Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan depozitariylarda roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 18-martda 2355-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 30-martdagi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan depozitariylarda roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2012/17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2355, 2012-yil 26-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 199-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 3-mart,
2016-10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan depozitariylarda roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qaror nomi va 1-bandidagi “depozitariylarda” degan soʻz “oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nomidagi “depozitariylarda” degan soʻz “oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga muvofiq, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (bundan keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni (bundan keyingi oʻrinlarda bitimlar toʻgʻrisidagi axborot deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga (bundan keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) taqdim etish tartibini belgilaydi.”;
v) 1-banddagi “depozitariylar” degan soʻz “investitsiya vositachilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 5-banddagi “depozitariylar” degan soʻz “investitsiya vositachilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiya vositachisi tomonidan Markaziy depozitariyga taqdim etilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, ushbu investitsiya vositachisi bunday holat yuz berganligini bilgan paytdan boshlab besh kun mobaynida:”;
e) 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “depozitariydan” degan soʻz “investitsiya vositachisidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91. Markaziy depozitariy tomonidan roʻyxatga olingan Qoʻmitaga taqdim etilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, Markaziy depozitariy bunday holat yuz berganligini bilgan paytdan boshlab besh kun mobaynida:
bu haqda Qoʻmita va vakolatli organni xabardor qilishi;
bitimlar toʻgʻrisida taqdim etilgan axborotni tuzatishga doir choralar koʻrishi;
bitimlar toʻgʻrisidagi tuzatilgan axborotni belgilangan tartibda Qoʻmitaga taqdim etishi lozim.”;
z) 13-banddagi “Depozitariylar” degan soʻz “Investitsiya vositachilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan kelishilgan.
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori B. ATAXANOV
2016-yil 3-mart
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bosh direktori Sh. ABDUJABBAROV
2016-yil 3-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 11-son, 109-modda)