Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2019 03.08.2002 yildagi 279-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKADA KITOB SAVDOSI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisining badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy adabiyotga, maktablar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalarning yangi avlod darsliklar va o‘quv adabiyotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek kitob savdosi tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “Kitobsavdo” aksiyadorlik jamiyatlarining ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga kitob mahsulotlarini yetkazib berish va sotishni tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi funksiyasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika kitob bozori konyunkturasi marketingini amalga oshirish, aholining kitoblarga va boshqa bosma mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlari monitoringini tashkil etish, ularning natijalarini nashriyotlar va iste’molchilarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob mahsulotlariga buyurtmalarni shakllantirish, shuningdek darsliklar va o‘quv adabiyotiga buyurtmalarni shakllantirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida kitob do‘konlari tarmog‘ini qulay tarzda joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitoblar va boshqa bosma mahsulotlar joylardagi iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek ularni sotishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkalari tashkil etish, shuningdek xalqaro yarmarkalarda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarining cheklangan soni 18 nafar bo‘lgan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati xarajatlari uning xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi “Kitobsavdo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari davlat paketlari, shuningdek “O‘zdavkitobsavdota’minoti” aksiyadorlik jamiyati mol-mulkining bir qismi hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 3-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya bir oy muddatda “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin, ta’sis hujjatlari ishlab chiqilishini, ustav fondi va muassislarning ulushlari miqdorlari belgilanishini, ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilishini va kompaniya ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin. Amalga oshirilgan ishlar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari, “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bir oy muddatda shaharlar va tumanlarda 4-ilovaga* muvofiq qo‘shimcha ravishda ochiladigan yangi kitob do‘konlari joylashtirilishini belgilasinlar va ularni kitob mahsulotlarini saqlash va sotish uchun yaroqli bo‘lgan binolar bilan ta’minlash masalalarini hal etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi kitob do‘konlari ochish uchun davlat mulki hisoblangan binolar taqdim etilgan taqdirda, 2002-yil oxirigacha ularni qayta baholasin va “Kitobsavdo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushi tegishlicha ko‘paytirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirliklar va idoralar 2002/2003 o‘quv yili boshlangunga qadar tegishli o‘quv yurtlari hududlarida mazkur o‘quv yurtining yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan kitob savdosi shoxobchalarini ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgari xususiylashtirilgan kitob do‘konlari tomonidan savdo ixtisosi saqlab qolinishi to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga rioya etilishini xatlovdan o‘tkazsin. Qoida buzilishi aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan mulkka egalik huquqini beruvchi davlat dalolatnomasidan belgilangan tartibda mahrum qilishgacha bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar qo‘llansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda kitob mahsulotlariga buyurtmalarni shakllantirish mexanizmini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi, Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi respublika nashriyotlari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, ayniqsa yoshlar orasida milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy, ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ma’rifiy adabiyotga bo‘lgan talabni muntazam o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob mahsulotlari mamlakatimiz nashriyotlari tomonidan chop etilishini kengaytirish hisobiga aholining mavjud ehtiyojini qondirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda respublikada va chet elda bosib chiqarilayotgan badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar, shuningdek maktab o‘quv anjomlari va ko‘rgazmali qo‘llanmalarning yarmarka-ko‘rgazmalari muntazam o‘tkazilishini (bir yilda kamida bir marta) ta’minlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent shahar, A.Navoiy ko‘chasidagi 30-uyga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 3-avgustdagi 279-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 3-avgustdagi 279-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 15-16-son, 119-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda)