08.05.1992 yildagi 588-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATINING TOJIKISTON RESPUBLIKASI XALQ DEPUTATLARIGA, SIYOSIY PARTIYALARI VA HARAKATLARIGA MUROJAATNOMASI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining Tojikiston Respublikasi xalq deputatlariga, siyosiy partiyalari va harakatlariga Murojaatnomasi qabul qilinsin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
588-XII-son

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATINING TOJIKISTON RESPUBLIKASI XALQ DEPUTATLARIGA, SIYOSIY PARTIYALARI VA HARAKATLARIGA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUROJAATNOMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aziz birodarlarimiz va opa-singillarimiz, hurmatli parlament aʼzolari!
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir davlat oʻzining ichki muammolarini oʻzi hal etishi va tashqaridan uning ichki ishiga aralashishga hech kimning haqqi yoʻqligi tabiiy. Biroq biz sizlar bilan ogʻa-inimiz. Asrlar mobaynida shodu hurramlikda ham, gʻamu anduhda ham birga boʻldik. Bizlarning koʻpmillatli respublikalarimizda hamisha donishmandlik, insoniylik, tantilik va hamjihatlilik tantana qilib kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu boisdan ham Dushanbe shahrida roʻy berayotgan voqealar, qurbonlar borligi va qon toʻkilganligi haqidagi xabarlar qalblarimizni oʻrtab yubordi, bu holatga loqayd qarab turolmadik. Biz halok boʻlganlarning qarindosh-urugʻlariga chuqur taʼziya izhor etamiz, siyosat ahlining oʻzaro kurashi boshqa oilalarga ham gʻam-kulfat keltirmaydi, deb umid qilamiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butun bir xalqni sunʼiy ravishda parchalab yuborish, siyosiy masalalarni hal etishda aql-odob qoidalariga xilof usullardan foydalanish, qonunlar va inson huquqlarini nazar-pisand qilmaslik, fikrimizcha, boshi berk koʻchaga olib kiruvchi yoʻldir. Biz qardosh xalqning donoligiga ishonamiz, u ana shu nihoyatda xatarli vaziyatdan chiqishning toʻgʻri yoʻlini topib olishiga ishonamiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati parlamentning barcha aʼzolari nomidan Tojikiston Respublikasi xalq deputatlariga, siyosiy partiyalar va harakatlarga murojaat etib, keskinlikning bundan keyin kuchayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, vazmin va oʻzaro sabr-toqatli boʻlish, xalq taqdiri uchun oʻz masʼuliyatini toʻla-toʻkis anglashni iltimos qilib soʻraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq yillar davom etgan totalitarizm davridan va markazning yagona buyruqbozlik — maʼmuriyatchilik hukmronligidan soʻng xalqlarimiz bilan respublikalarimiz nihoyat oʻz mustaqilliklariga erishdilar, oʻz taqdirlarining egalari boʻlib qoldilar. Lekin bu chinakam iqtisodiy va siyosiy istiqlol yoʻlida, asrlar mobaynida davom etib kelgan oʻzaro qardoshlik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichda davom ettirish sari tashlangan dastlabki odimlar, xolos. Ayni shu davrda barqarorlikning, tartib-intizomning yoʻqligi, har kimning oʻz ishi va xatti-harakati uchun yuksak masʼuliyatini sezmasligi, ayniqsa xatarlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy demokratik davlatlarning qaror topishi qonunsizlik va zoʻravonlik fojiasiga aylanib ketmasin, aksincha chinakam huquqiy, demokratik jarayon boʻlib qolsin, ayrim siyosatdonlar manfaatlariga emas, balki xalqlarimiz, ayniqsa farzandlarimiz va nevaralarimiz kelajagini taʼminlashga qaratilgan jarayon boʻlib qolsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 7-son, 292-modda)