligi va amal qilish sohalaridan kelib chiqib, muhokamaga jalb etiladigan olimlar, ekspertlar doirasi kengaytirilsin hamda qonun ijodkorligi jarayonini ommaviy axborot vositalarida toʻlaroq yoritish taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, qonunlarning ijro etilishi jarayonida muammolarni, qoʻmitalar ishlab chiqqan tavsiyalarning ijro etuvchi hokimiyat organlari ishiga, muayyan tarmoqni rivojlantirishga va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini jadallashtirishga taʼsirini aniqlash maqsadida qoʻmitalarning nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmitalarning qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatida toʻplagan ijobiy tajribasini takomillashtirish hamda yoyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining majlisida qoʻmitalar oʻz faoliyati haqida vaqti-vaqti bilan hisobot berib borishi amaliyotga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining samaradorligini oshirish, qonun ijodkorligi faoliyatini va qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini monitoring qilishni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining 2008-2009-yillarga moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari dasturini ishlab chiqish boʻyicha guruh tuzilsin hamda ushbu Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritilsin (masʼul — A.X. Shodmonov).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻmitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, Muvofiqlashtiruvchi kengashning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etishga doir faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qoʻmitalar raislarining Oliy Majlis Senatiga yuboriladigan qonunlar uchun masʼuliyatini oshirishga va bunda parlament har ikkala palatasining qoʻmitalari hamkorligini kengaytirish zarurligiga eʼtibor qaratilsin (masʼul — A.S. Tursunov).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini fuqarolarga tushuntirish, keng jamoatchilikni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida oʻtkazilayotgan islohotlarning borishi toʻgʻrisida axborot bilan taʼminlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatining barcha jihatlari ommaviy axborot vositalarida samarali va muntazam yoritib borilsin. Shu maqsadda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qoʻmitalari ommaviy axborot vositalarida qoʻmita faoliyatining barcha tomonlarini yoritilishi uchun qoʻmita aʼzolari tarkibidan masʼul deputatni belgilasin (masʼul — X.N. Doʻsmuhamedov).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 62-moddasiga muvofiq deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari muntazam va samarali oʻtkazib borilishini taʼminlash maqsadida tegishli tavsiyalar hamda ish jadvali ishlab chiqilsin va tasdiqlash uchun kiritilsin. Bunda joylarda qonun loyihalarining muhokama qilinishini, qabul qilib boʻlingan qonunlarning tushuntirilishini, qonunlarning roʻyobga chiqarilishi amaliyotini oʻrganishni tashkil etish, u yoki bu aniq tarmoqlardagi mavjud muammolarni qonun yoʻli bilan taʼminlash masalalari nazarda tutilsin (masʼullar – A.A. Rustamov, N.M. Ismoilov).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 4-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
722-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 2-son, 111-modda)