Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2014-yilga moʻljallangan ish rejasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2014-yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-dekabr,
KQ-108-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 27-dekabrdagi KQ-108-II-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2014-yilga moʻljallangan
ISh REJASI
I. Nazorat faoliyati
Fargʻona viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlarining ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1, 1.2, 2.2, 4.1 va 5.1-bandlariga muvofiq).
|
Yilning birinchi yarmi |
Mahalliy davlat hokimiyati ijro etuvchi organlari faoliyati, xususan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturining bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasida Toshkent viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ish tajribasini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2, 2.2, 3.4 va 5.2-bandlariga muvofiq).
|
Yilning ikkinchi yarmi |
II. Tadbirlar
Birinchi chorak
“Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining faoliyatini takomillashtirish masalalari” mavzuida seminar (Qashqadaryo viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3, 3.1 va 3.2-bandlariga, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 1.1.1-bandiga muvofiq).
Ikkinchi chorak
“Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari saylovini tashkil etish va oʻtkazishning huquqiy asoslari” mavzuida seminar (Buxoro viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3, 3.1 va 3.2-bandlariga muvofiq).
Uchinchi chorak
“Deputatlik nazorati – mintaqaviy muammolarni hal qilish yoʻllari: “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish misolida” mavzuida davra suhbati (Toshkent viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3, 3.1 va 3.2-bandlariga, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 1.1.1-bandiga muvofiq).
Toʻrtinchi chorak
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorligi: qonunchilik va amaliyot” mavzuida konferensiya (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3, 3.1 va 3.2-bandlariga, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Harakat dasturining 1.1.1-bandiga muvofiq).
Izoh: rejaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 12-son, 402-modda)