Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarini tashkil etish, ularning faoliyati va ularni tugatishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 2-oktabrdagi 347-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-mart,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarini (keyingi oʻrinlarda oʻtkazish punktlari deb ataladi) tashkil etish, ularning faoliyati, ularni tugatish, qurish va rekonstruksiya qilishning xalqaro-huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy asoslarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududining (quruqlik, suv, yer osti, samoviy hudud) chegaralarini belgilovchi liniya va ushbu liniya boʻylab oʻtuvchi vertikal yuza;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻtkazish punkti — xalqaro aloqalar uchun ochiq boʻlgan chegaradosh temir yoʻl stansiyalari va avtomobil yoʻllari, daryo portlari, aeroportlar (aerodromlar)ning hududi (hududining bir qismi), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiali, hayvonot va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlarining chegara, bojxona va nazoratning boshqa turlari amalga oshiriladigan va oʻtkaziladigan maxsus jihozlangan boshqa joy;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻtkazish punktini tashkil etish tashabbuskorlari — oʻtkazish punkti faoliyat koʻrsatishidan manfaatdor boʻlgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek vazirliklar va idoralar;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻtkazish punkti maʼmuriyati — oʻtkazishning ushbu punkti biriktirilgan aeroport (aerodrom), daryo porti, temir yoʻl stansiyasi, avtomobil oʻtkazish punkti rahbariyati;
davlat nazorati organlari — shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiali, hayvonot va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazishda qatnashuvchi chegara, bojxona, sanitariya-karantin, veterinariya, fitosanitariya nazorati va nazoratning boshqa turlari organlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻtkazish punktlari quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
noqonuniy migratsiya, qurol-yarogʻ, giyohvand moddalar, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar kontrabandasini aniqlash va ularga barham berish hamda epidemiya va epizootiyalarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son)
shaxslar, transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtishini hamda tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiali hamda hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlari harakatlanishini nazorat qilish va hisobga olishni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat nazorati organlarining, shuningdek transport tashkilotlarining va vakolatli banklar qabul qilish punktlarining ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Oʻzbekiston Respublikasining xavfsizligini, iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirishning joriy va istiqbolli ehtiyojlariga muvofiq tranzit salohiyatini, oʻtkazish punktlarining oʻtkazish quvvatini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
4. Oʻtkazish punkti ularda davlat nazorati organlari belgilangan tartibda faoliyatni amalga oshiradigan binolar, xonalar, inshootlar majmuini va boshqa joylarni, shuningdek oʻtkazish punktining zarur tarzda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydigan transport tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni oʻz ichiga oladi.
5. Shaxslar, transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtishining va tovarlar, boshqa mol-mulk hayvonlarning harakatlanishining belgilangan qoidalariga rioya etishning nazorat qilinishini taʼminlash uchun tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, veterinariya, fitosanitariya nazorati va nazoratning boshqa turlari boʻlinmalari faoliyati tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻtkazish punktlarida oʻtkazish punktining normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat amalga oshirilishi hamda shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari, hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Oʻtkazish punktlarini tasniflash
7. Oʻtkazish punktlari toifalari, maqomi va ish rejimi boʻyicha tasniflanadi:
a) toifalari boʻyicha — avtomobil yoʻli (piyodalar yoʻli), temir yoʻl, daryo va aviatsiya oʻtkazish punktlari;
b) maqomi boʻyicha:
xalqaro oʻtkazish punktlari — shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari hamda Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa xorijiy davlatlardan kelib chiqqan hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlarini oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
ikki tomonlama oʻtkazish punktlari — shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari hamda Oʻzbekiston Respublikasi va qoʻshni davlatlardan kelib chiqqan hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlarini oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
soddalashtirilgan oʻtkazish punktlari — Oʻzbekiston Respublikasi va qoʻshni davlatning fuqarolarini piyoda tarzda oʻtkazadi. Soddalashtirilgan oʻtkazish punktlarining ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi va qoʻshni davlatning chegara va bojxona idoralari oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) ish rejimi boʻyicha — kecha-kunduz va kunning yorugʻ vaqtida oʻtkazadi.
“Kunning yorugʻ vaqtida” ish rejimli oʻtkazish punktlarida ishning boshlanishi va tamom boʻlishi vaqti Oʻzbekiston Respublikasi va qoʻshni davlatning chegara idoralari tarkibiy boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari, hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlarini oʻtkazish tartibi, shuningdek ish rejimini, xalqaro aloqalar avtomobil, temir yoʻl va daryo yoʻllarida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining oʻtkazish punkti maqomini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi bilan tegishli davlatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Oʻtkazish punktlarini tashkil etish tartibi
9. Oʻtkazish punktlari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qoʻshni davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻtkazish punktini tashkil etish tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz takliflarini quyidagi materiallar bilan birgalikda taqdim etadi:
oʻtkazish punktini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi va amaliy ahamiyatini asoslash;
boʻlishi mumkin boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy va boshqa oqibatlarni baholash.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ekspert ishlab chiqish uchun taklif yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda oʻtkazish punktini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi masalasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan puxta ishlab chiqadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrganish materiallariga quyidagilar ilova qilinadi:
oʻtkazish punktini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi, rejalashtirilayotgan oʻtkazish quvvati va tashkil etish muddati;
oʻtkazish punktini loyihalashtirishga, qurishga (shu jumladan rekonstruksiya qilishga, kengaytirishga), asbob-uskunaga, texnik jihozlashga, binolar, xonalar, inshootlarni saqlashga, transport, muhandislik va ijtimoiy-maishiy infratuzilmani tashkil etish va rivojlantirishga taxminiy moliyaviy xarajatlar, shuningdek moliyalashtirish manbalari;
Keyingi tahrirga qarang.
mahalliy davlat hokimiyati organlarining uning hududida oʻtkazish punktini belgilashga roziligi koʻrsatilgan tushuntirish xati.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ekspert majlisi oʻtkazadi, uning protokol qarorini barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻtkazish punktini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli protokol kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻtkazish punktini tashkil etish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha ijobiy qarori qabul qilingan taqdirda Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda tegishli xalqaro shartnoma loyihasini xorijiy tomon bilan keyinchalik puxta ishlash uchun uning loyihasini ishlab chiqadi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devoni bilan kelishadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻtkazish punktlari boʻyicha ekspertlar darajasidagi muzokaralar Tashqi ishlar vazirligining vakolatli vakili rahbarligida oʻtkaziladi. Istisno holatlarda, shuningdek tomonlarning ustuvorligi prinsipidan kelib chiqib, muzokaralarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli vakolatli vakillari ishtirok etadilar.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Muzokaralar yakunlari boʻyicha erishilgan ahdlashuvlar protokol bilan rasmiylashtiriladi, u belgilangan tartibda keyinchalik xalqaro shartnoma loyihasi matnining maqbulligi, shuningdek imzolash joyi va muddatlari toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar bilan xorijiy tomonni xabardor qilish uchun davlat ichki kelishishi tartib-taomilidan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻtkazish punktini tashkil etish toʻgʻrisida xalqaro shartnoma yoki oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi shartnoma (protokol) tuzilgandan keyin tashabbus koʻrsatuvchi oʻtkazish punktini tashkil etish (rejimi yoki maqomini oʻzgartirish) toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻtkazish punktini tashkil etish (rejimi yoki maqomini oʻzgartirish) toʻgʻrisidagi kuchga kirgan qarori oʻtkazish punktini loyihalashtirish, qurish (shu jumladan rekonstruksiya qilish, kengaytirish), obyektlarini ishga tushirish va texnik jihozlashni, transport, muhandislik va ijtimoiy-maishiy infratuzilmani tashkil etish va rivojlantirishni moliyalashtirish, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining koʻrsatib oʻtilgan qaroriga muvofiqlashtirish, shuningdek ushbu oʻtkazish punktida ishlarni tashkil etish uchun zarur shtat birliklarini ajratish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻtkazish punktini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori uning tasnifi koʻrsatilgan holda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi barcha manfaatdor davlatlarni, diplomatik vakolatxonalarni va xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan konsullik muassasalarini, manfaatdor xalqaro tashkilotlarni, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarini oʻtkazish punktlari tashkil etilganligi, ularning tasnifi, shaxslar, transport vositalarining oʻtishi hamda tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari hamda hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtishi tartibi va qoidalaridan xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Oʻtkazish punktlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni amalga oshirish tartibi
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kuchga kirgandan keyin oʻtkazish punktini tashkil etish tashabbuskori oʻz vakolatlari doirasida oʻtkazish punktini loyihalashtirish, qurish (shu jumladan rekonstruksiya qilish, kengaytirish), jihozlash va texnika bilan jihozlash boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Buyurtmachi belgilangan tartibda pudratchini belgilaydi va oʻtkazish punktini loyihalashtirish va qurish (shu jumladan rekonstruksiya qilish, kengaytirish) boʻyicha ishlarni amalga oshirish doirasida davlat organlari va boshqa manfaatdor yuridik shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni umumiy muvofiqlashtiradi.
18. Buyurtmachi manfaatdor vazirliklar va idoralarning takliflari asosida, Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi normalar va qoidalarga muvofiq oʻtkazish punktini qurish (shu jumladan rekonstruksiya qilish, kengaytirish), jihozlash va texnika bilan jihozlash yuzasidan loyihalashtirishga topshiriqni va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Oʻtkazish punktini qurishga (shu jumladan rekonstruksiya qilish, kengaytirishga), jihozlash va texnika bilan jihozlashga loyiha-smeta hujjatlari manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Oʻtkazish punkti uni qurish (shu jumladan rekonstruksiya qilish, kengaytirish), jihozlash, texnika bilan jihozlash kompleks tugallangandan, transport, muhandislik va ijtimoiy-maishiy infratuzilma tashkil etilgandan keyin faoliyat koʻrsatishni boshlaydi.
Oʻtkazish punkti qurilishi tugallangandan keyin uni biriktirish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oʻtkazish punktini qurish (shu jumladan rekonstruksiya qilish, kengaytirish), jihozlash va texnika bilan jihozlash tamom boʻlgandan keyin buyurtmachi qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish uchun idoralararo komissiyani tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Idoralararo komissiya tarkibiga oʻtkazish punktini tashkil etish tashabbuskorining, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga tushiriladigan oʻtkazish punktida foydalanishni amalga oshiradigan transport aloqasi va nazorat turlariga bogʻliq ravishda manfaatdor vazirliklar va idoralarning, shuningdek hududida oʻtkazish punkti ochiladigan mahalliy davlat hokimiyati organining vakillari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Oʻtkazish punktlari ishlarini tashkil etish
22. Oʻtkazish punkti faoliyatining umumiy tartibi (ishning boshlanishi tamom boʻlishi vaqti, texnologik tanaffuslar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtadigan jismoniy shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, ekish materiallari hamda hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlarini rasmiylashtirish grafiklari (jadvallari), qoʻshni davlatlar bilan xalqaro shartnomalar hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat nazorati organlari va oʻtkazish punkti maʼmuriyati rahbarlarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Oʻtkazish punktlarida nazoratning barcha turlarini amalga oshirishning izchilligi xalqaro aloqalar turi hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari hamda hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlarini oʻtkazishni tashkil etishning namunaviy sxemalari bilan belgilanadi. Namunaviy sxemalar nazoratning har xil turlarini amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralar bilan kelishiladi hamda xalqaro aloqaning tegishli turlarini amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralarning idoraviy hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari, hamda hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlari oʻtishini tashkil etishning namunaviy sxemalariga muvofiq, mahalliy shart-sharoitlar hisobga olingan holda, davlat nazorati organlari va oʻtkazish punkti maʼmuriyati rahbarlarining qoʻshma qarori bilan har bir aniq oʻtkazish punktida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari hamda hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlarini oʻtkazishning texnologik sxemasi amalga kiritiladi, u chegara mintaqalari, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Davlat nazorati organlari va oʻtkazish punktlari maʼmuriyati faoliyatini muvofiqlashtirish
25. Davlat nazorati organlari va oʻtkazish punktlari maʼmuriyati oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha muvofiqlashtiradilar:
oʻtkazish punktida yuzaga kelayotgan vaziyatni birgalikda tahlil qilish;
Davlat chegarasi orqali oʻtkazish hajmini oʻzgartirish boʻyicha tendensiyalarni prognozlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan shaxslar, transport vositalari oʻtishi va tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari hamda hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlari harakatlanishi qoidalari buzilishi mumkinligiga olib keladigan shart-sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi rejimini va oʻtkazish punktlaridagi rejimni saqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻtkazish punktining ishlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazishning texnologik sxemalarini va oʻzaro hamkorlik rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha davlat nazorati organlari va oʻtkazish punkti maʼmuriyati faoliyatini muvofiqlashtirish — Davlat bojxona qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlarining tarkibiy boʻlinmalari, xoʻjalik faoliyati masalalari boʻyicha esa — oʻtkazish punkti maʼmuriyatining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha organlar va tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash maqsadida muvofiqlashtiruvchi kengashlar chaqiriladi, ularning ishtirokchilari tarkibiga davlat nazorati organlari boʻlinmalarining va oʻtkazish punkti maʼmuriyatining rahbarlari kiradi.
Muvofiqlashtiruvchi kengashga, zaruriyat boʻlganda, boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin. Ularning qatnashishi toʻgʻrisidagi qaror muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari tomonidan qabul qilinadi.
28. Muvofiqlashtiruvchi kengashlar zaruriyatga koʻra, shuningdek muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolaridan birining tashabbusi bilan oʻtkaziladi.
29. Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorlari qoʻshma farmoyish beruvchi hujjatlar chiqarish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
VII. Oʻtkazish punktlarini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash
30. Davlat organlarining tashabbusi bilan tashkil etiladigan oʻtkazish punktlarini qurish (shu jumladan rekonstruksiya qilish, kengaytirish), ularni jihozlash va texnika bilan jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, ushbu obyektlarning buyurtmachilari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Oʻtkazish punkti foydalanishga qabul qilib olingandan keyin davlat nazorati organlarining tarkibiy boʻlinmalariga xizmat xonalari va maishiy xizmat xonalari, maxsus joylar va nazoratning tegishli turlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnologik uskunalar belgilangan tartibda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Oʻtkazish punktini nazoratning maxsus apparatlari va texnik vositalari bilan jihozlash, ulardan foydalanish, shuningdek davlat nazorati organlarining tarkibiy boʻlinmalari shaxsiy tarkibini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli vazirliklar va idoralar uchun nazarda tutiladigan mablagʻlari va moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Davlat nazorati organlarining tarkibiy boʻlinmalari oʻzlariga berilgan xizmat xonalari va maishiy xizmat xonalaridan, maxsus joylar va texnologik uskunalardan belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Oʻtkazish punktlarida davlat nazorati organlarining sifatli ishlashini taʼminlash uchun oʻtkazish punkti maʼmuriyati va mahalliy davlat hokimiyati organlari elektr energiyasi, suvning uzluksiz yetkazib berilishini, oʻtkazish punktlari hayot faoliyatini taʼminlashning boshqa turlari va oʻtkazish punktlariga tutash hududlarni infratuzilma bilan jihozlashni taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Oʻtkazish punktini saqlash va undan foydalanish xarajatlari oʻtkazish punktlarining balansda saqlovchisi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat nazorati organlari binolardan, nazoratning texnik vositalaridan bepul foydalanadilar.
VIII. Oʻtkazish punktlarini tugatish tartibi
36. Oʻtkazish punkti:
Oʻzbekiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali transport aloqasini toʻxtatish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalari kuchga kirishi;
oʻtkazishning aviatsiya punkti faoliyat koʻrsatishi toʻxtatilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining bir tomonlama qarori asosida, xorijiy davlatni oldindan xabardor qilgan holda, belgilangan tartibda tugatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari hamda hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlarini oʻtkazishning vaqtincha toʻxtatib turilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, xorijiy davlat oldindan xabardor qilgan holda, belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini taʼminlash maqsadlarida;
transport aloqasi amalga oshirilishi yoki davlat nazorati organlari faoliyat koʻrsatishi imkoniyatini istisno etuvchi favqulodda vaziyatlar, tabiiy ofatlar, texnogen tusdagi vaziyatlar va boshqa hollarda;
sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya tusidagi sabablar boʻyicha;
oʻtkazish punkti hududida qurilish-texnik ishlar olib borilishi vaqtida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidagi oldindan bilib boʻlmaydigan vaziyat tufayli kelib chiqqan kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari hamda hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlari oʻtishini vaqtincha toʻxtatib turish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida Tashqi ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari majburiy tartibda xabardor qilinadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
39. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urugʻlik, ekish materiallari hamda hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlari oʻtishini vaqtincha toʻxtatib turish toʻgʻrisida qoʻshni davlatni oldindan xabardor qilish, harakatni cheklash, oʻtkazish punktini yopish, ochish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasining ikki tomonlama xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 118-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 18.12.2020-y., 09/20/795/1638-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)