Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2014-yil 17-aprelda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi S.B. Artikova toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 20-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 30-iyulda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2014-yil 21-avgustda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi A.X. Burxanov toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-avgust,
SQ-442-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 216-modda)