Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING YoQILGʻI-ENERGETIKA KOMPLEKSINI RIVOJLANTIRISh DEPARTAMENTINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoqilgʻi-energetika kompleksini boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish, kompleks tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning neft-gaz, energetika va geologiya-razvedka tarmoqlarini barqaror va mutanosib rivojlantirishni taʼminlashga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish, mamlakatning energetika mustaqilligini taʼminlovchi yoqilgʻi-energetika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish, ularni amalga oshirish uchun chet el investitsiyalarini keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksi kotibiyati negizida Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakat yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish hamda geologiya-razvedka ishlari olib borish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda neft-gaz va energetika tarmoqlarini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari, yoqilgʻi-energetika va mineral-xomashyo resurslari ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslari ishlab chiqilishini tashkil etish;
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-noyabrdagi 518-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 22-son, 222-modda)
iqtisodiyot tarmoqlarini va respublika aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energetikani, neft-gaz va koʻmir sanoati korxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar va ilgʻor texnologiyalar negizida zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Ustyurt mintaqasida va respublikaning boshqa istiqbolli neft-gazli viloyatlarida qidiruv va razvedka ishlarini jadal surʼatda amalga oshirishni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish, ushbu maqsadlar uchun chet el investitsiyalarini keng jalb etish;
neft va gaz qidiruvga oid geologiya-razvedka ishlari, neft va gaz kondensati, tabiiy gaz va koʻmir qazib olish va qayta ishlash, energetika va geologiyani rivojlantirish sohasida alohida yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarining texnika-iqtisodiy asoslanishini va mablagʻ bilan taʼminlash sxemalarini koʻrib chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish monitoringini tashkil etish;
yetakchi xorijiy kompaniyalar va firmalar bilan hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari kompleksini tashkil etish, respublika yoqilgʻi-energetika va geologiya-razvedka tarmogʻiga chet el investitsiyalarini keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
energiya manbalari jahon bozori monitoringi asosida yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
foydali qazilma boyliklar konlari va texnogen hosilalar Davlat kadastrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasining samarali ishlashini taʼminlash, komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, samarali, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3. Quyidagilar:
Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamentining tuzilmasi va Departament toʻgʻrisidagi Nizom 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamentining boshligʻi maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilsin;
Bosh vazir oʻrinbosari Yoqilgʻi-energetika kompleksi rahbari “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi apparatining tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning boshqa qarorlari majburiy yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa idoralari statistika axboroti byulletenlari majburiy yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-noyabrdagi 518-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 22-son, 222-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-iyundagi 227-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V. Y. Atayev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 24-fevral,
95-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi- energetika kompleksini rivojlantirish departamentining
TUZILMASI
Departament boshligʻi — 1
I-toifali ish yurituvchi kotiba — 1
Yoqilgʻi-energetika balanslarini ishlab chiqish guruhi
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis — 1
Geologiya-qidiruv ishlari sohasida dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish guruhi
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis — 1
Neft-gaz tarmogʻida dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish guruhi
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis — 2
Energetika va koʻmir sanoati sohasida dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish guruhi
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis — 1
Energiya resurslarini tejash masalalari guruhi
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis (Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasi kotibiyati) — 1
Jami — 13 kishi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati yoqilgʻi-energetika kompleksi tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning neft-gaz, energetika va geologiya-razvedka tarmoqlarini barqaror va mutanosib rivojlantirishni taʼminlashga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirishga; ushbu maqsadlarda mamlakatning energetika mustaqilligini taʼminlovchi yoqilgʻi-energetika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni tashkil etishga; yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirishga chet el investitsiyalari keng jalb etilishini taʼminlashga, shuningdek Davlat kadastrlarining yagona tizimini yuritish ishlarini muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalqaro shartnomalarga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
II. Departamentning tuzilmasi va maqomi
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Yoqilgʻi-energetika kompleksi rahbari boshchiligida amalga oshiradi va bevosita unga hisob beradi, ijro intizomini mustahkamlash masalalari boʻyicha esa Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga hisob beradi.
5. Departament tarkibida quyidagi guruhlar tuziladi:
a) yoqilgʻi-energetika balanslarini ishlab chiqish guruhi;
b) quyidagi dasturlarni:
geologiya-qidiruv ishlari sohasida dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish guruhi;
neft-gaz tarmogʻida dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish guruhi;
energetika va koʻmir sanoati sohasida dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish guruhi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) energiya resurslarini tejash masalalari guruhi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-noyabrdagi 518-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 22-son, 222-modda)
6. Departament ishiga maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilgan Departament boshligʻi rahbarlik qiladi.
7. Departament boshligʻi lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadi va ozod qilinadi.
8. Departament oʻzbek tilida yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tavsiri tushirilgan oʻz blankiga egadir.
III. Departamentning asosiy vazifalari
9. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mamlakat yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish hamda geologiya-razvedka ishlari olib borish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda neft-gaz va energetika tarmoqlarini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari, yoqilgʻi-energetika va mineral-xomashyo resurslari ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslari ishlab chiqilishini tashkil etish;
(9-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-noyabrdagi 518-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 22-son, 222-modda)
iqtisodiyot tarmoqlarini va respublika aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energetikani, neft-gaz va koʻmir sanoati korxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar va ilgʻor texnologiyalar negizida zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Ustyurt mintaqasida va respublikaning boshqa istiqbolli neft-gazli viloyatlarida qidiruv va razvedka ishlarini jadal surʼatda amalga oshirishni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish, ushbu maqsadlar uchun chet el investitsiyalarini keng jalb etish;
neft va gaz qidiruvga oid geologiya-razvedka ishlari, neft va gaz kondensati, tabiiy gaz va koʻmir qazib olish va qayta ishlash, energetika va geologiyani rivojlantirish sohasida alohida yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarining texnika-iqtisodiy asoslanishini va mablagʻ bilan taʼminlash sxemalarini koʻrib chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish monitoringini tashkil etish;
yetakchi xorijiy kompaniyalar va firmalar bilan hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari kompleksini tashkil etish, respublika yoqilgʻi-energetika va geologiya-razvedka tarmogʻiga chet el investitsiyalarini keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, yoqilgʻi-energetika tarmogʻida raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
energiya manbalari jahon bozori monitoringi asosida yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
geologiya-razvedka ishlarining, yer osti boyliklari va mineral resurslarni geologik oʻrganishning strategik yoʻnalishlarini belgilashga doir ishlanmalarni muvofiqlashtirish;
foydali qazilma boyliklar konlari va texnogen hosilalar Davlat kadastrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
Bosh vazir oʻrinbosarining koʻrib chiqishi uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar ekspert ishlab chiqilishini, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻi boʻyicha Hukumat qarorlari loyihasi tayyorlanishini tashkil etish;
Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasining samarali ishlashini taʼminlash, komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishda ulardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, samarali, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirish.
IV. Departamentning asosiy funksiyalari
10. Departament oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Yoqilgʻi-energetika tarmoqlarini rivojlantirishning oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini, yoqilgʻi-energetika resurslari ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslarini ishlab chiqish, ular boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini tayyorlash;
(10-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-noyabrdagi 518-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 22-son, 222-modda)
yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasi boʻyicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
respublika yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish boʻyicha alohida investitsiya loyihalari yuzasidan Hukumat qarorlari ishlab chiqilishi, tayyorlanishi jarayonini va ularning bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
xorijiy davlatlarning siyosiy va ishbilarmon doiralarini, xalqaro moliya-iqtisodiyot institutlarini va chet el banklarini respublika yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi investitsiya muhitidan va amalga oshirilishida chet el investorlari qatnashishi mumkin boʻlgan loyihalardan keng xabardor qilish uchun respublikada va chet elda konferensiyalar va taqdimotlar tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
chet el investorlarini geologiya-razvedka ishlariga jalb qilish maqsadida vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro tenderlar oʻtkazish ishlarini tashkil etish;
yangi geoaxborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish sohasida istiqbolli rivojlantirishni prognozlash, ustuvor davlat ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy-resurs salohiyatini toʻliq va ishonchli tavsiflovchi aerokosmik va kadastr axborotidan foydalangan holda mavzuli, geografik, tabiatni muhofaza qilish xaritalari, planlar va atlaslar yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;
vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Departament yuritadigan masalalarga tegishli boʻlgan topshiriqlari oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
V. Departamentning huquq va majburiyatlari
11. Departament quyidagi huquqlarga egadir:
Vazirlar Mahkamasi komplekslari kotibiyatlari va boʻlimlaridan, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalardan, shuningdek barcha darajalardagi davlat boshqaruvi organlaridan Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallarni soʻrab olish;
neft-gaz, energetika va geologiya-razvedka tarmoqlarini barqaror va mutanosib rivojlantirish, respublikaning energetika mustaqilligini va mineral-xomashyo bazasini yanada mustahkamlashga qaratilgan xorijiy investitsiyalar jalb qilingan dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish masalalari boʻyicha vazirliklar va idoralarning, barcha darajalardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hisobotlarini eshitish va oʻz vakolatlari doirasida ularga topshiriqlar berish;
yoqilgʻi va energetika sohasidagi eng muhim muammolarni maslahatlashish, oʻrganish va hal etish uchun mamlakatimiz ekspertlarini va xorijiy ekspertlarni jalb qilish, ushbu sohada takliflar tayyorlash uchun vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, davlatlararo va hukumatlararo hamkorlik masalalariga doir muzokaralarda qatnashish;
vazirliklar va idoralar rahbarlari ishtirokida kengashlar oʻtkazish, ularning hayʼatlari ishida, Vazirlar Mahkamasi majlislarida, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari majlislarida, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar va korxonalardagi kengashlarda qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan, shuningdek oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro, xorijiy, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan mustaqil ravishda yozishmalar olib borish;
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari axborotidan va maʼlumotlar elektron bazalaridan foydalanish;
12. Departament quyidagilarga majburdir:
neft-gaz qazib olish va qayta ishlash sanoati tarmoqlarini, energetika va koʻmir sanoatini rivojlantirish dasturlari loyihalarini, ular amalga oshirilishi monitoringi va moliyaviy resurslardan, shu jumladan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish natijalarini, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari yoqilgʻi-energetika kompleksi vazirliklari va idoralari tomonidan bajarilishi ustidan amaliy nazorat qilish;
xalqaro kompaniyalar va firmalarning, xorijiy hukumat muassasalari moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarining yoqilgʻi-energetika tarmogʻida oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi takliflarini ishlab chiqish.
Departament oʻzi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar uchun amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan belgilangan oʻz vakolatlari doirasida javob beradi.
Bosh vazir oʻrinbosari — Yoqilgʻi-energetika kompleksi rahbari — “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi V. Y. Atayev apparati
TUZILMASI
Bosh vazir oʻrinbosari yordamchisi — 1
I-toifali ish yurituvchi kotiba — 1
Jami — 2
I. Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti
Departament boshligʻi — 1
I-toifali ish yurituvchi kotiba — 1
Bosh mutaxassis — 5
Yetakchi mutaxassis — 6
Jami — 13
II. Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralar
“Oʻzbekenergo” DAK
“Koʻmir” AB
“Oʻzbekneftgaz” MXK
“Oʻzneftmahsulot” AK
“Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” AK
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻztransgaz” AK
“Oʻzneftgazqurilish” AK
“Oʻzneftniqaytaishlash” AK
“Oʻzneftgazishchitaʼminot” AK
“Oʻzburgʻuneftgaz” AK
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzneftgazmash” AK
Davlat geologiya qoʻmitasi
“Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi
“Oʻzdavneftgazinspeksiya”
“Oʻzdavenergonazorat”
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlimning oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-noyabrdagi 518-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 22-son, 222-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 18-modda; 2003-y., 22-son, 222-modda; 24-son, 243-modda; 2004-y., 5-son, 52-modda)