Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 1-aprelda 1898-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 31-dekabrdagi 46 va 121-son qarori (roʻyxat raqami 1898, 2009-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-mart,
1-mh-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-mart,
12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 2-martdagi 1-mh va 12-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-banddagi “oʻquv yilining (sentyabr — may) oylari” degan soʻzlar “oʻquv yili (sentyabr — may oylari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6-banddagi “bank muassasalariga” degan soʻzlar “tegishli xizmat koʻrsatuvchi bankka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Bolaning bolalar musiqa va sanʼat maktabida taʼlim olganligi uchun mavjud boʻlgan qarzdorlik bir oy ichida toʻlangan taqdirda, bola mazkur sinfning oʻquv dasturlari talablarini bajargandan soʻng oʻquvchilar safiga qayta tiklanadi. Bola oʻqishni tegishli toʻlovni amalga oshirgan holda keyingi oʻquv yilida (oʻtgan oʻquv yilining tugatilmagan choragining birinchi oyidan) davom ettirishi mumkin.”.
4. 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. 14-bandda:
“a” kichik banddagi “moliya yilining” degan soʻzlar “oʻquv yilining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) oʻqish uchun toʻlanadigan toʻlovdan ozod etiladigan bolalarning roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.”.
6. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Komissiya kelib tushgan hujjatlarni koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi. Mazkur qaror tegishli buyruq chiqarish uchun bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktoriga yuboriladi.”.
7. Oʻzbek tilidagi matnning 16-bandidagi “boʻlim boshliqlari” degan soʻzlar “boʻlinma mudirlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 18 — 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻquvchilar umumiy sonining 25 foizi doirasida bolalarning quyidagi toifalari toʻlovdan ozod etiladi:
musiqa va sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro (1 — 3-oʻrinlar) va respublika (1-oʻrin) tanlovlarida gʻolib boʻlgan bolalar — bir kalendar yil mobaynida (gʻolib deb eʼlon qilingandan keyingi oydan boshlab 12 oy mobaynida);
kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan bolalar.
19. Musiqa va sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro (1 — 3-oʻrinlar) va respublika (1-oʻrin) tanlovlarida gʻolib boʻlgan bolalarni bir kalendar yil mobaynida oʻqitish uchun toʻlovdan ozod etishga ularning tanlovda gʻolib boʻlganligini tasdiqlovchi hujjati asos boʻladi.
20. Kam taʼminlangan oilalarning bolalarini toʻlovdan ozod etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
a) ota-onalarning arizasi;
b) oilaning kam taʼminlanganligi toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan maʼlumotnoma.”.
9. Oʻzbek tilidagi matnning 21-bandidagi “bolalarini roʻyxatga birinchi navbatda kiritish tamoyiliga rioya qilgan holda toʻldirib boriladi” degan soʻzlar “bolalari toʻlovdan ozod etiladigan bolalarning roʻyxatiga birinchi navbatda kiritiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 22 va 23-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ham bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun belgilangan toʻlovlardan ozod etiladi.
23. Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning oʻqishi uchun toʻlovdan ozod etishga xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma asos boʻladi.”.
11. Quyidagi mazmundagi 231 va 232-bandlar bilan toʻldirilsin:
“231. Agarda bir oilaning ikki va undan ortiq farzandi bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqisa, ulardan har birining oʻqishi uchun belgilangan toʻlovning 70 foizi miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
232. Toʻlovdan ozod etiladigan bolalarning roʻyxati Komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi hamda mazkur qaror asosida bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktorining buyrugʻi chiqariladi.”.
12. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Oʻqish uchun toʻlanadigan toʻlovning tushumi va sarflanishi boʻyicha buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish tegishli musiqa va sanʼat maktabining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.”.
13. 31-banddagi “Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “Bolalar musiqa va sanʼat maktabining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbek tilidagi matnning 32-bandidagi “saflanishi” degan soʻz “sarflanishi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 127-modda)